Taksonomik kategoriyalar. O`simliklar sistematikasida quyidagi kategoriyalardan foydalaniladi. Tur – species asosiy taksonomik kategoriya, nafaqat sistematikada, umuman biologiyada har bir tur ma`lum bir turkumga mansub bo`ladi.
Turkum – genera. Turkum o`z ichiga bir necha turli turlarni olsa, unda u kenja turkumga va bo`limga bo`linadi.
Turkum kategoriyasi boshqa kategoriyalardan Yuqori bo`lib, hamma turlar nomiga qo`shilib yoziladi va aytiladi. Masalan: Triticum castivum – Yumshoq bugdoy. Turkumlar oilalarni tashkil etadi.
Oila – familia. Masalan, otquloqdoshlar oilasi – Polygonaceae.
Navbatdagi kategoriya bu – sinfdir. Sinf – classis. Yuksak o`simliklarda – opsida, suvo`tlarda – phyceae, zamburug`larda esa – mycetes suffikslari qo`shib aytiladi. Masalan, moxnamolar – Bryopsida.
Sinflar birlashib bo`limlarni tashkil etadi – Divisionis.
Bo`limlarni nomlashda masalan, suvo`tlari va yuksak o`simliklar – phyta, zamburug`larda-mycota kabi so`zlar bilan tugaydi.
Yuksak o`simliklar ham suvo`tlardan kelib chiqqan, ammo qaysidan kelib chiqqanligi aniq emas. Bir guruh olimlar qo`ng`ir suvo`tlaridan desa, yana bir guruh olimlar Yashil suvo`tlaridan deb qaragan.
Yuksak o`simliklar klassifikasiyasida nemis olimi Engler sistemasi berilgan. U to`rt bo`limga: moxsimonlar, qirqquloqlar, ochiq va yopiq urug`lilarga bo`linadi.
Hozirgi klassifikasiya Taxtadjyan sistemasiga asoslanib 8 ta bo`limga bo`linadi:
Riniofitsimonlar – Riniophyta.
Magnoliyasimonlar (gulli yoki yopiq urug`lilar) –Magnoliophyta.
Bu bo`limlar o`sha bo`lim vakilining bittasini nomi bilan atalgan. A.Engler bo`yicha 304 oila bo`lsa, hozirgi kunda A.L.Taxtajyan bo`yicha 504 tani tashkil etadi. Ancha to`liq, batafsil ishlangan va hamma tan olgan sistema A.L.Taxtajyan sistemasi bo`lib, unda avtor gulli o`simliklardagi filogenetik bog`lanishni aniqlash uchun moxiyatga ega bo`lgan biologiya fani sohasidagi barcha Yutuqlarni inobatga olgan. Uning sistemasida ilgari ko`rib chiqilgan yopiq urug`li taksonlar o`rtasidagi genetik bog`lanish to`g`risidagi muhim tuzatmalar kiritilgan. Oxirgi varianti (1987 y) 11 ta kenja sinf, bundan ikki pallalilar – 7 ta kenja sinfga, bir pallalilar – 4 ta kenja sinfga bo`lingan.
Taxtadjyanning fikricha, gulli o`simliklardan eng oddiysi – Magnoliadae kenja sinfi, Magnoliales qabilasi. Qolgan barcha guruhlar shu kenja sinfning turli Shoxlaridan boshlanadi.
Bu sistema ko`pgina zamonaviy fanlar ma`lumotlarini sintezlab, uning asosida «Jizn` rasteniy» (1974-1982) degan ko`p tomli asar yozildi. Ko`pgina kitoblarida sistema keltirilib, eng axborotli va zamonaviy sistema oxirgi nashr Britaniya ensiklopediyasida keltirilgan.
Bunday ko`p sonli filogenetik sistemalar zamonaviy fanlarning rivojlanishi, izlanishlarning chuqurlashtirilganligi bilan tuShuntiri-ladi. Yangi ma`lumotlarning kengayishi va to`planishi, yangi o`simlik formalarining topilishi, ob`ektlarni batafsil o`rganish, yangi zamonaviy axborot manbalaridan foydalanish va hokazolar bo`yicha filogenetik sistema qayta va qayta qurilishi, o`simliklar geneologiyasi haqiqatga muvofiq kelishi kerak.