Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Plaunsimonlar – Lycopodioles qabilasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə55/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Plaunsimonlar – Lycopodioles qabilasi. Qabilaga bitta plaundoshlar - Lycopodiaceae oilasiga va ikkita turkum kiradi. Bu qabilaga 400 dan ortiqroq tur kiradi. Ularning vakillari ko`p yillik o`tchil o`simliklardir. Barglari butun, tilchasiz. Poyada kambiy yo`q. Izospora hosil qiladi. O`simtasi ikki jinsli.
Plaun turkumi vakillarining ko`pchiligi tropik va subtropik iqlim sharoitiga ega bo`lgan joylarda tarqalgan, ayniqsa, tog` o`rmonzorlarida ko`proq uchraydi. Ularning turlari orasida bir qancha epifit vakillari mavjud. Poyasining o`sishi jihatidan ham xilma-xil: tikka o`suvchi, ilashuvchi, yotib o`suvchilari mavjud. Poyasining uzunligi 1mdan, lianalarida 10 mgacha bo`ladi.
Sobik SSSR territoriasida 14 ta turi uchraydi. Ular igna bargli o`rmonlarning ostida, botqoqlarning atrofida, tog`li rayonlarda uchraydi.
O`rta Osiyoda (O`rta Osiyo o`simliklarini aniqlagichi bo`yicha) 2 ta turi: Lycopodium selago va L. clavatum jo`ngor alatouning yaylov mintaqasida uchraydi. Turkumning lotincha nomini birinchi bo`lib fanga nemis botanigi Ya.T. Taborismontan tomonidan XVI asrda byerilgan. Lycopodium «bo`ritovon» degan ma`noni bildiradi. Sobiq SSSRda keng tarqalgan cho`qmoqli plaun – Lycopodium clavatum misolida morfo-anotomik tuzilishi va taraqqiyot sikli bilan tanishamiz.
Cho`qmoqli plaun igna bargli o`rmonlarning ostida uchraydigan ko`p yillik o`tchil o`simlik. Poyasi yotib o`suvchi, 3m gacha o`sadi. Poyasidan Yuqoriga qarab vertikal o`suvchi dixatomik Shoxlar taraqqiy etadi. Novdalari mayda qalin(ko`p) uzunchoq oddiy barglar bilan qoplangan. Yotib o`suvchi poyasidan er ostida dixatomik Shoxlangan ildizlar taraqqiy etadi.
Poyasining anatomik tuzilishi bilan tanishganimizda: uning tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermisdan ichkarida qalin po`stloq parenximasi joylashgan bo`lib, uning tashqi tomonidagi hujayralarning po`sti oraliqlarida va chetlarida floema joylashgan. Lekin poyada kambiy va o`zak qavati yo`q.
Ildizining anatomik tuzilishi poyasining anatomik tuzilishiga o`xshaydi. Bargi tashqi tomondan epiderma bilan qoplangan. Bargning har ikkala tomondan epidermisida labchalar mavjud.
Bargning mezofil qavati hujayralari xlorofillarga boy, biroq ustunsimon va bulutsimon to`qimalarga differensialanmagan.
Cho`qmoqli plaunda yadro fazalarining almashinuvi quyidagicha: yozning o`rtalarida uning novdalarining uchlarida ikkitadan turttagacha spora boshoqlar hosil bo`ladi. Spora boshog`ida zich holda sporofilla(yoki spora bargi deb ham ataladi) o`rnashgan. Sporafil sariq rangliligi bilan vegetativ barglardan farq qiladi. Har qaysi sporafilning kengaygan pastki qismida bittadan buyraksimon sporangiya mavjud bo`lib, u sporafilning tashqi tomonidagi hujayralar gruppasidan taraqqiy etadi.
Sporangiy ichida arxeosporiy hujayralar bor. Uning bo`linishi hisobidan sporaning ona hujayralari shakllanadi. Ona hujayraning reduksion bo`linishi hisobidan esa tetrada spora taraqqiy etadi. Yetilgan sporalar sporangiyani ko`ndalangiga chatnab ochilish tufayli tashqi muhitga tarqaladi.
Cho`qmoqli plaunning sporasi bir xil kattalikdagi izosporalardan tashkil topgan, sarg`ish rangli. Sporalar ekzo va endosporiy deb ataluvchi tashqi va ichki po`st bilan qoplangan. Spora ichida esa sitoplazma, yadro, plastidalar va moy bor.
Tashqi muhitga tarqalgan izosporalar tuproq yoriklariga tushib, qulay sharoitda o`sa boshlaydi va 2-5 mm kattalikdagi plastinkasimon, ikki jinsli o`simta-gametofit hosil bo`ladi. Gametofitning pastki qismidan rizoidlar hosil bo`ladi. Rizoidlar orqali zamburug` giflari tuproqdagi gametofitning ichki hujayralariga o`tib oladi va endotrof mikorizani hosil qiladi. Cho`qmoqli plaunning gametofiti rangsiz, sporafit hayot kechiradi. Gametofitning ustki tomonida anteridiy va arxegoniy hosil bo`ladi. Anteridiy gametofitga to`la botib kirgan holda o`rnashgan. Arxegoniy esa faqat bo`yin qismi tashqarida bo`lib, qorincha qismi gametofitga botib kirgan bo`ladi. Undan tuxum hujayra etilgandan so`ng, arxegoniyning bo`yin qismi ochiladi. Anteridiydan chiqqan ikki xivchinli spermatozoidlar namlik yordamida suzib kelib, arxegoniyning bo`yin qismidagi kanalcha orqali o`tib, ulardan bittasi tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada zigota hosil bo`ladi. Zigotadan esa murtak taraqqiy etadi.
Cho`qmoqli plaunni gametofiti va murtagi yer ostida taraqqiy etadi. Hosil bo`lgan murtak yarim sharsimon tanacha shaklda bandga (pochka) hosil etib, u gametofitni to`qimasiga botib kiradi va undan ozuqani shimib ola boshlaydi. Shunday qilib murtak asta-sekin rivojlanib unda boshlang`ich poya, boshlang`ich barg va ildizcha shakllanadi. Keyinchalik u gametofit to`qimani yorib tashqariga chiqa boshlaydi va yer ustida plaunnig yangi yosh o`simligi paydo bo`ladi.
Biroq plaunlarda sporafitning taraqqiyoti juda sekin boradi. U 15- 18 yilda murtakdan taraqqiy etib yosh o`simlikka aylanadi. Shunday qilib, plaunlarning taraqqiyot siklida sporafit davri gametofit davri bilan almashinadi. Cho`qmoqli plaunni vegetativ ko`payishi yotib o`suvchi poyasining erga yopishgan qismidan ildiz otishi tufayli ro`y beradi.
Plaunlarning boshqa vakillarida vegetativ ko`payish uchun mahsus organlar taraqqiy etadi. Masalan, Zycopodium selago va Z.Liciolum turlarining novdalarining uchlarida ajratuvchi piyozcha yoki kurtakchalar hosil qiladi. Hosil bo`lgan kurtakcha yoki piyozchalar etilgandan so`ng ona o`simlikdan ajralib yerga to`shadi va yangi yosh o`simlikka aylanadi.
Tropik zonalarda o`suvchi plaunlarning epifit vakillari esa ildizi va bargida ajratuvchi tugunaklar hosil etib, vegetativ ko`payadi. Plaunlarning ayrim turlari juda zaharli. Shuning uchun umurtqali hayvonlar ularni iste`mol qilmaydi.
Xalq tabobatida ulardan dorivor o`simliklar sifatida foydalaniladi. Biroq zaharliligi uchun o`ta extiyotlilikni talab etadi. Ulardan veterinariyada ham foydalanishgan hamda Yashil, ko`k, sariq bo`yoqlar tayyorlashda ishlatilgan.
Plaunlar hozirgi davrda ham shifobaxsh o`simliklar qatorida turadi. Ulardan nikotanizm, alkogolizm, ko`z og`rig`ini davolashda foydalaniladi. Sporangiyni bolalar pudrasi tayyorlash uchun yig`ilib aptekalarga topshiriladi (qayta ishlash uchun).
Biroq turli maqsadlarda spora boshoqlari yig`ilayotganda o`simlikni boshqa organizmga zarar keltirmagan (shikast etkazmasdan) holda yig`ish tavsiya etiladi. Plaunlar zaharli bo`lganligi uchun xona sharoitida manzarali o`simlik sifatida o`stirish tavsiya etilmaydi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin