Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Psilottoifalar bo`limi vakillarining biologiyasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə51/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

5. Psilottoifalar bo`limi vakillarining biologiyasi. Bu bo`lim birgina Psilotsimonlar sinfidan tarkib topgan. Bular bizning davrgacha etib kelgan «Relikt» o`simliklar hisoblanadi. Sinf bitta oila, ikkita turkumdan iborat:
1.Tmezipteris – Tmesipteris tannenis
2. Psilotum - Psilotum triquetrum
Tmezipteris turkumini 10 ga yaqin turi ma`lum. Ular Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu o`simliklarni bo`yi 5–40 (100) sm. Ildizi rivojlanmagan, ildiz poyali epifit holda yashaydigan o`simlik, ya`ni boshqa o`simlik tanasida substrat sifatida foydalaniladi. Ildizpoyalaridan novdalar o`sib chiqib, ular daraxt tanasida osilib turadi. Novdalar oddiy ba`zan dixotomik tarzida shakllanadi. Barglari lantsetsimon tuzilishiga ega. Poyaning ustki qismlaridagi vegetativ barglar orasida sporofillar bor. Ular ikkiga ajralgan bo`lib, o`rtasida ikkita sporangiy hosil buladi. Har ikkala qo`shilib sinangiyni hosil qiladi. Sporalari bir xil. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, tuproq ostida rivojlanadi.
Psilotum 2 turdan iborat bo`lib, ular yer Sharining tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. Bu o`simlik ham erda yoki daraxt tanasida epifit holda hayot kechiradi. Ildizpoyasidan dixototik Shoxlangan er usti novdalari chiqadi. Ular mayda barglar bilan qoplangan. Novdalarda sporangiylar uchtadan bo`lib, joylashgan. Ular o`zaro qo`shilib, sinangiylarni hosil qiladi. Gametofiti Yuqoridagi o`simlikka o`xshaydi.
. Moxsimonlar bo`limining umumiy tasnifi. Moxsimonlar eng sodda tuzilgan Yuksak o`simliklar bo`lib bu bo`limda 22000 – 27000 gacha (25000 ga yaqin tur, Pratov 2003) tur kiradi. Turlarning soni jihatidan Yuksak o`simliklar orasida gulli o`simliklardan keyin 2 chi o`rinda turadi. Moxsimonlarning tuzilish jihatidan xususiyatiga ko`ra suvo`tlariga o`xshashdir.
Birinchidan bu bo`lim vakillarining suvo`tlari singari o`tkazuvchi nay bog`lamlari va haqiqiy ildizi yo`q.
Ikkinchidan moxsimonlarning ayrim turlari misol uchun moxsimonlarning yer bag`irlab o`suvchi plastinka shakldagi vegetativ tanasi suvo`tlarining tallomiga o`xshash moxsimonlardan yog`ochlangan turlar deyarli uchramaydi. Va nihoyat ularning individual taraqqiyot davridagi umumiy o`xshashlik bularda ham suvo`tlar singari jinsiy gametofit naslning ustunligi hisoblanadi.
Moxsimonlar xilma- xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan to sovuq tundra zonasigacha uchraydi. Ayrim vakillari cho`l sharoitda ham uchraydi. Hattoki 4 km gacha chuqurlikda suv ostida ham uchratish mumkin. Ba`zi bir turlari botqoqliklarda, daraxt po`stloqlarida yopishqoq holda o`suvchi epifit vakillari ham mavjud.
Moxsimonlarning taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilardan yana biri pishib etilgan spora tarqalgandan so`ng undan qirqquloqsimonning o`sishidir.
s birlashadi:
1. Bu guruhda protonema sporadan tashkarida taraqqiy yetadi, ya`ni protonema ekzosporadan hosil bo`ladi.
2. Bu guruhda protonemaning boshlang`ich stadiyasi sporaning ichida, ya`ni endosperal taraqqiy etadi.
3. Bu oraliq guruhda esa protonema 2 etapda taraqqiy etadi: a. Bu etapning boshlang`ich holati sharsimon holatdagi birlamchi protonema, spora ichida shakllanadi. v. bu etapda esa spora po`sti chatnab, undan ikkilamchi protonema taraqqiy etadi.
Shunday qilib, sporadan protonemaning o`sib chiqishi moxsimonlarning taraqqiyot siklidagi alohida bir fazasi bo`lib, boshqa Yuksak o`simliklarda bu profaza uchramaydi.
Moxsimonlar orasida funariya-Funaria hydrometricaning protonemasi yaxshi o`rganilgan.
Ayrim moxsimonlarda protonema (sporagen maxsulotini hisobga olmaganda) barcha hayot siklini o`z ichiga oladi. Tabiatda gametofit hosil qilmasdan faqat protonema bilan yashaydigan moxlar ham ko`p uchraydi. Masalan, Evropa tog`laridagi o`sadigan patsimon sxitostega (schistostega penneta) moxida vegetativ tanasi Shoxlangan plastinkasimon protonemadan iborat. Bu moxning o`ziga hos xususiyatlaridan biri, uning protonemasi qorong`ida yorug`lik tarqatadi. Moxsimonlarda protonemaning asosiy roli Shundaki undan ko`p miqdorda gametofit hosil bo`ladi. U moxlarning chim hosil etishga sharoit yaratadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin