Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Polushniknamolar qabilasi vakillarining morfologik anatomik va sistematik xarakteristikasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə57/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Polushniknamolar qabilasi vakillarining morfologik anatomik va sistematik xarakteristikasi. Qabilaning nomi grekcha Isos- teng, etes- yil, teng bir yil ma`nosini bildiradi. Ya`ni yil davomida yam-Yashil o`suvchi.
Bu qabilaga bitta oila Isoetaceal va 2 ta turkum:
1) Polushnik- Isoedes 2) Ctelites-Stulites ga ajratiladi.
Birinchi turkumga (polushnik) 70 ga yaqin tur kiradi. Ikkinchi turkumga esa 2 ta tur kiradi. Bu turkum 1956 yilda Amerikalik botanik Yerik tomonidan dengiz sathidan 4750 m balandlikdagi tog` ko`llari buyidan topgan.
Polushnik turlari yer sharida keng tarqalgan. Ular dengiz atrofidagi past tekistliklardan, to baland tog`li joylargacha tarqalgan.
Ular tropikda ham ma`lum iqlim sharoitida ham uchraydi. Suvda o`sadigan turlari ko`pincha tiniq suvlarda tarqalgan. Ular suvga botgan holda o`sadi.
Ayrim turlari kichik suv havzalarida tarqalgan bo`lib, suv qurigan paytda barglari qurib poyasini ustini qoplab oladi, so`ng yana suv to`plangan paytda poyasidan yangi barglar hosil qilib taraqqiyotini davom ettiradi. Ular orasida sernam tuproqda, botqoqlikda uchraydigan vakillari ham bor.
Polushnikning bo`yi 8dan 90 sm gacha balandlikka ega. Poyasi Shoxlanmagan. Yyer ustida asosan barglari mavjud.
Polushniklar tashqi ko`rinishi jihatidan piyozlarga o`xshash bo`ladi.
Polushniklarda rizofora mavjud. Rizodermasi ham poyasiga o`xshash qisqa bo`lib, ikki bo`lakli va uning chegarasi poyani asosidagi bargsiz qismi bilan ildiz zonasi oralig`i hisoblanadi. Polushniklarni ildizi popuk ildiz, 15- 20 uzunlikka ega.
Barg joylashishi spiral shaklda. Poyaning eng tashqi tomonidagi barglari makrosporafill, undan so`ng mikrosporafill, ichkaridagi hali differensiyalanmagan barglari esa vegetativ barglar sanaladi barcha barglarida tilcha mavjud.
Qishda makro va mikrosporafill barglar hosil bo`ladi vegetativ barglari esa tirik koladi va ular mikro va makro sporafillarga aylanadi, ichkari qismidan esa yangi vegetativ barglar taraqqiy etadi. Bularda ham sporafillari asosida mikro va makrosporangiyalar taraqqiy etadi.
Polushniklar ham har xil sporali o`simliklardir. Shuning uchun ham ularda gametofitlari ham ayrim jinsli va selaginellalarnikiga nisbatan ham reduksiyalangan. Biroq spermatozoidlari ko`p hivchinli. Urg`ochi gametofitdan bir necha arxegoniy taraqqiy etadi. Uning tuxum hujayralari urug`langandan so`ng murtak taraqqiy etadi va u makrosporani po`stini yorib tashkariga chiqadi.
Polushniklarning yana bir xarakterli belgilaridan poyasining anatomik tuzilishida kambiy qavatining borligidir. Kambiy qavati hisobidan poyasi eniga yo`g`onlashadi. Biroq kambiy hujayralarining bo`linishi hisobidan tashqi tomonga g`amlovchi parenhima hujayralari, ichkari tomonda esa floema va ksilemalar aralash joylashgan o`tkazuvchi to`qima elementlari hosil bo`lgan.
Keyingi yillarda sanoat va maishiy hizmat chiqindilari hisobidan suvlarning ifloslanishi tufayli suvda o`suvchi polushniklarning turlari keskin kamayib bormoqda. Shuning uchun ularni relikt yashash joylarini muhofaza qilish zarur. Aks holda ularni turlari tabiatdan asta-sekin yo`qolib boradi. Ularni akvariumlarda manzarali o`simlik sifatida o`stirish mumkin.
Lepidodendronnomolar-Lepidodendronales qabilasi. Bu qabilalarning vakillari to`liq qirilib ketgan. Hozirgi vaqtda qazilma holda topilayotgan o`simlikdir.Ular quyi devon davrida paydo bo`lib toshko`mir davrlarida yahshi taraqqiy etgan. Paleozoy yerasining oxiri,mezozoy yerasining boshlarida esa qirilib borib,o`z o`rinlarini ochiq urug`lilarga bera boshlaydi.
Bu qabiladan lepidodendron va sigillariya turkumlarining vakillari keng tarqalgan bo`lgan.Lepidodendronlar yirik daraxtlar bo`lib, buyi 30 m gacha , poyasining asosini diametri 1 m dan ortiqroq bo`lgan.
Ularning poyasining uchki qismi dixatomik Shoxlangan bo`ladi. Barglari bularda ham tilchali bo`lgan. Barglari to`kilgandan so`ng ularning o`rni poya va Shoxlarda rombsimon formadagi yostikchalari tangacha hosil qilgan. Shundan so`ng o`simlikning nomi tangacha daraxt deb atalgan.
Poya ko`ndalang kesimining qariyb 20% ni po`stloq tashkil etgan.
Lepidodendronlarda spora boshoqlari (strobila) Shoxlarining uchida joylashgan bo`lgan. Ularning uzunligi 50 sm gacha,diametri esa 5sm gacha bo`lgan. Spora boshoqlari ikki jinsli bo`lib, ustki qismida mikrosporafillar, ostki qismida esa makrosporofillar joylashgan. Perm davriga kelib, lepidodendronlarni ularga nisbatan past bo`yli va kam Shox sigilariyalar almashtirgan. Ularda barglar ingichka bo`lgan. To`kilgan barglarini ildizlari poyada pechatga (muhrga) o`xshash shaklga ega bo`lgan. O`simlikning nomi ham Shundan olingan. Plaunsimonlar vakillari evolYusiyaning asosiy Yunalishi bilan tanishganda ular hayotiy forma jihatidan daraxtsimondan asta-sekin buta va o`tchil formaga o`tgan.O`tchil hayotiy formasi esa hozir ham gulli o`simliklar bilan birga o`sib kelmoqda.
Bundan tashqari ko`payish prosessida teng sporalilik har xil sporalilik bilan almashgan va evolYusiya davomida gametofitning reduksiyalanib borganligini kuzatish mumkin. Bu esa o`z navbatida lepidospermanamolar qabilasi vakillarida primitiv holda urug`ni taraqqiy etishiga olib kelgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin