Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Riniofitsimonlar bo`limining sistematik tahlili



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə50/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Riniofitsimonlar bo`limining sistematik tahlili. Bu bo`lim riniopsida – Rhyniopsida deb ataluvchi bitta sinf hamda Rhynioles va Psilophytales deb ataluvchi ikkita qabilaga bo`linadi:
1. Riniyanamolar – Rhynioles qabilasi. Bu qabilaga tipik dixotomik shakllanuvchi o`simliklar kiradi. Ularning poyasi tuksiz bo`lgan. Ksilema qavati poyaning markazida joylashgan. Sporangiyalari uzunchoq va sharsimon bo`lgan va sporalari etilgandan so`ng sporangiyalar bo`yicha ochilib sporalar to`kiladi yoki chikadi.
Bu qabilaning eng qadimgi vakili – Cooksonia hisoblanadi. Ularning qoldiqlari keyinchalik Angliyadan tashqari sobiq SSSR da (markaziy Qozog`iston va G`arbiy Sibirda), Chexoslovakiyada, AQSHda topilgan.
Ular botqoqlik joylarda qalin o`tloqzorlarni hosil qilganlar. Bular orasida eng yirigi Rhynia major turi bo`lgan. Uning balandligi 50 sm, poyasining diametri 5 mm gacha bo`lgan.
2. Psilofitnamolar – Psilophytales qabilasi. Psilofitnamolar vakillari evolYutsiya prosessida biroz o`zgara boshlagan. Biroq ular riniyalarning eng qadimgi vakillaridan kelib chiqqan.
Bu turkum vakillari g`arbiy Yevropa, Ural, G`arbiy Sibir, Sharqiy Qozog`iston, Xitoy va Shimoliy Amerikadan topilgan.
Psilofitlar ham botqoqliklarda o`suvchi o`simlik bo`lib, riniyalarga nisbatan bir necha bor baland bo`yli bo`lgan. Ularning poyasi soxta monopodial tipda Shoxlangan bo`lgan va poyasining yo`g`onligi 5 mm ba`zilarida esa 9 mm gacha bo`lgan. Bularda ham ksilema markazda joylashgan. Sporangiyalar esa Shoxchalarini uchida joylashgan. Sporangiyali novdalari dixotomik Shoxlangan bo`lib, pastga egilgan holda bo`lgan.
Psilofitlardan tashqari bu oilaga pertika – Pyertica, trimerofit – Trimyerophyta turkumlari ham kiradi.
Bu bo`lim hozirgi paytda qayta o`rganilib chiqib, sporoginita, asteroksilon, psevdosporoxnus turkumlariga ajratilib, birinchi turkum moxsimonlarga, ikkinchisi plaunsimonlarga, uchinchisi esa qadimgi qirqquloqsimonlarga kiritilgan.
Bu bo`limni o`rganishdan maqsad nima?
Bu bo`lim vakillarini o`rganish Yuksak o`simliklarning evolYusion morfologiyasini ayniqsa, filogenezini o`rganishda katta ilmiy ahamiyatga ega.
Yuksak o`simliklar sporalarining kelib chiqishi va evolYusiyasi haqidagi telom nazariyasi uchun asosiy manba bo`lib hisoblanadi.
Shuning uchun ham moxsimonlar, plaunsimonlar, qirqbo`g`imsimonlar, qirqquloqlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan eng qadimiy guruh o`simliklaridir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin