Polushniksimonlar sinfining umumiy xarakteristikasi. Selagenellanamolar qabilasi tavsifi. Polushniksimonlar – Isoetopsida sinfi Yuqorida qayd etilganidek uchta qabilaga bo`linadi. Ulardan selaginellanamolar va polushniknamolar qabilalarining vakillari hozirgi paytda ham yer sharida keng tarqalgan. Lepipodendronamolar qabilasi esa faqat qazilma holida uchraydi.
Bu sinfnig deyarli hamma vakillarida bargi tilchali bo`lishi gametofiti reduksiyalanganligi va bir jinsliligi, ko`pchilik turlarini sporafitlarida tipik ildizdan tashqari rizoforalarga ega bo`lishi bilan xarakterlanadi va likopodiumsimonlar sinfidan farq qiladi.
Selaginellanamolar - Selaginellales qabilasi. Bu qabila shu nom bilan ataluvchi birta oila va birgina turkumdan iborat bo`lib, 700 ga yaqin turni o`z ichiga oladi. Selaginella turlari asosan tropik va subtropik iqlimli rayonlarda tarqalgan o`tchil o`simliklardir. Bu qabila vakillari ichida toshloq cho`llarda uchraydigan kserofit vakillari va botqoqliklarda o`suvchi turlari ham bor. Sobiq SSSR territoriyasida selaginellaning 8 turi uchraydi.
Qabilaning nomi Sucopulium Selago deb K.Linney tomonidan atalgan turning nomidan olingan. Linney o`sha davrda selaginellaning sernam, yorug`lik kam to`shadigan muhitda o`suvchi turlarida poyasi nozik ,Yashil yoki ba`zan jigarrang bo`lib ,mayda barglar bilan qoplangan .
Quruq va yorug` sharoitda moslashgan turlarida esa poyasi dag`al va ko`pincha jigarrang yoki qizil rangli barglari kulrang Yashil bo`ladi.
Selaginellalar novdasining tuzilishiga ko`ra 2 ta gruppaga ajratiladi: radial simmetrik novdalari bo`lib (50 ga yaqin turlarda), unda barglar spiral holda joylashgan. Qolgan ko`pchilik (650 tadan) turlarda esa dorzoventrik novdaga ega bo`lib, ularda barglar to`rt kator bo`lib joylashgan ustki ikki qatorini barglari kichik, yon tomonidagi ikki qator barglari esa yirik bo`ladi. Dorzoventral novdali vakillarni ko`pchiligida geterofiliya hodisasi mavjud.
Barglari oddiy, butun. Barg plastinkasining shakli Yumaloq, nashtarsimon .Bargning mezofilida suv o`tlarnikiga o`xshash plastidasi mavjud, xromatofor shaklida bargning harakterli belgilaridan yana biri uning Yuza tomonini tilchaga ega bo`lishidir. Bu hol shu qabilaga kiruvchi turlar uchun sistematik belgi vazifasini o`taydi. Biroq tilchaning funksiyasi aniq emas. Selaginella tuproqqa dixatomik Shoxlangan ildizi yordamida birikadi ildizi poyaning asosidan taraqqiy etgan bo`lishi mumkin yoki yotib o`suvchi vakillarida poya bo`ylab joylashgan bo`lishi mumkin.
Poyaning asosida joylashgan 1-tartib ildizi er usti va er osti qismlaridan iborat.Birinchi tartib ildizning er ustki qismi biroz yo`g`onlashgan bo`lib, ildiz tukchalariga ega emas. Ildiz tukchalari I-II va boshqa tartib ildizlarning yer osti qismidagina taraqqiy etadi.
I-tartib ildizning po`stloq qismi anatomik tuzilishi jihatidan o`sha o`simlikning poyasi po`stlog`ini anatomik tuzilishiga o`xshash bo`ladi. Hatto tashqi qoplag`ich to`qima qavatida xloroplastlarni ham uchratish mumkin.
II-ildizlarda ildiz qinchalari, ildiz tukchalarini bo`lmasligi, ba`zan hloroplastlar hisobidan Yashil rangda bo`lishi va navbatdagi novdaga aylanishi, ayrim botaniklar tomonidan uni rizofora deb atashga sabab bo`lgan. Biroq tipik Yashil taraqqiy etgan rizoforaga faqat selaginellalarni bizgacha etib kelmagan vakillarida va ayrim chin polushniklarda bo`ladi.
Selaginellalar ham vegetativ jinsiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payish ayrim vakillarida poyasining ayrim bo`g`imlariga bo`linib ildiz otishi yoki ayrimlarida tugunak,piyozchalar yordamida ko`payadi. Selaginellalar asosan jinsiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Jinsiz ko`payishda spora boshoqlarida makro, mega yoki mikrosporangiyalar taraqqiy etadi. Spora boshoqlari yoki strobila 3mm dan 8 sm gacha uzunlikka ega bo`lib novdaning uchki qismida taraqqiy etadi.
Sporangiyalar o`zini qisqa bandi yordamida sporafilga yopishgan bo`ladi. Selaginellalar har xil sporali o`simliklardir. Shuning uchun uning mikrosporangiyasida ko`p miqdorda kichik mikromeralar hosil bo`ladi. Mikrosporangiyada esa birta yoki to`rta makrospora etiladi.Sporalarning tashqi muhitga tarqalishi sporangiyalarning chatnab yorilishi tufayli sodir bo`ladi. Qulay sharoitga tushgan mikrospopra o`sib yerkaklik gametofitini hosil etadi. Biroq yosh yerkak gametofit bitta vegetativ va bitta anteridiydan iborat gametofit asta- sekin mikrospora ichida taraqqiy etib, so`ngra uning uch nurli kesmali izidan yorib tashqariga chiqadi.
Shunday qilib, mikrosporadan taraqqiy etgan reduksiyalangan gametofitni anteriydisidan ikki xivchinli spermatozoidlar birin ketin tashqariga chiqarila boshlaydi. Urg`ochi gametofitning taraqqiyoti ham huddi yerkak gametofitga o`xshash bo`ladi va makrospora po`stini ichida joylashgandir. Unda arxegoniy taraqqiy etadi. Namlik yordamida spermatozoidlar kelib arxegoniydagi tuxum hujayrani urug`lantirgandan so`ng hosil bo`lgan zigotadan yana yangi yosh selaginella o`sa boshlaydi.
Selaginellalar gametofitning reduksiyalanganligi jihatidan ham plaunlarning birinchi sinfini vakillaridan fa
rq qiladi. Selaginellalarning har xil spora hosil etish va gametofitning reduksiyasini evolYusion jihatidan ahamiyatga ega, ushbu belgilarni taraqqiy etish asta-sekin spora bilan ko`payishdan urug` yordamida ko`payishga o`tish uchun zamin hozirlagan.