7-Mavzu: Plauntoifalar (Lycopodiophyta) va psilofittoifa bo‘limi Reja: 1. Plauntoifalar bo`limining umumiy xarakteristikasi.
2. Plauntoifalar bo`limining sistematik tavsifi va biologik xususiyatlari.
3. Polushniksimonlar sinfining umumiy xarakteristikasi. Selagenellanamolar qabilasi tavsifi.
4. Polushniknamolar qabilasi vakillarining morfologik anatomik va sistematik xarakteristikasi
5. Psilottoifalar bo`limi vakillarining biologiyasi.
1. Plauntoifalar bo`limining umumiy xarakteristikasi. Plauntoifalarning yer sharida mingdan ortiq turlari tarqalgan. Shundan sobiq ittifoq territoriyasida 24 ta turi uchraydi. O`zbekistonda esa bu bo`limning vakillari uchramaydi.
Plaunsimonlar ham Yuksak o`simliklarning eng qadimgi vakillaridan bo`lib, ularning qoldiqlari fanga silur davridan aniqlangan. Ular paleozoy yerasining toshko`mir davrlarida yaxshi taraqqiy etgan. O`sha davrlarda daraxtsimon qirqbo`g`imlar va daraxtsimon qirqquloqlar bilan birgalikda plaunlarning ham daraxtsimon vakillari katta o`rmonlarni tashkil etgan.
Hozirgi paytda er sharida tarqalgan plaunsimonlar esa hammasi o`tchil o`simliklardir. Ular tipik ildizpoya va barglarga ega bo`lishi jihatidan moxsimonlar va riniofitlar morfologik strukturasidan farq qiladi.
Plaunlarning ildizi dixotomik Shoxlangan ko`shimcha ildizdan tashkil topgan. Ayrim vakillarida ildizpoya va rizofora deb ataluvchi qo`shimcha ildizpoya bo`ladi. Poyasi tikka o`suvchi, ayrimlarida esa yotib o`suvchi bo`lib, dixotomik Shoxlangan.
Barglari oddiy, ba`zilarida uchki qismi biroz ayrisimon va bir tomirli bo`ladi. Ko`pchilik vakillarida barg joylashishi spiral holda, ayrim vakillarida qarama-qarshi va xalqasimon barg joylanishini kuzatish mumkin.
Ayrim plaunlar bargining ostida ligula deb ataluvchi tilchalari mavjud.
Plaunsimonlarning bargini kelib chiqishi bilan tanishganimizda, ularda barglar o`k organlarida paydo bo`lgan o`sma enasiyalaridan taraqqiy etgan. Enasion barg yoki filloid deb ataluvchi plaunlarning bargi boshqa Yuksak o`simliklarning bargini kelib chiqishidan tubdan farq qiladi.
Plaunlarda barglari juda kichik (mikrofiliya) bo`ladi. Faqat bizgacha etib kelgan Lepipododendron deb ataluvchi daraxtsimon plaunlarda bargining uzunligi 1 metrgacha bo`lgan. Plaunsimonlar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payish yotib o`suvchi poyasi va yer osti poyasi yordamida boradi.
Jinssiz ko`payishda sporali boshoqlar hosil qiladi. Ular sporafillardan tashkil topgan bo`lib, ular ba`zi vakillarida vegetativ bargchalarga o`xshash bo`ladi yoki ayrimlarida esa shakli, kattaligi, rangi jihatidan vegetativ barglardan farq qiladi.
Plaunsimonlar orasida teng sporali va har xil sporali vakillari mavjud. Har xil sporali vakillarining bargchalarida tilcha hosil bo`ladi.
Teng sporali va har xil sporali plaunlarning gametofitlari ham bir- biridan farq qiladi. Teng sporali plaunlarning gametofiti birmuncha yirik 2-20 ml gacha bo`lib, ikki jinsli etdor, sporafit yoki yarim sporofit holida hayot kechiradi va 1-15 yilda etiladi. Har xil sporali plaunlarning gametofiti esa kichik, ya`ni makro va mikro spora po`stidan ozgina tashkariga chiqib bir nechta hujayralarni hosil qiladi. Bir jinsli spora tarkibidagi ozuqa xisobidangina oziqlanadi va bir necha hafta mobaynida etiladi.
2. Plauntoifalar bo`limining sistematik tavsifi va biologik xususiyatlari.Plaunlarni klassifikasiya qilishda sporafitning teng va har xil sporaligi, morfologik tuzilishi, gametofitining tuzilishi asos qilib olingan. Shunga ko`ra bu bo`lim 2 ta sinfga bo`linadi:
Plaunsimonlar - Lycopodiopsida.