Ildizlarning shakli va harakterli xususiyati. Er tagidagi ildizlarning ko‘pchiligi ipsimon yoki jilvirsimon shaklda bo‘ladi. Bundan tashqari, tabiatda ildizlar shaklini o‘zgartirib konussimon (sabzida), sholg‘omsimon (sholg‘om va lavlagida), tugunaksimon, ya’ni cho‘ziq yog‘onlashgan (ildiz g‘uddalari, kartoshkagulda) bo‘ladi. Asosiy ildiz taraqqiy etgan bo‘lib, bo‘yi va yog‘onligi boshqalardan kattaroq bo‘lsa bunday ildiz sistemasi o‘q ildiz deb ataladi. (dukkakliklar oilasiga kiruvchi beda yoki no‘xat va boshqalarda). Asosiy ildiz kuchsiz taraqqiy etgan yoki mutlaqo taraqqiy etmagan hamda boshqa yon ildizlar bilan qo‘shimcha ildizlardan ajralib turmaydigan bo‘lsa bunday ildiz sistemasi patak ildiz yoki popuk ildiz deb ataladi.
Ildizning poyadan ajratib turadigan eng harakterli farqi shuki, ildizda barglar, hatto ildiz poyalari doim bo‘ladigan va reduksiyalanib qobiqlar holiga kelgan barglar ham bo‘lmaydi. Ildizlar uchida ildiz qini bo‘lishi ham ular uchun ham harakterlidir.
Ildiz tukchalari yosh ildizning oxiri ildiz uchidan bir oz Yuqoriroqda ildiz tuklari bilan zich qoplangan bo‘ladi. Ildiz tuklarining asosiy vazifasi substratdan suv va oziqli tuzlarni yutishdir. Shunday tuklar borligidan ildizning so‘ruvchi yuzasi 3 barovardan to 40 baravargacha ortadi. Ildiz tuklari ko‘pgina suv botqoqlikda o‘suvchi kalujnitsa, trilistnik va nilufarlarda yoki butunlay deyarli bo‘lmaydi.
Ildiz sistemasining rivojlanish darajasi. O‘simlik urug‘idan rivojlanib kelayotgan dastlabki davrlarda ildiz sistemasi er ustki qismlariga qaraganda xiyla kuchliroq rivojlanadi. Umuman juda ko‘p o‘simliklar tanasining er ustidan massasi qancha bo‘lsa, er ostidagi massasi ham xuddi Shuncha, balki u erdan ortiqroq ham bo‘ladi.Misol uchun kovak ildizlarning umumiy uzunligi taxminan 25 km har kuni o‘rta hisob bilan 300 m o‘sadi. Issiq xonada o‘stirilgan qora bug‘doyda 1,2 va 3 tartibdagi ildizlarning uzunligi 180km, 4 tartibdagi ildizlovchi qo‘shilgandan keyin esa 623 km ga boradi. Mana shu o‘simliklar jami ildizlar bir necha kunduzda o‘rta hisob bilan 5 km va o‘sa oladi.
O‘simliklarning ildizi ekologik sharoitiga ko‘ra juda chuqur joylashadi. M.Bosh karam ildizlarning bo‘yi,1,5 m,piyoz ildizlarning bo;yi taxminan 1 m, yantoq ildizining bo‘yi soz tuproqlarda 20 m chuqurlikka etadi.
SHimoliy o‘rmon zonasidagi, juda kam bo‘lib etadigan bo‘z tuproqdagi o‘t o‘simliklari ildiz sistemasining ko‘p qismi tuproqning eng ustki qatlamlariga ( o‘n-o‘n besh ) sm chuqurlikda turadi. O‘rmon dasht va dasht zonalarida qora turoqli erlarida ildiz sistemasining ko‘p qismi 15-20 sm chuqurlikda (60% ) etadi CHo‘l o‘simliklarida ildiz juda chuqur kiradi va er osti suvlarida yetib boradi.
Ko‘p yillik o‘simliklarda ayniqsa daraxtlarda ko‘pgina o‘suvchi va so‘ruvchi ildizlarni ko‘rish mumkin. O‘suvchi ildizlar tez o‘sib, barvaqt po‘kakka aylanadi va ildizni tuproqning yangitda -yangi qismlarida o‘tish uchun xizmat qiladi "So‘ruvchi " ildizlar nozik, ingichka bo‘lib sekin o‘sadi va uzoq yashamay asosan tuproq eritmalarini so‘rish va zifalarini bajaradi.
Ildiz sistemasining tarqalishida juda muhim faktorlarning biri nomlikdir. Daraxtlar va bo‘talarning ildizlari ba’zan zich tutashtirilmagan quvur va vodoprovod trubalariga kirib,juda o‘sib ketadi.