Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Plaunsimonlar sinfi 3 ta qabilaga ajratiladi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə54/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Plaunsimonlar sinfi 3 ta qabilaga ajratiladi:
1). Asteroksilonnomolar -Astyeroxylales
2). Plaunnomolar - Lycopodioles.
3). Protoletdodentdronnomolar - Protolepidodendrales.
Bu uchala qabila vakillari teng sporali bo`lgan.
Polushniklar sinfi ham uchta qabilaga ajratiladi:
1. Selaginellanamolar- Selaginellales
2. Lepidodendronomolar- Lepidodendroles
3. Polushniknomolar-Isoetales.
Polushniklar sinfi vakillari har xil spora hosil qilib ko`paygan .
Asteroksilonnomalar- Astyeroxelales qabilasi 1ta asteroksilondoshlar oilasi va 2ta turkumga:
1)Asteroksilon - astyeroxelon
2) Sxizepodium - Schizopodiom ga ajratilgan. Har ikkala turkum vakillari bundan 400 mln yillar oldin qirilib ketgan. Asteroksilon turkumi plaunlarning eng primitiv va qadimgi gruppasi bo`lib, ularni yaqin vaqtlargacha riniofitlar bo`limiga kiritganlar. Biroq poyasining sifonostelik tuzilishi, barglarini mavjudligi va u poyasini zich qoplab olganligi hozirgi plaunlarni tuzilishini eslatadi.
Asteroksilon o`tchil o`simliklar bo`lgan va er usti hamda yer osti organlariga ajralgan. Yer ustki organlaridan poyasi tikka o`suvchi bo`yi 1 metrgacha bo`lgan. Ba`zan dixatomik yoki dixopodiol Shoxlangan. Yon novdalari ko`p marta dixatomik Shoxlangan, barglari juda mayda bo`lgan, barg va poyalarida labchalar joylashgan.
Labchalarning funksiyasi nimadan iborat bo`lgan?
Yer ostida dixatomik Shoxlangan rizoidlari bo`lgan. Biroq rizoidlarda hali ildiz tukchalari bo`lmagan. Ksilemasi Yulduzsimon shaklga ega bo`lgan. Turkumning nomi ham Astyeroxxellon ( grekcha astyer-Yulduz, xylon-daraxt yoki yog`och) degan iboradan olingan.
Poyasining asosiy qismini (diametrining 4\5 ni) po`stloq parenhimasi tashkil etgan. Uning o`rta qismida po`kaksimon havo saqlovchi kanalchalari mavjud bo`lgan.
Poyasini va rizoidlarini po`stlog`ida zamburug` gif va sporalari topilganligi ularni zamburug`lar bilan simbioz hayot kechirganligidan dalolat beradi.
Asteroksimonlarda sporangiy poyasining uchki qismidagi bargsiz dixatomik Shoxchalarida taraqqiy etadi.
Sporangiysi 1 mm gacha uzunlikka ega bo`lib, tashqi tomonidan ko`p qavatli po`st bilan qoplangan bo`lgan. Sporalari bir xil kattalikda bo`lgan.
Protolepipodendronnomolar- Protolepidodendroles qabilasi. Bu qabila vakillarining qoldiqlari ham Yuqori silurdan to pastki va o`rta devongacha topilgan ular ham o`tchil o`simliklar bo`lgan boshqa plaunlardan asosan ayrisimon Shoxlanganligi bilan farq qiladi.
Dreponofikus – dreponophycus, turkumi . Bu turkum vakillari Evrosiyo va SHimoliy Amerikaning devon davridan aniqlangan. Poyasi 60-70 sm balandlikka ega bo`lgan va dixatomik Shoxlangan. Ignasimon barglari asteroksilonlarni barglariga o`xshash bo`lgan. Sporangiyasi bargining ustki tomonida joylashgan bo`lgan.
Protolepidodendron turkumi – Protolepidendron.
Bu turkum vakillarining qoldiqlari ham Evroziyadan pastki va o`rta devon qoldiqlaridan topilgan. Poyasining balandligi 25-40 sm bo`lgan. Ular ham dixatomik Shoxlangan. Barglarini ustki qismi dixatomik Shoxlangan bo`lib ular poyada spiral holda joylashgan. Barglari to`kilgandan so`ng poyada «yasmiqsimon» iz qoldirgan. Bu jihatidan ular lepidodendronlarga o`hshab ketadi.
Yer ostida esa gorizontal o`suvchi ildizpoyasi bo`lgan. Sporongiyalari sporofillarning ustki tomonida va asosiga yaqin joylashgan bo`lgan. Biroq hali spora boshoqlari bo`lmagan. Sporofillari vegetativ barglaridan deyarli farq qilmagan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin