Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Embrion murtakning rivojlanishi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə36/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Embrion murtakning rivojlanishi. Urug‘lanish sodir bo‘lgandan keyin, tuxum hujayra bilan o‘ralib tinchlik davrini o‘taydi. Bu davr sharoitga bo‘gliq bo‘lib, bir necha vaqtgacha cho‘zilishi mumkin. Masalan, g‘alladoshlar va murakkabguldoshlarda bu eng qisqa vqqt bo‘lib, bir necha soat davom etadi. Shundan keyin tuxum hujayra ko‘ndalangiga ketgan to‘siq bilan ikkita hujayraga, ya’ni chang yo‘liga qaragan terminal va unga qarama-qarshi tomonda bazal hujayralarga bo‘linadi. Keyinchalik bu hujayralar har xil bo‘linadi. Masalan, bo‘tguldoshlar oilasining vakillarida bazal hujayra ko‘ndalangiga va uzunasiga bo‘linib, hamma tomoni to‘rt burchak hujayralar yuzaga keladi. Shu hujayralarning har biri bo‘linib, oktang (lot. okto- sakkiz) deb ataladigan hujayralarga aylanadi.
Bir vaqtning o‘zida bazal hujayra ko‘ndalangiga va ba’zan uzunasiga ketgan to‘siqlar bilan bo‘linib tortma (osilma con ) hosil qiladi. Tortma embrion paydo qiladigan terminal hujayraning oziq moddalarini embrionning rivojlanishi uchun sarf bo‘ladigan endosperm bilan to‘luvchi embrion xaltasi bo‘shlig‘iga surib tushiradi. Endosperm - urug‘dagi oziq moddalarni yig‘uvchi maxsus to‘qimaga aylanadi. Tortmaning eng Yuqori qismidagi hujayra o‘sib pufaksimon nayga o‘xshab, gaustoriya so‘rg‘ichga aylanadi.
Oktang hujayralarning ostki qismidan novdaning o‘sish nuqtasi, ikki pallali o‘simliklarda ikkita urug‘palla, ustki qismida gapokotil (yunon. xipo-urug‘palla osti ) taraqqiy etadi. Urug‘pallalar bilan tortma o‘rtasidagi pastki hujayradan birlamchi ildiz hosil bo‘ladi. Urug‘pallaning pastki bandi epikotil (yunon. epi-ustida, kotil -urug‘palla ) deb ataladi. Boshlang‘ich novda ko‘pincha bo‘rtma ko‘rinishida bo‘lib, uning atrofini boshlang‘ich barglar o‘rab olib kurtak yuzaga keladi.
Bir pallali o‘simliklarda embrion ichidagi ikkinchi urug‘palla juda nobud bo‘ladi. Shuning uchun urug‘ unib chiqqanda faqat bitta urug‘palla bilan o‘sadi. O‘sish nuqtasi novdaning yon tomonida joylashadi.
Ko‘pgina orxisdoshlar va parazit hamda saprofit o‘simliklarda embrion juda kichkina bo‘lib, bir xil shakldagi hujayralardan tashkil topadi.
Endosperm urug‘murtakning rivojlanishi uchun muhim oziq moddadir. Asosan ikki xil endosperm (nuklear va selyulyar ) bo‘ladi. Nuklear endosperm hosil bo‘lishida yadro bo‘linmaydi va hujayra to‘siqlari hosil bo‘lmaydi. Stellyular endosperm rivojlanishi vaqtida yadro bir nechaga bo‘linadi va hujayrada to‘siqlar hosil qiladi. Shuning uchun ham embrion xaltasi bir necha yadroli katakchalardan iborat.
Ba’zi o‘simliklarda embrionning oziqlanishini osonlashtiradigan alohida o‘simtalar yoki gaustoriyalar yuzaga keladi va intigument, no‘tsellus to‘qimalariga o‘rnashib, oziq moddalarni embrionga etkazishga ko‘maklashadi.
Urug‘murtak asta -sekin urug‘ga aylanadi. Intigumentlardan po‘st, no‘tsellusdan perisperm (yunon. peri- atrof; sperma-urug‘ ) hosil bo‘ladi. U o‘sayotgan murtak tomonidan iste’mol qilinadi.
Tuguncha devori urug‘lanishdan keyin shaklan o‘zgarib meva yonini hosil qiladi. Tugunchaning hamma qismi mevaga aylanadi. Ko‘pgina o‘simliklarda gulning boshqa qismlari ham mevaga aylanadi.
Apomiksis deb (yunon. apo -inkor, miksis - aralashish ), ya’ni jinsiy hujayralar qo‘shilgan holda , urug‘lanmagan tuxum hujayradan yangi organizmning vujudga kelishiga aytiladi. Apomiksis ko‘pincha evolyo‘tsion rivojlangan oilalarda (murakkabguldoshlar, atirguldoshlar, g‘alladoshlar) uchraydi. Bu oilalarning turlari yangi yangi maydonlarni ishg‘ol etmoqda. Shuning uchun ba’zi olimlar apomiksis jinsiy yo‘l bilan ko‘payish o‘rnini egallab oladi va yangi sistematik guruh o‘simliklar vujudga keladi deb taxmin qilishadi. Ammo, bu fikrga ko‘pchilik olimlar qo‘shilmaydi.
Apomiksning bir necha xillari ma’lum. Odatda bunday hollarda tuxum hujayra hamisha diploid bo‘ladi. Ba’zan apomiksis no‘tsellus yoki arxeosporiy hujayralaridan hosil bo‘ladi, lekin hujayrada reduksion bo‘linish sodir bo‘lmaydi.
Ba’zan embrion xaltasining boshqa hujayralaridan urug‘lanmagan, ya’ni jinsiy hujayralar qo‘shilmagan diploid sinergidlardan, antipodlardan, endosperma hujayralaridan o‘simlik taraqqiy etadi (masalan,lansekniksimon bargli zubturum, xushbo‘y piyoz va boshqa o‘simliklarda). Bunday hodisaga apogamiya (lot. apo - inkor, aks, gameo -qo‘shilish )deb ataladi.
Ayrim hollarda embrion - murtak (20 taga yaqin), embrion xaltasidan emas, balki no‘tsellus yoki urug‘murtak qoplag‘ichlarining hujayralaridan taraqqiy etib yetiladi. Lekin ularning 1-3 tasigina taraqqiy etadi. Bunday hodisaga poliembroniya (yunon. poli -ko‘p, embrion -murtak ) deb ataladi. Masalan, limon, mandarin, apelsin va boshqa sitrus o‘simliklarida uchraydi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin