Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-Mavzu: Qo`ng`ir va diatom suvo`tlar bo`limi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə40/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

13-Mavzu: Qo`ng`ir va diatom suvo`tlar bo`limi


Reja:



  1. Diatom suvo`tlarining umumi belgilari, hujayra tuzilishi.

  2. Diatom suvo`tlarining ko`payishi, tarqalishi.

  3. Diatom suvo`tlarining sistematikasi.

  4. Patsimonlar va tsentriklarning o`ziga xos belgilari.

  5. pinnulariya, melozira kabi turkumlarning tana tuzilishi va rivojlanishi.

  6. Bo`limga mansub suv o`tlarining kelib chiqishi va ahamiyati.

  7. Qo`ng`ir suvo`tlarning umumiy belgilari va hujayra tuzilishi.

  8. Ularning ko`payishi, nasllar gallanishi va tarqalishi.

  9. Bo`limning sistematikasi.

  10. Feozosporalilar va tsiklosporalilarning o`ziga xos belgilari.

  11. Qo`ng`ir suvo`tlarning kelib chiqishi va ahamiyati.

Diatom suvo`tlari bo`limi - batsilloriofita.


Bular 1 hujayrali koloniyali mayda organizmlardir. Ularni tashqi tomoni qum tuproqlashgan po`st bilan o`ralgan bo`lib, uni pantsir deyiladi. Pantsirni shakli xilma -xil.
Bular ikkala holda yoki koloniya hosil qilgan holda (zanjir, ip, tasma, yulduzcha, butacha yoki shilimshiq parda) uchraydi. Koloniyasi mikroskopik, baozan makroskopik holda bevosita ko`rish mumkin.
Hujayra tuzilishi: uni protoplasti tashqaridan pantsir bilan o`ralgan. Pantsirda mayda teshikchalar bo`lib, ular orqali boshqa protoplast va tashqi muhi bilan modda almashinish jarayoni boradi. Pantsirning shakliga ko`ra bo`lim 2 ga tsentrik, patsimon.
Protoplast: tsitoplazma markazida yoki uning qirg`og`ida joylashgan bo`lib, qolgan qisqi ko`p sonli vakuola va uning sharbati bilan to`lgan bo`ladi. baozan vakuolalar birgalashib, yagona holga keladi. YAdro markaziga yaqin joylashgan, sharsimon yoki ayrimlaridan P simon bo`lib 1 dan to 8 gacha bo`ladi. Xloroplastni shakli soni ham trlicha bo`ladi. ko`pchilik tsentriklarda u mayda ko`p sonli donador yoki disksimon shaklda bo`ladi. patsimonlarda yirik, plastinkasimon, qirg`oqlari bo`lakli, pirenoidli bo`ladi. rangi-sarg`ich-qo`ng`ir. Xlorofill a, s bilan karotin ksantofil, diatomin bo`yoqlari bo`ladi, hujayra halok bo`lganda qo`ng`ir bo`yoq erib ketadi va Yashil rang tipik bo`lib ko`rinadi. Fotosintez mahsuloti yog` va qo`r holda to`planadi. Ayrimlarida qo`shimcha valyutin ham to`planadi.
Pantsirni tuzilishi: hujayralar o`z hayot faoliyatida pantsirni hosil qiladi, u deyarli o`zaro teng ikki bo`lakdan iborat bo`lib, qopqoqli qutichani eslatadi. Pantsirning tashqi yirik qismi epiteka, qopqoqqa o`xshash bo`ladi. uni ichki qismidagichi qutichaga o`xshashbo`lib, gipoteka deyiladi.
Oziqlanish: fototrof, lekin avtotrofdan geterotrofga o`tish hollari ham kuzatiladi, Shuningdek mutlaqo rangsiz obligat geterotrof tulari ham bor.
Ko`payish: vegetativ hujayrini bo`linishi tunda va erta tongda kuzatiladi. Bahor va yoz boshlanishi oldida rivojlanish eng Yuqori darajada bo`ladi. bir sutkada 308 marta bo`linishi mumkin. Bentoslarida esa 4 kunda bir marta bo`linadi, ayrimlarida 25 kunda bir mart bo`linadi. Bo`linishda dastlab tsitoplazma kattalashadi natijada pantsirni pallalari ajraladi. So`ng protoplast, yadro ham ikki pallaga teng bo`linadi. Epiteka o`z kattaligicha qolsa, gipoteka kichiklashadi har ikkichi ham ona qism sifatida qolib gipoteka hosil qiladi. Ko`pchilik plankton turlarida mikrospora hosil bo`ladi. hujayrada hosil bo`ladigan bu kichik tanachalar soni 8-16 xatto 100 ta bo`lishi, ular xivchinli yoki xivchinsiz bo`ladi. Shuningdek xloroplastli yoki rangsiz bo`ladi.
jinsiy jarayon auksospora hosil qilish orqali boradi. O`suvchi spora faqat shu suvo`tlariga xos. Ularni hosil bo`lishi hujayra hajmni keskin kamayishi tufyli sodir bo`ladi va oldingi holatni qayta tiklaydi. Shuningdek hujayra qarishi tufayli Shunday spora hosil bo`ladi djegan fikrlar ham bor. Shunday deb qabul qilinsa suksospora hosil bo`lishi bu hujayrani yasharuvchi deyish mumkin. YAna haroratning keskin o`zgarishi tufayli ham hosil bo`lishi mumkin. Spora qanday usulda bo`lsa ham u jinsiy jarayon bilan bog`liqdir. Bularda izogo v anizogamiya kuzatiladiyu patsimonlarda 2 hujayra yaqinlashadi va ularni yadrosi meyoz yo`li bilan bo`linib gaploid xolga o`tadi. Gaploid yadrolar ikkitadan bo`lib qo`shiladi va 1 yoki 2 auksospora hosil qiladi. TSentriklarda 2 hujayra yaqinlashmaydi. Bir hujayra yadrosi 4 ga bo`linadi. Ularing 2 si qo`shilib auksospora hosil qiladi.
Diatom suvo`tlari diploid faqat auskospora hosil bo`lishi oldidagi qo`shilishdan oldingi yadro gaploid. Har ikki xolatdan ham hosil bo`lgan zigota o`sib auksospora rivojlanadi va asta sekin etilib undan yangi hujayra hosil bo`ladi. undan dastlab epiteka keyin gipoteka hosil bo`ladi. Ekologik o`ziga hosligi va tarqalishi: bular hamma joyda tarqalgan. Ular botqoqliklarda, mox yostiqchalarida, toshlarda, tuproq va qor, muz yuzasida ham uchraydi. Qor va muzdagi qo`ng`ir rang kuchli rivojlanishi natijasida hosil bo`ladi. suvdan tashqari muhitda turlar kam, asosan ularning eng keng tarqalgan sharoitdir.Shuning uchun sho`r suvlarning hamma qismida uchraydi. Ular 0-50 S joylarda yashaydi.
Evolyutsiyasi. Bular nisbatan yosh suvo`tlardir. Ularni qumtuproqlashgan pantsirlari qazilma holda uzoq vaqt saqlanadi. Shunga ko`ra ular yaxshi o`rganilgan. Ularni qoldiqlari bo`r davrining boshlaridan hozirgacha uzluksiz saqlangan. Birinchi topilgan suvo`tlari tsentriklarga mansub bo`lib, dengizdan kelib chiqqan dastlabki turkumlari monotip 1-2 turga ega bo`lgan. Bo`rni oxirida bu suvo`tlarining tur soni ortib keng tarqala borgan kaynozoy erasi tsentriklarni turkum va turlari yana ko`payib borgan keyinchalik chokli v choklari yaxshi shakllangan navikula singari turkum turlari paydo bo`lgan. Uchlamchi davrning ikkinchi yarmida tur soni barcha diatom suvo`tlarida ortib borgan.
Keyingi davrda diatom suvo`tlarida turli ekolgik sharoitlarga moslashish va takomillashish tomon borgan. Hujayrada dorzoventral tuzilish va chok takomillashgan to`liq shakllangan. Shuningdek chuchuk suvda yashovchi turlari ham keng ko`lamda rivojlangan. To`rtlamchi davrda tur sonini ortishi bilan pantsirni takomillashib borishi kuzatilgan.
Hozirgi dengizlarda diatomlarning bentos turlarini 90 % patsimonlarga to`g`ri keladi. chuchuk suvlarda tsentriklardan bentos turlari uchramaydi. Evolyutsiyaning keyingi bosqichi patsimonlarning gullagan davri deyish mumkin.
Diatom suvo`tlarini boshqa bo`limlarbilan yaqindan qarindoshligi o`q. Bo`yoqlari, qo`r moddasi, qumtuproqlashgan po`sti, tinchlikdagi spora kabi belgilar bilan oltin rangli va xar xil xivchinlilarga yaqin turadi.
Tabiatdagi va amaliy ahamyati: tabiatda modda aylanishida, organik modda hosil qilishda, ko`pchilik organizmlarni ozuqa bilan taominlashda ularni ahamti kattadir. Ularni xalok bo`lgandagi qoldiqlari organik moddasi eriydi va bakteriyalar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Ular umurtqasizlar, ayrim boshqalar uchun ham ozuqa bo`ladi. bular oziqa bo`lishi jihatidan oziq-ovqat o`simliklaridan qolishmaydi.
Ayniqsa oqsil va yog`larga boy bo`ladi. masalan, kartoshka va non o`simliklariga nisbatan ko`p bo`ladi. ular qulay sharoitda suvda o`n mln lab bo`ladi. 1 m kub suvda bir necha gr biomassa hosil qiladi. Bularni er ustki o`tloqzorlariga taqqoslab dengiz o`tloqzorlari deyiladi. Barentsev dengizida 1 km kv maydonda 5000 tonna fitoplanktonni asosiy qismi diatomlardir. Sapropellar ham deyarli diatom suvo`tlari qoldiqlaridir.
Diatomit jinslarning 50-80 % pantsir hisobiga hosil bo`ladi. bu jins engil g`ovak bo`lib, oq yoki och kulrang rangda bo`ladi. ular oziq-ovqat-kimyo va tibbiyot sanoatida, quilishda ishlatiladi.
Hozir ularning struktura tuzilishidagi belgilar ularning sistemasida asos qilib olinyapti. Bular 10000 tur 300 turkumga ega bo`lib, 2 sinfga bo`linadi. TSentriklar ikki patsmionlar, birinchisi 5, 2-si tartibga bo`linadi.
TSentriklar. TSentrofeseae sinfi.
Hujayralari yakka-yakka yoki ular birlashib, ipsimon, zandirsimon koloniya hosil qiladi. Pantsenni shakli tsilindr, diska, linza, shar, elips, prizma va boshqa shakllarda bo`ladi. xloroplasti ko`p, mayda donachalar shaklida, bir yok bir necha bo`lib, plastinka shaklida.
TSentriklar deyarli asosan dengizda yashovchi qadimiy suvo`tlari bo`lib, ayrim turkumlari bizgacha etib kelmagan. Pantserlarning tuzilishiga ko`ra 5 tartibga bo`linadi.
2-sinf. Pennatofseae. Patsimonlar hujayrasi yakka-yakka yoki har xil tipdagi koloniya ko`rinishida bo`ladi. pantser bo`yiga ketgan o`qqa simmetrik, baozan dorzoventral yoki assimtertik bo`ladi. chokli xloroplast bir dona yoki birnecha bo`ladi. sharkli plastinkasimon. Lar orasida chuchuk va dengiz suvlarida yashovchi bentos turlari ham bor. Bu sinf tsentriklar sinfiga nisbatan ancha yosh.
Sinfga mansub oilalar orasida chuchuk suvlarda keng tarqalganlarga navikuladoshlarni kiritish mumkin. Bular ir hujayrali yoki koloniyali organizmlar bo`lib, oilaning navikula va pinnulariya nomli turkumlariga mansub turlar dengiz va chuchuk suvlarda keng tarqalgan.
Navikulaning tanasi rombsimon bo`lsa, pinnulariyaniki to`g`nog`ichsimondir. Har ikkisi ham choli, choklardan chiqarilgan suyuqlik vositasida harakatlanadi. Tanasini ustki tomondan qaralganda ularning choki, tugunchalari, patsimon naqshlari yaxshi ko`rinadi.
Feofita qo`ng`ir suv o`tlari bo`limi.
Bularning tanasi sarg`ich-qo`ng`ir, chunki shu holdagi bo`yoqlari bo`ladi. xloroplastda a, s, va e karotin bir necha ksantofill - fukoksantin, anteraksantin, zeyaksantin. Perenoidlari mayda noksimon yadro bo`linishi mitoz va meyoz orqali ko`r modda - laminarin, manit, oz bo`lsada yog` harakat faqat zoospora va gametalarida kuzatiladi. Xivchini bir old tomonga qaragan patsimon, orqasi silliq diktiotalarda orqa xivchin bo`lmaydi. Bular ko`p hujayrani ichki tomonida tsellyulozali, tashqi tomonida pektinli po`sti bo`ladi. tashqisi tarkibida aldigin kislota va uning tuzi bo`ladi. bulardagi tsellyuloza yuksak o`simliklarnikidan farq qiladi va uni alguleoza deyiladi. Bularda bir uyali va ko`p uyali sporangiy va gametanliylar bo`ladi. ko`p uyali sporangiy va gametangilarda gameta va spora hosil bo`lish oldida yupqa to`siqlar hosil bo`ladi. hosil bo`lgan kameralarda bir yoki ikki zoospora yoki gameta hosil bo`ladi. gametangiy va sporangiyni ko`p hujayrali deb bo`lmaydi.
Tana tuzilishi: mikroskopik tanaga ega bo`lganlari bilan birga tanasi 50-60 m ga etadigan gigantlari ham bor. Tanasi ip, po`stloq, shar, qopchiq, plastinka, butachasimon, bargga o`xshash bo`lishi mumin. Bular rizoidlari bilan substratga bog`langan holda yashaydi.
Bular parenximatik hujayralardan tuzilgan. YUksak o`smiliklarda parenxima deyilganda kattaligi hamma yo`nalishda bir xilda bo`linadigan to`qimaga aytiladi. Bularda bu holat kuzatiladi, asosan hujayra faol bo`linadigan joyda uchraydi holos.
Hujayra tuzilishi.
Bir yadroli bir necha diskasimon xloroplastli, u tasma yoki plastinka shaklida bo`ladi. xloroplast shakli turkumlarni ajatishdagi asosiy belgidir. Baozan xloroplast shakli o`zgarishi ham mumkin. Pirenoidi ayrimlarida bo`lmaydi. Plazmodesmalar orqali boshqa hujayralar bilan bog`langan. Hujayra po`stida poralar shakllangan.
Laminariya va fukslarda po`stloq qalin va rangli har xil kattalikdagi turli hujayralardan iborat. YUza qismidagi bir - to`rt qavatli mayda hujayralar faol bo`linib, tuklar va ko`payi organlarini hosil qiladi. Ustki qatlamini meristoderma yoki bo`linib turuvchi to`qima deyiladi. Uning ostida yirik rangli po`st hujayralari joy olgan, markaziy rangsiz qismida 2 guruh hujayralar farqlanadi. Markazda g`ovak zich joylashgan ipchalar, bu o`zak bilan po`st orasida yirik rangsiz hujayralar joylashgan. Bularni oraliq qatlam deyiladi. O`zak fotosintez mahsulotini tashish bilan birga mexanik vazifani o`taydi. Bularda elaksimon nayga o`xshash, naysimon iplar hosil bo`ladi.
Ko`payishi, rivojlanishi.
Ko`payishning hamma xili bor: vegetativ, jinsiz, jinsiy, zoospora va gameta bir donadan xloroplastga ega bo`ladi, faqat oogamiyada gameta xloroplastsiz.
Ko`p uyali xaltacha sporangiy yoki gametangiy vazifasini o`tashi mumkin. Bular ko`rinishi bilan farqlanadi. Huddiy zoospora yoki gameta singari, bir uyalisi ko`proq sporangiy holida bo`ladi. meyoz spora hosil bo`lishda kuzatiladi. Faqat tsiklosporalilarda gameta hosil bo`lishida kuzatiladi.
Sodda turkumlarida xordalilar, ektokarpuslarda, muntazam nasllanib navbatlanish kuzatilmaydi.
Sporofitda hosil bo`lgan sporadan gametofit yoki gametofporofit yoki sporofit rivojlanishi mumkin.
YUksak turkumlarida muntazam nasllar gallanadi.
Ekologiyasi va tarqalishi: uch turkumdan qolgan hammasi dengizlarda yashaydi. ular sovuq (Antarktida) dengizlarida ham, issiq va o`rta mintaqa dengizlarida ham tarqagan. Qirg`oqdan to 40-100 m chuqurlikka ega bo`lgan joylarda uchraydi. Baozan 200 m chuqurlikda ham uchraydi. Masalan, Gavay orolida 180 m chuqurlikda Sarkasium uchraydi.
Laminariyaning 1 turi 200 m chuqurlikda tarqalgan. Bular orasida efemer, bir yillik va ko`p yillik tallomlilari bor. Geteromorf nasl gallanishida naslning biri efemer, ikkinchisi ko`p yillik bo`lishi mumkin.
O`rta va sovuq mintaqa zonalarda suv harorati 0 S bo`lganda, erta bahorda rivojlana boshlaydi. yozda esa kuchli rivojlana boshlaydi. Issiq mintaqali zonalarda rivojlanish qishda boshlanadi.
Ahamiyati. Qirg`oq zonalarda organik modda hosil qiluvchi asosiy manba 1 km kv da 10 kg ga etib biomassa hosil qiladi.
Ular ayrim hayvonlarni ko`payishi uchun yashirinadigan joy va oziqasi sifatida, suvo`tlarining yashaydigan joylari ham bo`lishi mumkin. Makrotsistisni qirg`oq zonalarida hosil qilgan maydonlari tropikadagi o`rmonlarni eslatadi. Bular dengizdagi paroxod va kemalarning yurishini ham qiyinlashtiradi, lekin har xil moddalarni olish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi.
Ular algin kislotasi tuzlari olinadigan yaona manbadir. Ulardan turli eritmalarni doimiyligini taominlashda foyldalaniladi. Oziq-ovqat, bo`yoq va shirach moddalarni saqlash uchun algin kislotaning natriyli tuzidan ozgina qo`shiladi. Uning tuzlari alginat plastmassa ishlab chiqarishda foydlaniladi. Ulardan parfimeriya va farmatsevtika sanoatida ham foydalanuvchi ikkinchi muhim ahamiyati mannit (6 atomli spirt)ni ham asosiy manbaidir. Mannitdan ham farmatsevtikada tabletkalar, parxez taomlar tayyorlashda, sintetik smola, og`oz, kraska tayyorlashda, jarrohlik operatsiyalarida foydalaniladi. YAna ular tarkibida ko`p miqdorda yod mikroelementlar bo`ladi. Shuning uchun ulardan tayyorlangan undan hayvon oziqasiga qo`shib berilsa, mahsuldorligi oshadi. Ulardan sabzavot sifatida xam foydalaniladi.
Kelib chiqishi va sistematikasi.
Bo`yoq va qo`r moddalarining o`xshashligi oltin rangli suvo`tlarinig qadimiy sodda turlari bilan bir asosda kelib chiqqan deb aytishga asos bo`lgan. Bularning qoldiqlaridan faqat tashqi qiyofasini aniqlash mumkin xolos. Bu belgisi bilan qaysi bo`limga mansubligini aniqlash qiyin. To`liq etarli belgilari bilan saqlangan qazilma qoldiqlari uchlamchi davrdan maolum. Bu davrda hozirgi fikus kabi hozirgi turkumlari ham paydo bo`la boshlagan edi.
Hozirgi bo`limni 240 turkum, 1500 turi maoshlum. Bo`lim 2 sinfga bo`linadi. Birinchisi, feozosporalilar - feozosporoseae, bularni sporofit va gametofiti mustaqil. Ektokorpuskabilar tartibi bir oiladan iborat. Bir yadroli ipchalar shohlangan bo`yi 30-60 sm yoki mikroskopik bo`ladi. ko`payish organi bir uyali sporangiy va ko`p uyali qopchiq. Oxirgisi sporangiy yoki gametangiy bo`lishi mumkin. Jinsiy jarayon izo yoki getero.
Ular barcha dengizlarda tarqalgan. Ayniqsa sovuq dengizlarda ko`p. Ektokarpus 0,1-30 sm baozan 60 sm.
Ikkinchisi, kutleriakabilar - kutleriales tartibiga mansub suvo`tlarining tallomi plastinkasimon. yotib yoki tik o`suvchi kuchli shohlangan. Bular uchki yoki yon qismlarida mayin tuklarning bo`lishi bilan boshqalaridan farqlanadi. Nasllar gallanadi. Sporofit diploidli. Gametofit gaploidli. Ular bir xil yoki har xil tuzilishga ega. Jinsiy jarayon geterogamiya, urg`ochi gametongiy erkagiga nisbatan yirik va bir nech xloroplastli bo`ladi va xarakatlanadi. Urg`ochi gameta biror substratda to`xtagandan keyin urug`lanish sodir bo`ladi yoki urug`lanmasdan ham partenogenez bilan rivojlanadi. Sporofitning yuzasida sporangi hosil bo`ladi. Tartib bir oila uch turkumdan iborat. Kutleria turkumi keng tarqalgan nasllar gallanishi geterotrof. Gametofitni tallomi bir yillik tik o`suvchi, butsimon to 15 sm ga etadigan gametangi shohlangan yok oddy bir yadroli o`simtalarda hosil bo`ladi. sporofit tallomi 1 yoki ko`p illik po`stloqsimon, diametri 10 sm gacha. Sporangiyda 8 - 32 zoospora hosil bo`ladi.
Bularda gametofit alohida sporofit alohida o`zga joyda yashayveradi. Kuzatishlarga qaraganda, asosan gametofitdagi gameta urug`lanmay o`saveradi. Zoosporadan ham sporofit bilan gametofit ham rivojlanaveradi. Bularni bir turi Qora va O`rta dengizda uchraydi.
Uchinchisi, diktiotales tartibi. Bular bo`yi 5-50 sm ga etadigan plastinkasimon, yaxlit buloqli har xil darajada qirqilgan tallomlidir. Geterosporangiyda 4 baozan 8 spora hosil bo`ladi. diktiotaning bo`yi 20 sm ga etadi. YApon dengizida shimoliy Afrika qirg`oqlarida va boshqa joylarda uchraydi.
To`rtinchisi, laminariyalar tartibi - laminariyaseae. Nasllar navbatlashishi - geteromorf, sporofit 0,5-6 ayrimlari 20-50 m bularni tallom tuzilishida meristoderma, po`stloq, rangli hujayralardan iborat. Oraliq qatlam yirik rangsiz hujayralardan va o`zakan tarkib topgan. O`zak hujayralari g`ovak yoki o`zaro zich jolashgan ipchalar shaklida bo`ladi. bu ipchalar naysimon iplar, ularning ko`ndalang to`siqlari elaksimon plastinka deyiladi. Yirik turkumlarida o`zak qirg`og`idagi nozik ipchalar orasida elaksimon hujayralar joylashgan.
Bu 6 oiladan iborat. Laminariya turkumi 30 turga ega. Bo`yi 7 m gacha. SHimoliy Amerika va YAponiya qirg`oq suvlarida to 20 m chuqurlikka qadar tarqalgan. Makrotsistis - tanasi ko`p marta shohlangan. Plastinkalarida noksimon xova pufaklari bo`ladi.
Bulardan alginat va boshqa kimyoviy moddalar olish uchun foydalaniladi. Masalan, porifera, bo`yi 30-50 m, ko`p yillik. 6 oydan keyin plastinkalari osti yoki ustida sporangilar hosil bo`ladi. va 2 xaftada etiladi. Bular 0-40 m baozan 60 m chuqurlikda ham o`sadi.
Tsiklosporofseae - tsiklosporonamalar sinfi. Bular yirik suvo`tlari tanasi laminariya singari to`qimalarga ajratilgan. Meristaderma po`stloq oraliq qatlam va o`zak farqlanadi. Lekin bularda naysimon ip va elaksimon nay yo`q. Bular ko`payish bilan ham farqlanadi. Bularda 2 mustaqil nasl rivojlanmaydi. Gametangiy chuqurlashgan hujayradan hosil bo`ladi. meyoz gameta hosil bo`lishida kuzatiladi. Sporofit diploidli. Gametasigina gaploid bo`ladi. bular hamma dengizlarda tarqalgan. Tanasi 1-12 m kattalikda. Jinsiy ko`payishda oogamiya.
Fikuskabilar tartibi. Uchki qismi bilan o`sadigan butacha shaklidagi o`simliklardir. Oogamiyasi 3 qavatli po`st bilan o`ralgan. Unda bir dona tuxum hujayra hosil bo`ladi. Kaspi va Orol dengizlardan tashqari hamma dengizda tarqalgan. U 6 oiladan iborat.
Fikusdoshlar butasimon uchki hujayra orqali o`sadigan, havo pufakchali o`zak shohlari o`zaro zich joylashgan hujayralardan iborat. Oogoniy bir tuhum hujayrali.
Fikus «bargi» plastinkali. Tanasi qisqa. Uning Yuqori qismidan uzun shohcha ketadiyu bular asosan tropik va subtropikada tarqalgan. Bular ham alginatlar olinadigan homashyodir. Suzuvchi sarassum turi ko`proq Sargas dengizida uchraydi va katta maydonni ishg`ol qilib, ko`plab biomassa hosil qiladi.
Pantsir, diatom, auksospora, tip, ksantin, perinoid, laminariya, monid, tetraspora, monospora.

Savollar


  1. Qo`ng`ir suvo`tlarning umumiy belgilari va hujayra tuzilishi.

  1. Ularning ko`payishi, nasllar gallanishi va tarqalishi.

  2. Bo`limning sistematikasi.

  3. Feozosporalilar va tsiklosporalilarning o`ziga xos belgilari.

  4. Qo`ng`ir suvo`tlarning kelib chiqishi va ahamiti.




Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin