Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Sistematikaning ahamiyati



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə49/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Sistematikaning ahamiyati. Yaqin davrgacha botanikaning bu qismiga, ya`ni sistematikaga qoloq fanlardan biri deb qarab kelinardi. Sababi bu olingan materiallarni tasvirlash, aniqlash va u muzey kolleksiyasi sifatida saqlanadi, deb qaralar edi. Hozirgi zamon sistematikasi materiallarini tasvirlash va ularni kattalashtirish bo`lib qolmasdan boshqa fanlar bilan birga: evolyutsion morfologiya, sitologiya, genetika, biokimyo, ekologiya, biogeografiya va olingan materiallar matematik ishlab, ya`ni ma`lumotlarni olish va ularni avtomatlashtirish katta ahamiyatga ega. Bu esa taksonlar darajasida, ya`ni turdan to o`simlik olamigacha bo`lgan ma`lumotlarni olishga va ularni umumlashtirishga asosiy yo`llanma bo`ladi.
Riniofitsimonlar-Rhyniophyta bo`limi umumiy tavsifi
Riniofitalar Yuksak o`simliklar shajarasining asosiy tashkil etuvchi eng asosiy o`simliklaridir. Ularning vakillari selur davrining oxirlari va devon davrining boshlarida, ya`ni bundan 415 mln. yillar oldin quruqlikda paydo bo`lgan. Hozir esa faqat qazilma holida uchraydi. Kanadalik biolog Djeyms Doson 1859 yilda Kanadaning Chaeps yarim orolidan devon davrining qatlamlaridan Yuksak o`simliklarning eng primitiv qoldiqlarini topadi. Topilgan o`simlikning poyasi dixotomik Shoxlangan bo`lib, biroq barglarga ega bo`lmaydi. Dixotomik Shoxlarning uchlarida esa sporangiyalar bo`lgan. Sporangiyalar bo`lgan u paytda hali er osti organlari aniq bo`lmagan. Doson topgan o`simligiga Psilophyta rinceps deb nom berdi. Bu o`simlik o`sha davrda fanda ma`lum bo`lgan o`simliklardan keskin farq qilgan. Shuning uchun bo`lsa kerak, u o`sha davrdagi mavjud bo`lgan o`simliklar klassifikasiya sistematikasidan o`rin topa olmagan.
1912 yilning kuzida Shotlandiyaning Rayni qishlog`i yonidan geologiyaga qiziquvchi U. Makki degan vrach kremniyli toshlardan tashkil topgan jinslarning tarkibida o`simlik qoldiqlari yaxshi saklanganligini aniqlaydi. Makki o`zining to`plagan materialini o`rganish uchun Shotlandiyaning mashhur botanigi R. Kidstonga beradi.
1915 yilda Kidston professor U. Lang bilan birgalikda o`rganishga kirishib, o`sha material asosida beshta ilmiy ish nashr etadilar. Topilgan o`simlik Rayni kishlogidan topilgani uchun o`nga Rhynia deb nom beradilar. Bu o`simlik tashqi ko`rinishi oldinroq topilgan Psilophytalarga o`xshash bo`lgani uchun uni Psilophytales deb ataluvchi qabila tuzib, ikkinchi qabilaga kiritadilar.
Keyinchalik Rhynialar alohida qabila sifatida ajratilib olingan.
1937 yilda professor Lang kuksoniya-Cooksonia deb ataluvchi yangi turkumni aniqlaydi. Hozirgi vaktda bu bo`limning vakillari deyarli hamma materiklarda topilgan va 20 dan ziyodroq turkumni tashkil etadi. Shuning uchun bu bo`limni o`rganishga asos solgan Doson, Kidston va Langlar hisoblanadilar.
Riniofitsimonlarning ko`pchiligi sodda tuzilishi jihatidan suvo`tlarini tashqi tuzilishiga juda o`xshash bo`lgan. Tanasi haqiqiy poya, barglarga ajralmagan, ildizi ham bo`lmagan. Ularning er ustki organi uchki qismi ayrisimon bo`lgan va bu qism telom (gr. Telos-uchki) deyiladi. Er ostida esa ildizpoyaga o`xshash organlari bo`lib, u rizoid (gr. Rhizoma-ildizpoya) deb ataladi. Rizoid ildizpoyaning aksi bo`lib, haqiqiy ildizpoyadan farq qiladi. Chunki haqiqiy ildizpoya novdaning ikkilamchi o`zgarishidan hosil bo`lgan. Rizoid esa birlamchi hisoblanadi. Undagi rizoidlarni esa ildiz tukchalarining prototipi deyish mumkin. Telom va rizoid oralig`idagi o`rta qism mezoma (gr. Mesos-o`rta ) deyiladi.
Shunday qilib, riniofitsimonlarning sporafiti telom, mezom va rizoid deb ataluvchi birlamchi konstruktiv elementlardan tashkil topgan. Ularning sporalarini tuzilishi primitiv holatda bo`lgan o`tkazuvchi sistemasi zaif taraqqiy etgan bo`lib, tirik protostol holatda ksilema markazida joylashgan bo`lib, halqasimon, spiralsimon, ba`zan norvonsimon traxeyalarga ega bo`lgan. Biroq hali mexanik to`qimalari rivojlanmagan. Oz miqdorda sodda tuzilishli labchalari bo`lgan.
Riniofitlarning jinsiy ko`payishida telomining uchki qismida sporangiyalar taraqqiy etgan. Sporangiyalar sharsimon, uzunchoq, silindrsimon shakllarda bo`lib, uzunligi 1 mm dan to 12 mm gacha bo`lgan. Riniyasimonlar sporangiyalari oddiy stril novdalarida deyarli farq qilmaydi. Bu hol sporangiyalarning uchki novdalarining shakl o`zgarishidan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Sporangiyalarda sporalar taraqqiy etgan. Biroq riniofitlarning gametofiti haqida hali etarli ma`lumot yo`q.
Riniofitlar sernam joylarda, suv xavzalari atrofida, dengiz qirg`oqlaridagi kichik suvli joylarda, botqoqliklarda o`sgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin