Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-Mavzu: O`simliklarning vegetativ organlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə17/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

4-Mavzu: O`simliklarning vegetativ organlari.
Ildizning tuzilishi
Reja:
1. Ildiz haqida umumiy izohlar.
2. Ildiz shakllari va xilma-xilligi.
3. Ildizning shakl o‘zgarishi.
4. Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi.
5.Ikki pallali o‘simliklar ildizlarining ichki tuzilishi.

O‘simliklarning vegetativ organlari deb, ularning individual hayotini saqlab turuvchi organlarga aytiladi. Vegetativ so‘zi lotincha "vegetus "degan so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zbekcha "tirik " degan so‘zdir.


YUksak o‘simliklarda ildiz, poya va barglar asosiy vegetativ organlar hisoblanadi.
Ildiz o‘simlikning subsratga mahkam birikishi va undan suv va mineral tuzlarni shimib olishi uchun, barglar fotosintez prosessida organik moddalar ishlab chiqarish va gaz almashinish, poyalar esa barglarning yaxshiroq joylashishi va oziq moddalarni ildizdan bargga va aksincha, bargdan ildizga o‘tkazib turish uchun xizmat qiladi. Poya o‘zidan joy olgan barglar bilan qo‘shilib novda deb ataladi.
Tuban o‘simliklarning poya va barglarga ajralmagan vegetativ tanasi tallom yoki qattana deb ataladi.
Ildiz, quruqlikda yashashga o‘tishi munosabati bilan o‘simliklarning evolyusion taraqiyotida ancha keyin paydo bo‘lgan. Quruqlikka o‘tgan o‘simliklar orasida subsratga chuqurroq kirib, unda yaxshiroq o‘rnasha olgan va namlik bilan oziqli tuzlarni ko‘proq ola bilgan o‘simliklar ustunlik qila boshlagan. Hozirgi vaqtda qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar va urug‘li o‘simliklarda yaxshi taraqqiy etgan ildiz borligini ko‘ramiz.
Tuban o‘simliklarda rizoidlar deb ataladigan tuksimon tuzilmalar yoki anatomik jihatdan Yuqori o‘simliklar ildizi singari murakkab tuzilmagan bir muncha yirikroq ko‘p hujayrali tuzilmalar qisman ildiz o‘rnini oladi.
Tipik ildiz tuproqqa joylashib, suv va moddalarni yutish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ildiz ba’zi organik birikmalar, birlamchi sintez bo‘ladigan joydir.Hali murtakda turgan ildiz urug‘ unganida tashqariga chiqadi va taraqqiyotni davom ettirib asosiy ildizga aylanadi. Asosiy ildiz bilan poya o‘rtasidagi chegara qismi ildiz bo‘yni deb ataladi. Poyaning ildiz bo‘ynidagi birinchi murtak barglarigacha (urug‘ pallalarigacha) bo‘lgan qismi urug‘ pallaning pastki bandi yoki gipokotil deb ataladi. Asosiy (bosh) ildiz tarmoqlari va Shoxlari yon ildizlar deb ataladi. YOn ildizlar urug‘li o‘simliklarda endogen yo‘l bilan peresikldan hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik urug‘li o‘simliklarda yon ildizlar birlamchi yog‘ochlik bog‘lamlar qarshisida hosil bo‘ladi va shu munosabat bilan tartibsiz joy olmay uzunasiga to‘g‘ri qatorlar holida joy oladi, o‘sha qatorlar ortostiklar deb ataladi. Lekin keyinchalik peresiklning boshqa qismlaridan ham yon ildizlar yuzaga kelishi munosabati bilan qatorlarning shu xilda to‘g‘ri etishi buziladi. Ildizlar akropetal tartibda Shoxlanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin