11-Mavzu: Tuban o`simliklar faniga kirish.
Ko`k‑Yashil suvo`tlar bo`limi - Cyanophyta.
Qizil suvo`tlar bo`limi – Rhodophyta
Reja:
Tuban o`simliklar faniga kirish
Ko`k‑Yashil suvo`tlar bo`limi - Cyanophyta
Qizil suvo`tlarining umumiy belgilari va xujayra tuzilishi.
Bo`limga mansub suvo`tlarning ko`payishi va tarqalishi.
Bo`limning sistematikasi.
Bangiyalar va floridyalar sinflarining o`ziga hos belgilari, bangiya va batraxasperum turkumlarining tuzilishi, rivojlanishi.
Bo`limga mansub suvo`tlarining kelib chiqishi va ahamiyati.
Miksomitsetlar bo`limining o`ziga hos belgilari, tana tuzilishi, plazmodifora brossikaning rivojlanishi.
Bo`limning xujayra tuzilishi, oziqlanishi, ko`payishi va tarqalishi.
Miksomitsetlarning kelib chiqishi va ahamiyati.
Bular o`ziga xos suvo`tlari bo`lib, 4000 tur, 600 turkumga ega. Bular uchun xarakterli belgilardan biri. Bo`yoqlilardir. Xl. a, v, karotin va ksantofillar, fikoeritron, fikotion. Bu bo`yoqlar faqat ko`k Yashil va pirofitlarda uchraydi. Shu bo`yoqlarning nisbatan qo`shilishidan ochiq qizildan havorang Yashil va sariq bo`ladi. qo`r modda o`ziga xos kraxmal. Ko`pchiligi ko`p hujayrali ichki tuzilishi murakkab, ayrimlari sodda bir hujayrali yoki koloniyali. Kattaligi ham mikroskopikdan metr bilan o`lchanadiganlari ham bor. Bular to`liq xarakatsiz. Oogoniysi ham o`ziga xos. Oz qismi chuchuk, ko`p qismi sho`r suvlarda yashaydi. sodda turlari birgalikda bangiyalar sinfini, qolgan ko`pchligi esa floridiyalar sinfini tashkil etadi. SHaklitsilindr, ip, plastinka, po`stloq, pufakcha bo`lib, yaxlit yoki turli darajada Shoxlangan yoki qirqilgan. Bangiliyalarga mansub ipsimonlarni tik, yotib o`sadi, lekin ko`pchiliklari tik turuvchi organizmlardir. Ipsimonlari keyingi takomillashuvi tufayli plastinkasimonlari hosil bo`lgan keyinchalik subtratga birikkan organlari ham takomillashgan. Dastlab asosda barcha xujayralar bir hilda bo`lsada, keyinchalik ularda maxsus substratga biriktirish vazifasini o`tovchi o`simtalar hosil bo`lgan. Hujayraning bo`linishi bangiliyalarda tanasining hamma qismida boradi. Floridiyalarda esa barcha turlari ko`p hujayrali. Tanasi shohlangan ipchalardan tuzilgan murakkab. Ular orasida nemolion tanasi juda sodda, bularda teng bir yadroli ipsimon hujayralardan iborat modda bo`lib, ular suv o`ti va hayvon tanalarida yashaydi. evolyutsiyada erkin ipsimon turlari o`zgarib murakkab anatomik tuzilishga ega bo`lgan ko`pchilik qizil suvo`tlarini hosil qilgan. Birinchi navbatda ulardan ko`p sonli qisqa va mo`l Shoxlangan yon Shoxchalar batroxosperium singarilar hosil bo`ladi. ipchalarni o`zaro joylashuvi tufayli ularning yuza qismida po`st hosil bo`lgan. Po`st hujayralari ichkaridan yorug`likni qabul qilish va organik modda xosil qila olishi bilan farqlanadi.
Florideyanamola - florideoseae. Ichki tuzilishi murakkab bo`lgan ko`p hujayrali suvo`tlarini o`z ichiga oladi. O`sish ichki qismi orqali, bir yoki ko`p yadroli. Xloroplastning yulduzsimon bo`lishi soddallar uchun xos. Jinsiz tetropolispora, ayrimlarida monospora jinsiy organlari maxsus xujayradan iborat bo`ladi. zigotadan ganimoblast va unda karrospora hosil bo`ladi. nasllar gallanadi, ular o`zaro o`xshash yoki biroz farq qiladi. Zigotaning rivojlanishi va auksilyar sistemasining tuzilishiga ko`ra 6 tartibga bo`linadi.
Tartib - nemaliales. Ularda auksilyar hujayra yo`q. Gonimoblast iplari urug`langan korpogondan rivojlanadi. Bular ancha sodda bo`lib, 8 oiladan iborat. Batraxa spermumdoshlardan batraxa spermum turkumi 50 turga ega. Ular er yuzining hamma erida uchraydi.
Grasilariaseae oilasidan graselaria 100 turga ega bo`lib, o`rta va issiq mintaqadagi dengizlarda keng tarqalgan. Ular ham agar uchun xom ashyodir. Sinfga kiruvchilarning tsitoplazmasi hujayra devriga zich holda birikib turadi. Lekin asosan plazmoliz holatiga o`tadi. chunki tashqi sharoit taosirini tez sezadi. YAdro hujayrada bir yoki ko`p mayda yadro qobig`i va yadrochaga ega. Xloroplast u xam hujayrada bir yoki ko`p, soddalarida yulduzsimon bir dona xloroplast bo`ladi. pirenoidi bo`ladi. lekin uning vazifasi aniq emas. Ayrilarida kraxmal to`planishi bilan aloqador bo`yoqlari Yashildan tashqari suvda eriydigan fikoeritrin va fikotion bo`ladi, xlorofill a bo`ladi, ayrimlarida xlorofill d bo`ladi. Bularda yorug`lik nurlari kuchli bo`lsa, fotosintez sust, aksincha bo`lsa, meoyorida bo`ladi. Shuning uchun ular suvning ostki qatlamida yashasada, sariq va qizil nurlar oz etib borsa ham ulardan unumli foydalaniladi.
Qo`r moddalar. Polisaxarid. Qizil suv o`ti kraxmali. U oddiy kraxmal bilan glikogen o`rtasida oraliq moddadir. YAoni qand, saxaroza, spirt, yog` ham to`playdi. Hujayralarni o`zaro bog`lab turuvchi poralar ham bo`ladi.
Ko`payishi. Bir va koloniyalarida hujayraning bo`linishi hisobiga yuksaklarida qo`shimcha Shoxchalar hosil qilish xisobiga vegetativ ko`payadi. Jinssiz mono, tetrospora, baozilarida 26 ham xosil bo`ladi. jinsiy jarayon oogamiya. Jinsiy hujayralar xivchinsiz. Erkak gameta spermatiya, floridealarda xloroplastsiz bo`ladi. spermatiya amyobasimon xarakatlanadi.
Spermatagon hujayralari uyumini sorus deyiladi.
Urg`och jinsiy organ - ooganiy bularda karpogon deyiladi. Karbopogo suyuq tsitoplazmadan, xlorofilsiz, sodda turlarida xlorofil bo`lishi mumkin. Zigota tezda o`sib, yangi o`simlik hosil bo`ladi. bu sporofitdir. Zigotadan sporofit hosil bo`lishi oldidan spora hosil bo`ladi. bu sporani karpospora deyiladi, u yalang`och, xivchinsiz, baozan amyobasimon harakatlanadi. U o`sishidan oldin po`st bilan o`raladi. Karpospora hosil qiluvchi hujayrani karposporangiy deyiladi. Har bir karposporangiyda bir dona karposmpora hosil bo`ladi. bangiyanamolarda zigotaning karposporaga aylanishi oddi. Urug`langan karpogen bo`linib 4 32 karpospora hosil bo`ladi. bu jarayon floridiyalarda ancha murakkab. chunki jarayonda karpogendan tashqari hujayralar ham ishtirok etadi. Umuman olganda quyidagicha deb tuShunish mumkin. Karpogen urug`langandan keyin undan maxsus ip rivojlanadi, unda karposporangiy bo`ladi. u oz hujayralardan iborat bo`lib, u ip bilan birgalikda galimoblast iplarini hosil qiladi. Soddalarida urug`langan karpogendan yon hujayralar hosil bo`ladi va ular bo`linib, dasta dasta galimoblast iplari hosil qiladi. Ipning oxirgi hujayrasi karposporangiyga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda karpogondan galimoblast hosil bo`ladi. ko`pchilik floridiyalarda yuksakroqlarida urug`langan karpogen dastlab oziqa moddalarni maxsus xujayra bilan qo`shiladi,so`ng galioblast hosil bo`ladi. oziqa moddali bu hujayrani auksilyar hujayra deb noto`g`ri nomlab kelishgan. Karpogen bilan qo`shilgan hujayra turli vazifani o`tashi mumkin. Odatda bu hujayra ikki xil: biri haqiqiy oziqali, ikkinchisi auksilyar hujayra. Keyingi hujayra oziqlantirishdan tashqari uning asosiy vazifasi ganimoblast hosil qilishdir. Demak, bularda ganimoblast karpogendan emas, auksilyar hujayradan hosil bo`ladi. karpogen bilan auksilr hujayraning qo`shilishi maxsus ipcha yoki o`simta orqali bo`ladi. bu ipcha auksilyar xujayra bilan qo`shilishiga qadar o`sishda davom etadi. Ganimoblastning rivojlanishi qator ipsimon hujayralarni hosil qiladi. Ipsimon hujayralar etilganidan keyin karposporalarga aylanadi. Ular ko`proq zanjir shaklida joylashib tsistokarp deyiladi.
Rivojlanishi.
Ko`pchilik hollarda erkak va urg`ochi jinsiy organlar boshqa-boshqa o`simlikda hosil bo`ladi. spora esa sporofitda, oogamiya va spermatagoniy gametofitda hosil bo`ladi. ko`pchiligida erkak va urg`ochi gametofitlar hosil bo`ladi. Umuman olganda jinsiy va jinssiz shakllar nasllar mustaqil rivojlanadi.
Qizil suv o`tlarining ko`pchiligida rivojlanish jarayoni tetrasporofit, gametofit, karposaprofit shakllari gallanadi. Karposaprofitni karposporali ganimoblast deyiladi va u urg`ochi gametofitda parazitlik qilish orqali yashaydi. faqat gametofit va tetrasporofit mustaqil yashaydi.
Kelib chiqishi.
Qoldiqlari bo`r davridan maolum. Lekin ayrim olimlar buni arxeozoy erasida paydo bo`lgan bo`lsa kerak deb qarashmoqda. Bularni ko`k Yashil suv o`tlari bilan ayrim o`xshashliklarini xisobga olib ulardan bangiyalar bularni takomillashganlaridan esa floridiyalar kelib chiqqan deb qaramoqdalar. Lekin bu gipoteza etarli asosga ega deb bo`lmaydi. CHunki ularning bo`yoqlari rangi bilan o`xshasada, lekin tuzilishi o`zgachadir. Ikkinchi bir gipoteza bo`yicha ular mustaqil bo`lganlar. Geologik davrning bir xil yorug`lik muhit sharoitiga ega bo`lgan davrida paydo bo`lishi mumkin.
Tarqalishi.
Bular boshqa suvo`tlariga nisbatan dengizlarda keng tarqalgan va xilma il ko`rinish hosil qiladi. Shu bilan birga chuchuk suvlarda ham uchraydi.
Foydalanish.
Istemol qilinadiganlari orasida rodimeniya va porfira alohida ahamiyatga ega. Ular yaponiyada sanoat asosida rivojlangan va madaniylashgan. Qizil suv o`tlaridan sanoat usulida foydalanish ular tarkibidagi polisaxarid - fikokolloidga asoslangan. Shuningdek, agar 1760 yildan boshlab YAponiyada olina boshlagan. U gelidiumdan olinadi. Hozir YAponiyada 30 turidan olinadi. chorva mollariga oziqa va o`g`it sifatida ham ishlatiladi.
Sistematikasi: shved olimi algogoli Kyulin ishlariga asoslangan sistemaga jinsiy organlar tuzilishi asos qilib olingan Shunga ko`ra 2sinfga bo`linadi. Ularni har biri 6 qabilani o`z ichiga oladi.
Bangiofseae bangiyanamolar sinfi bir xujayrali koloniyali, ko`p xujayrali o`sish diffuz bir yadroli yulduzsimon bir xloroplastli, bir pirenoidli jinsiy jarayonda hosil bo`lgan zigotaning hammasi bo`linib karposporalarga aylanadi. Jinssiz monospora yordamida ko`payadi. Mono va karpo sporalar po`stsiz, ular amyobasimon xarakatlanadi. Sinf 20 turkum 70 turdan iborat. Ular 6 qabiladan iborat. Ular orasida turga boy va keng tarqalgani bangiyakabilar tartibidir.
Bir xujayralilarga parfiridium misol bo`la oladi. U tuproqda qizil qonga o`xshash parda xosil qiladi. Tanasi yumshoq, ipsimon ko`p xujayralilarga Bangiya porfirani olish mumkin. Bularni turlari chuchuk va sho`r suvlarda tarqalgan. Bularda vegetativ xujayra korpogenga aylana oladi. Zigotaning bo`linishidan 4-64 karpospora xosil bo`ladi. Ularda tananing diffuz holda o`sishi trixogena bo`lmasligi , har bir vegetativ hujayradan iborat ko`payish organining hosil bo`lishi, tana tuzilishida ixtisoslanishni yo`qligi zigotadan to`g`ridan to`g`ri karposporaning xosil bo`lishi soddalik belgilaridir.
Savollar
Dostları ilə paylaş: |