Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Yuksak o`simliklar sistematikasining tarixi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə47/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Yuksak o`simliklar sistematikasining tarixi. Mashhur grek faylasufi va tabiatShunos olim Aristotel (yeramizdan avvalgi 384 – 322 yil) o`simliklarni o`rganish va ularni ko`paytirish bilan ham mashg`ul bo`lgan. U o`simliklar to`g`risidagi barcha ma`lumotlarni to`plab, Yuzdan ortiq o`simlik turlarini ta`riflab berdi.
Uning shogirdi Teofrast (yeramizdan avvalgi 371-286 y.) o`simliklar to`g`risida ma`lumotlarni yig`ib, o`z klassifikasiyasini yaratdi.
O`simliklar haqida, xususan ularning shifobaxsh xususiyatlari to`g`risida O`rta Osiyoda yashagan va jaxon faniga juda katta hissa qo`shgan buYuk mutafakkir olim Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) dastlab 1020- yilda nashr etilgan «Al-konun fit tib» ya`ni «Medisina konuni» nomli besh tomli asari fanning taraqqiy etishiga turtki bo`ldi. Bu kitobning ikkinchi qismi dori-darmon sifatida qo`llanadigan o`simlik, hayvon va mineral moddalarga bag`ishlanadi. 400 dan ortiqroq dorivor o`simliklar ta`riflanadi.
XVI – XVII asr tasviriy botanikaning gullagan davri bo`ldi, o`simliklar fondi 6 mingga etdi. O`simliklarga oid juda ko`p xilma-xil materiallar to`plandi va bu materiallarni ma`lum sistemaga solish va ularni klassifikasiya qilish barcha botaniklar zimmasiga tushgan muhim vazifalardan biri edi.
Shunday olimlardan biri K. Linney (1707-1778) ning asarlari sistematikani tez rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatdi. Sistematika sohasidagi dastlabki ma`lumotlari 1735 yil «Tabiatning sistematikasi» asarida bayon etilgan.
«O`simlik turlari» asarida Linney sistematikaga: 1) tur ong mahsuloti bo`lib, u tabiatdagi ob`ektiv hodisa ekanligini; 2) tur tirik tabiatning asosiy yashash formasi, uning real va boshlang`ich elementar birligi ekanligini belgilashni; 3) o`simliklarni tasvir etish texnikasini aniqlashni;4) sistematikaga binar nomenklaturani, ya`ni o`simlik nomlarini ikki so`z bilan, ya`ni turkum va tur nomlarini qo`shib birga atashni; 5) amalda foydalanishga qulay bo`lgan mavjud o`simliklarni guruxlarga ajratishni kiritib, sun`iy sistemani yaratdi.
1859 yilda ingliz olimi Ch. Darvinning (1803-1882) «Tabiiy tanlanish Yuli bilan turlaning paydo bo`lishi» degan asarining chop etilishi biologiya fanida katta ijobiy voqelikka sababchi bo`ldi. Shundan keyin sistematikaninng uchinchi davri filogenetik sistematika davri boshlandi.
Filogenetik sistemaning vazifasi - o`simliklarning rivojlanish, taraqqiyoti, kelib chiqishi, ko`p sonli o`simlik vakillarining o`zaro o`xshashlik, qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan evolYusion geneologiya sistemasini yaratishdan iboratdir.
Akademik A. A. Grossgeymning (1888-1948) sistemasi diqqatga sazovordir. U yangi va progressiv sistema bo`lib, shajara daraxti sistematikasining Shox-shabbalari kolleksiyasi bo`yicha qarab emas, ko`ndalangiga, yassi, tekis shaklda tasvirlarda bo`lib, u tabiiy sistematika deb nom oldi. Grossgeym sistemasi ilg`or ideali, progressiv sistema bo`lishiga qaramay, hozirgacha u filogenetik sistemaning dastlabki rejim shaklida edi.
Sankt-Peterburg universiteti professori, morfolog, sistematik va paleobotanik A. L. Taxtajyan hozirgi zamon fan Yutuqlariga asoslanib o`simliklar sistematikasini yaratdi. Qaysiki bu «Jizn rasteniy» 6 tomlik asarida to`liq ifodalangan. Sistematika fanining metodik negizi dialektik materializm ilmiy dunyoqarash bo`lishi bilan birga, tabiatni o`rganishning muhim ilmiy metodi hamdir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin