Bazidiomitsetlarning foydali va zararli turkumlari ularning ahamiyati..
Bu sinf ko`p hujayrali mitseliyga ega bo`lgan yuksak zamburug`lardir. Ular mikroskopik va yirik meva tanali 30 minga yaqin turni o`z ichiga oladi. Bualr orasida parazit turlar va tuproqda yashovchi saprofit turlari mavjud. Shuningdek bu sinfga mansub zamburug`lar orasida daraxt ildizlarida mikoriza hosil qiluvchi qalpoqchali zamburug`lari ham bor. Saprofit zamburug`lar orasida yog`ochlikni emirib zarar keltiradigan uy zamburug`i singari turlari ham uchraydi. Ulardan tashqari ular lishayniklar tarkibiga ham kiradi. YAni suvo`tlari bilan hamkorlikda lishayniklar hosil qiladi. Jinsiy spora ekzogen yo`l bilan mahsus o`simta bazidiyada xosil bo`ladi.
Bunday sporalar hosil qiluvchi bazidiya 2 droli hujayradan iborat bo`ladi. Jinsiy organlar bo`lmaydi. Jinsiy jarayon 2 gaploid xromasomaning mitseliyli vegetativ hujayralarini o`zaro maxsulotlarining qo`shilishi orqali sodir bo`ladi.
Bir guruhida 1 tupdagi mitseliy gifalari o`zaro qo`shilsa, boshqalarda geterokorichniy xar xil jinsiy belgiga ega bo`lgan gifalar qo`shiladi. Dastlab faqat ularning tsitoplazmasi qo`shilib, yadrolari qo`shilmaydi. YAqinlashib dikorion hosil qiladi va sinxron bo`linadi. Mitseliy Shunday holda uzoq yashashi mumkin. Bularning ko`pchiligida mitseliy ko`p yillik bo`ladi.
Dikarionli gifalarning uchida ikki yadroli hujayralarda bazidiya hosil bo`ladi. bazidiyalarning har birida 2 tur bazidiya spora hosil bo`ladi. sporalar bazidiya o`simtalarning ustida hosil bo`ladi. Ayrim turlarida bazidiya va bazidiya spora to`g`ridan-to`g`ri mitseliyda hosil bo`ladi. Bunday hol ko`proq meva tanalarda yoki ularning ichida kuzatiladi. Sporalarning tarqalishi faol boradi. Otib tarqatadi o`simtasini. Br necha mm ga otilgan sporalar keyin havo oqimi orqali tarqaladi. Yopiq meva tanali gastromitsetlarda esa meva tana emirilishi natijasida tarqaladi. Meva tanasi dekariofimitselliydan iborat turlarida taraqqiyot jarayonida dikoriofitmitseliy ustunlik qiladi. Bularda gaploid faza qisqa. U bazidiyaspora va mitseliydan iborat. Konidiya spora hosil qilish ularda kam kuzatiladi. Meva tanalar turli shaklda bo`lib, g`ubor yog`ochsimon, etli yumshoq, bandli va qalpoqchali, plonka yoki boshqa ko`rinishlarda bo`ladi. spora hosil qiladigan qatlam gimeniy deyilib, sodda turlarida meva tana ustida yuksak turlarida meva tana ostida joylashgan bo`ladi.
Gimeniy bularda bazidiy va parofizadan iborat bo`ladi. Meva tananing gimeniyga ega bo`lgan yuzasi gimenofora deyiladi. Tuban turlarida u silliq yuksak turlari gimenofor tishlar, naylar, plastinkalar ko`rinishida bo`ladi.
Bazidiya tuzilishiga ko`ra, to`g`nog`ichsimon bir hujayrali polobazidiya 2-guruhlarida bazidiya ikk qismdan ostki gipobazidiya ustki epibazidiya.
Buni geterobazidiya deyiladi. 3-si da bazidiya ko`ndalang to`siqlar bilan 4 ga bo`lingan bo`ladi.
Xolobazidiomitsetlar sinfchasi. Bu sinfcha bazidiyasi 1 hujayrali to`g`nog`ichsimon, tsilindrsimon ko`rinishda bo`lgan turlarni birlashtirgan. Bu sinfcha bazidiyasining joylashuviga ko`ra ekzobazidiyakabilar, gimenomitsetkabilar guruh tartibi va gasteromitsetlar tartiblariga bo`linadi.
Gimenomitsetlar guruh tartibi. Bu guruh bazidiyali zamburug`lar orasida tur soni jihatidan ham eng katta bo`lib, 12 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi. Bularni mitseliylari tuproqda daraxtda bo`lib, meva tana yuzasida joylashgan. Va uni zamburug` deb yuritiladi. Belar uchun eng xarakterlisi meva tanasi parofiza va bazidiyadan tarkib topgan gimeniol qatlamning bo`lishidir. Meva tana yuzasida gimeniol qatlamni o`rab turuvchi ginofor deyiladi. Meva tanalar hajmi, shakli , rangiga ko`ra xilma-xildir. Meva tana qo`ng`ir sarg`ish rangda bo`lib, daraxtlarda osilgan holda bo`ladi. gimen yuzasida shohlangan tik o`suvchi, tuproqda yoki chirik daraxtlarda osilgan holda bo`lsa, ranggi oq sarg`ish bo`ladi. uchinchi xillarida meva tana qoplovchi va oyoqchadan iborat bo`ladi. Kattaligi eni 40-50 sm, gimenoforlar ham har xildir. Birida silliq yoki skladsimon ko`rinishda boshqa birlarida yoki naysimon.
Yuqorida sanab o`tilgan oilalar afilloforakabilarga mansubdir. Eng ko`p tarqalgan gimenofor bu plastinkasimondir. Bu xili agarikkabilarga mansub zamburug`larga xosdir. Meva tana evolyutsiyasida gimenofor joylashuvi ham ahamiyatlidir. Gimenomitsetlarning bir guruhida gimeniy boshlanishidanoq ochiq bo`ladi. boshqa birlarida boshlang`ich davrdan boshlab qoplag`ich bilan o`ralgan. Bazidiyasporalar etilganda ochiq bo`ladi. Qalpoqchali zamburug`larda 2 xil qoplag`ich bo`ladi. 1-meva tananing hamma qismini qoplab oladi. YOshligida meva tana oyoqchalari o`sishi bilan qoplovchi yirtiladi va stida kosasimon ko`rinishdagi qattiq holda qoldiq qoladi. 2-qoplag`ich meva tanani qoplag`ichlari qirg`og`ida qalpoqcha joylashgan gimenoforali gimeniyni o`rab oladi. Sporalar etilganda bu qoplag`ich ham uzilib undan xalqa shaklidagi qoldiq qoladi. Demak har 2 qoplag`ich ham yosh meva tanani turli tasirlardan himoya qilishga ixtisoslashgan.
Afilloforakabilar tartibi. Bularning meva tanasining tashqi qiyofasi, ichki tuzilishi xilma xil bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bularda bazidiya bo`linmagan to`siqsiz gimenofor xilma xil, plastnkasimon bo`lmaydi. Bularning ko`pchiligi saprofit, Shuningdek parazit turlari mikoriza osil qiluvchilari ham bor. Mitseliysi tuproqqa yog`ochlikka botgan holda bo`ladi. mitseliy gifalari ko`p lekin ingichka rangsiz yoki biroz rangli. Mitseliy hosil bo`lgandan keyin ir necha oy yoki undan keyin meva tana hosil bo`ladi. meva tanasi tik o`suvchi to`pog`ichsimon, tsilindrsimon yoki Shoxlangan. Meva tananing qolgan qismi gimeniy bazidiyaspora hosil qiluvchi bazidiya bilan qoplangan. Qalpoqchaning ostki qismida gimenofor joylashgan. U har xil o`simtali bo`lib, bazidiyaspora hosil qiluvchi satxini kengaytiradi. Gimenofora shakli ko`proq naysimon bazidiyaspora ikki tur, 6-8 bo`ladi. Tartib 1000 turga ega, ko`pchiligi tuproqda, barg to`shalmalarida o`simlik qoldiqlarida saprofit holda yashaydi. Parazitlari kam.
Po`kakdoshlar oilasi. Bularning ko`pchiligi daraxtlarni emiruvchi zamburug`lardir. Bularning mitseliysi tirik yoki o`lik yog`ochlikda rivojlanadi.
Agarikkabilar tartibi. Bularning meva tanasi yumshoq etli bo`lib, markazida oyoqchasi va Yuqori qismida qalpoqchasi bo`lishi bilan xarakterlidir. Faqat daraxtlarda yashovchi turlaridagina oyoqcha yon tomonda bo`lib, qalpoqcha hosil qilmaydi. Tog`aysimon bo`ladi, ayrimlari o`troq, oyoqchasi bo`lmaydi. Gimenofor plastinkasimon, ayrimlarida naysmion, bunga 13-16 oila kiradi. Ularning sistemasi, spora ranggi gimenofora ranggi, qoplag`ichlarning bo`lishi yoki bo`lmasligi plastinkaning oyoqchaga nisbatan olan o`rnini asos qilib lingan. Plastinka gimeniy yuzasi bazidiya sporali bazidiya va profazadan iborat bo`ladi. ular tuproqda saprofit holda yashaydi. parazitlari kam ayrimlari mikoriza hosil qiladi.
Agarikdoshlar - oila 13 turkumga ega bo`lib. Bularda ham qisman qoplag`ich bo`ladi. qalpoqchalari kattaligi va shakli turlicha bo`ladi. umumiy qoplag`ich ayrimlarida bo`lsa, boshqa birlarida rudiment holda yoki mutlaqo bo`lmaydi. Sporasining rangi ham turlicha, oq, Yashil, sariq, pushti, binafsha, ular turli tuproqda, qumda o`rmonda, dashtda, qumli cho`lda, issiqxona va dalalarda tarqagan. Bazi birlari o`simlik qoliqlarida va tirik o`simlikarda yashaydi. bularning ko`pchiligi kosmopolit. Ular orasida yaxshi istemolga yaroqlilari bilan birga o`ta zaharli turlari ham bor. Tabiatda va inson hayotida ahamiyatli turkumlarga agarikus, makrolspiota, lepiota, sidoermalarni kiritish mumkin.
Shampion turkumiga mansub zamburug`lar o`rmon pichanzorlarida organik moddalarga boy bo`lgan nam tuproqlarda halok bo`lgan o`simlik tuproqlarida uchraydi. Umuman turkum turlari kosmopolit 90 turdan 2 turi zaharli. Lekin bu turlar bizda uchramaydi. Qolgan barcha turlari istemolga yaroqli.
A.bisporis turi sanoat ahamiyatiga ega bo`lib kata maydonlarga ekiladi. Oddiy shampion 2 sporali shampion turlarida organizmda hazm bo`ladigan 39,06 - 46,5 % ga qadar oqsil bo`ladi. Shuningdek, bulardan antibiotiklar ham ajratib olingan. Meva tanasining kattaligi 3-5 - 20-25 sm ga qadar. Qalpoqchasining yuzasi silliq, tangachali, tolali, etli bo`ladi. oyoqchasi markazda joylashgan. Plastinkasining rangi ulg`ayib borishi bilan sprasining rangiga ko`ra o`zgarib boradi. Oqdan qoraga. Uning turlari orasida eng ahamiyatlisi 2 sprali shampiondir. U ko`p mamlakatlarda qishloq xo`jalik ekilari qatoridan o`rin olgan. Bundan 30 yil oldin Italiyada ekinlan. Hozir 30 dan ortiq mamlakatlarda ekiladi.
Gostyumitselar guruhi tartibi. Bularda meva tana spora etilgunga qadar to`liq yopiq bo`ladi. sporalar meva tananing po`sti yorilishi va bazidiyadan sporalarning ajralishidan keyin tarqaladiyu ular deyarli tuproqda yashovch saprofitlardir.
Bulardan likoperdon perlatum Antarktidadan boshqa hamma joyda uchraydi. Bovista, kolvatsiya, devstrum va boshqalar o`rmonda o`tloqlarda pichanzorlarda, dasht va cho`llarda tarqalgan. Ayrimlari mikoriza hosil qiladi. Bazi birlari daraxt ildizlarida parazitlik qiladi. Mitseliylari ko`p hjayrali sershoh mitseliysida kattiligi 1-10 sm ga etadigan meva tana hosil qiladi, vazni 12.5 kg ga etadi.
Lekin gigant dojdevikni 1967 yil sh.Amerikada topigan. Meva tanasining bo`yi 1,6, kengligi 1,35 ekanligi aniqlangan. Bunday meva tanalar kam topiladi. Umuman o`rtacha vazni 1-3 kg, diametri 25-30 sm atrofida bo`ladi. Shunday yirik meva tanalar felloriniya, batereya, bovosita turkumlarida ham uchraydi. Meva tanasining yirikligi jihatidan zamburug`lar orasida bu tartibga teng keladiani yo`q. Meva tana po`sti ularda peridiy deyilib, u 1 yoki ko`p qavatli bo`ladi. Ko`p qavatli bo`lsa ekzoperidiy va endoperidiy deb farqlanadi.
Ekzoperidiyning yuzasi silliq soqolchalar bilan qoplangan. Tangachalari yulduzsimon o`simtali bo`lishi mumkin. Meva tananing ichk qismi gleboy deyiladi. yosh meva tanada gleboy oq, kulrang, ulg`aya borishi bian qo`ng`ir, jigarrang va boshqa to`q rangga kiradi.
YOsh meva tana g`ovak bo`lib, asta sekin bo`shliq kamera hosil qiladi. Kameraning yuzasi gimeniyadan iborat bo`lib, unda turli shakldagi bazidiyalar hosil bo`ladi. Bazidiyada esa sporalar vujudga keladi. Spora hosil qiluvchi meva tana ichida turlicha bo`ladi.
Lakunar tipi - Kamerasimon tip. Bunda birlamchi to`qima tabaqalashmagan holda yopiq kamera holda bo`ladi. Bazidiyalar tartibsiz jolashadi.
Korallosimonlar tipi. Bunda gleba markazida mevasiz qismi bo`ladi va bunda qirg`oq bo`ylab korallosimon bo`shliq ketadi. Unda bazidiya sporalari bilan joy oladi.
Ko`p qalpoqchali tip. Bunda glebaning spora hosil qiluvchi qismlari meva tananing bir necha joyida hosil bo`ladi.
Bir qalpoqchali tip. Bunda glebaning 1-kamerasi halqasimon bo`ladi.
Xeterobazidiomitsetlar sinfchasi. Bular bazidiyasining ko`p hujayrali bo`lishi bilan harakterlanadi. Ular orasidagi bazidiya sporasi 1 va ko`p hujayrali bo`ladi. ko`p hujayrali spora faqat shu sinfga mansub zamburug`lar uchun os. Bularning ko`pchiligi chiriyotgan yog`ochlarda saprofit holda, ayrimlari boshqa zamburutg` meva tanalarida parazitlik qiladi.
Bular ekvatordan to Arktikaga qadar keng tarqalgan.
Aurikulyariales tartibi. Bularning bazidiyasi uzun tsilindrsimon bo`lib 3 ko`ndalang to`sig`i bor. Meva tanalari ko`rik qalpoqchali, etli to`g`nog`ichsimon va boshqa ko`rinishda bo`ladi. bular 3 oiladan iborat bo`lib, meva tanalari juda o`xshash. Bu o`xshashlik ularni parallel holda evolyutsiya qilganligidan dalolat beradi. Bu tartib 3 oiladan: septobazidiyadoshlar, flegemdoshlar, aurikulyardoshlardan iborat.
Septobazidiyadoshlar oilasi. 200 turga ega bo`lib, 2 turkumdan tashkil topgan.
Septobazidio turkumii 180 turni o`z ichiga oladi. Bular o`simliklarning jarohatlangan joylarida parazitlik qilib yashaydi. meva tanalari plyonkasimon bo`lib, o`simlik bargi va novdalarida kuzatiladi. Ularning ostida zararlangan yoki zararlanmay qolgan hasharotlarni kuzatish mumkin. Meva tanasi ayrim turlarida 15 sm ga etadi, ko`p yillik. Bular hasharot jarohatlangan joyiga birikib yashaydi. gifalari substratga kirmaydi. Uning ostida qolgan hasharot shikaslanadi. Sog`lom qolgani ham normal ko`paya olmaydi. Bularda o`sish erta bahorda boshlanadi to kuzgacha davom etadi, gimeniy hosil qiladi, qish oldida profazidiy hosil bo`lib, qishni tinim holida o`taydi. Bahorda bazidiyaga aylanadi. Sporalar hosil qilish ko`proq may oylariga to`g`ri keladi.
Uredinella turkumi. Bu 1 turkumga ega. U 1 yillik organizm bo`lib, shiralarda parazitlik qiladi. Meva tanasi kichik dog` shaklida bo`lib, eni 1,5 mm ga etadi.
Teliosporamitsetlar sinfchasi.
Bu sinfchaga mansub zamburug`larning bazidiyasi tinchlik davrini o`tagan qalin po`stli hujayra teliosporadan hosil bo`ladi. rivojlanish jarayonida teliospra qishdan o`tish, yani noqulay sharoit o`tash vazifasini o`taydi.
Sinfcha 2 tartibda: qorakuyakabilar va zangkuyakabilardan iborat. Bularning hammasi yuksak o`simlik parazitlaridir.
Qorakuyakabilar. Bu 40 turkum, 1000 turga ega bo`lib, xo`jayin o`simliklarining ko`p organlarini zararlaydi. Vegetativ va gul organlari kurtak,barg, poya, kosabarg, urug`chi va changchilarni, meva va urug`chilarni, bazan ildizlarni ham zararlaydi. Zararlangan organlar qora ko`mirga o`xshash krinish oladi. Shunga ko`ra qorakuya zamburug`lari deyiladi. Bular arktikadan tropikagacha bo`lgan hamma joyda, yuksak o`simliklar tarqalgan erlarning hamma qismida uchraydi. Ular bilar zararlanish 19-asrning o`rtalarida ani bo`ldi. Masalan: bug`doy toshkuyasi sporasi 25 yil, arpa toshkuyasiniki 23 yilga qadar hayotchanligini saqlagan. Har bir spora o`sib o`simlikda mikromitseliy hosil qiladi va unda bazidiospora etiladi. Meva tana hosil qilmaydi. Sporasi diploid. Unish oldidan meyoz jarayonidan so`ng bazidiyasporasi gaploidli bo`lib qoladi.
Sporadan kichikligi, yupqa po`stli bo`lishi bilan bazidiyaspora farqlanadi. Qorakuya sporasi promitseliy bilan birga bazidiya deb yuritiladi va Shunga ko`ra ular bazidiomitsetlar sinfiga kiritilgan. Bular geterotanpichno. YAngi nasl hosil qilish o`zaro o`xshash, lekin fiziologik jihatdan farqlanadigan bazidiosporalar yoki mitseliylar hujayrasi qo`shiladi. Ular har xil jinsli bo`lishlari lozim. Ayrimlarida bazidiyalardagi bazidiyasporalar qo`shilsa, boshqalarida bazidiyalar bilan to`kilgan bazidiyasporalar yoki bazidiyasporadan hosil bo`lgan mitseliylar qo`shiladi.
Dastlab ularning plazmasi qo`shiladi. YAni tsitoplazmalari yoki mitseliy plazmalari, yadrolari qo`shilmaydi. Buni plazmogomiya deyiladi. 2-bosqichda qorakuya sporalari etilishi bilan kariogamiya sodir bo`ladi. natijada u diploidli bo`lib qoladi. Plazgamiyadan parnogamiyaga qadar mitseliy o`sishda davom etadi. Shunday qilib har bir mitseliy hujayrasi 2 yadroli bo`lib qoladi. Jinsiy jarayondan keyin 2 yadroli mitseliy xo`jayin o`simlikni zararlay boshlaydi.
Zangkuya zamburug`lari- bular ham ko`pchilik o`simliklarda parazitlik qiladi. Ularning belgisi dog`lar, chiziqlar krinishidagi zangli qo`ng`ir ranglardir. Shunga ko`ra ular zangkuya zamburug`lar deyiladi. Bu kasallik haqida eramizdan oldin ham malumot bo`lgan. Misrda g`alla o`simliklar shu kasallikka uchragani haqida malumotlar bor. Ular uchun harakterlisi, shakli va xarakteri xar xil bo`lgan sporlar hosil bo`lishidir. Sporalar 1 xo`jayinli bo`lsa, bir o`simlikda, ko`p xo`jainli bo`lsa, turli o`simliklarda hosil bo`ladi.
O`simlikda bu kasallik uning bir qismida 1 sporaning tushib qolishidan boshlanadi. Ayrim turlarida zamburug` mitseliysi o`simlikning hamma qismini qamrab olishi mumkin. Bularda sporalarning umumiy holda tarqalishi ham xarakterlidir. SHamol yordamida tarqalib, o`simliklarga sporalarini tushib qolishi ular tarqalish manbini ko`payishiga olib keladi. Sporasidan hosil bo`lgan o`suvchi naycha og`izcha orqali to`qimaga kiradi va mitseliysi o`sib, o`simlikning ichki to`qimalariga kiradi. Gifasi hujayra oraliq bo`shliqlariga tarqaladi va hujayra ichiga kirgan gaustoriya orqali aloqada bo`lib turadi.
Gaustoriyaning o`simlik tsitoplazmasi bilan boriladigan oxrgi qismida po`sti bo`lmaydi. TSitoplazma membranasi bo`ladi xolos. Bularning hayotiy jarayoni bilan tanishishni chiziqli zang zamburug` bilan ko`rish mumipn. U madaniy va yovvoyi g`alla o`simliklarida parazitlik qiladi. YOpasiga tarqalganda bu zamburug` hosil ni 100 % yo`qotishi mumkin.
Sporalar etilganda etsidiy po`sti yorilib sporalar tarqaladi va 2 yadroli mitseliy hosil bo`ladi. uning keyingi rivojlanishi uchun etsidiy spora g`alla o`simlilariga tushishi shart. Bunda hosil bo`lgan spora 2 yadroli bo`lib, yozgi va yorodispora deyiladi. Sporalar barg, poya, epidemmasi ostida hosil bo`ladi. spora 1 hujayrali tuxumsimon bo`lib, rangsiz oyoqchada joylashgan. yozgi spora hosil bo`lishi yoz davomida bir necha bor takrorlanadi. Sporalar shamol yordamida boshqa g`alla o`simliklariga tarqaladi. U o`simliklarda zang kasalligini hosil qiladi.
Teleystisporaning har bir hujayrasi bazidiyada rivojlanadi. Bazidiya 4 to`siq bilan bo`linadi. Uning har birida rangsiz o`simta hosil bo`ladi va uning oirida esa bazidiyaspora hosil bo`ladi. u gaploid yadrolidir. Zamburug`ning yana rivojlanishi uchun zirk bargiga borib tushishi kerak. Unga tushgan bazidiyasporadan yana pikmidiy hosil bo`ladi va shu tartibda ularning rivojlanishi davom etaveradi.
Peknidiy va unda peinspora
tsidiy va unda etsidiospora
Uredostatsiya, uredospora
Teleitostatsiya, teleitospora
Bazidiya, bazidiospora zamburug` rivojlanishida 5 xil spora hosil bo`lishi kuzatilgan.
Savollar
Sinfga kiruvchi zamburug`larning tarqalishi, kelib chiqishi.
Sinfning sistematikasi, xolobazidimetsetlar, xeterobazidiomitsetlar va teleobazidiomitsetlar sinfchalari.
Gimenomitsetlar, gastromitsetlar guruh tarkiblari, ularni afillaforakabilar, agarikkabilar, gastromitsetkabilar tartiblari va ularning tavsifi.
Aurikulariyakabilar, qorakuya kabilar, zangkuyakabilar tartiblari, ularning tavsifi, rivojlanishining o`ziga xosligi.
Bazidiomitsetlarning foydali va zararli turkumlari ularning ahamiyati.