3- Mavzu: O`tkazuvchi va asosiy to`qimalar Reja: Assimilyasion to‘qimalar.
G‘amlovchi to‘qimalar.
Aerenxima to‘qimalar.
So‘ruvchi va sekret ajratuvchi to‘qimalar.
Assimilyasiya(lot. “assimilyasio” - o‘zlashtirish) to‘qimalarning asosiy vazifasi fotosintezdan iborat. Bu to‘qimalarda hayot uchun eng zarur bo‘lgan organik moddalar sintez qilinadi.
Assimilyasiya to‘qimalari yupqa devorli tirik parenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayralarning sitoplazmasi hujayra devori atrofida joylashgan bo‘lib, yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham, bu to‘qimalarni xlorofilli parenxima yoki xlorenximalar deb ataladi.
Xlorenxema (yunon. “xloros” - Yashil, “enxima” - to‘ldirilgan ) hujayralari xlorofillga boy bo‘lgan ustunsimon va g‘ovaksimon parenxima to‘qimalar bo‘lib, ular Yashil barglar va yosh novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan. Epiderma hujayralari tiniq yoki shaffof bo‘lib, o‘zidan yorug‘‘likni osonlik bilan o‘tkazadi va gaz almashinuvi jarayonini osonlashtiradi.
Ustunsimon xlorenxima silindr shaklidagi cho‘ziq hujayralardan, g‘ovaksimon xlorenxima esa, yumaloq hujayralardan iborat. G‘ovaksimon xlorenxima hujayralari orasida gaz almashuvini yengillashtirishdan iborat. Ba’zan hujayralarda xloroplastlar miqdori ortadi va qat-qat burma hosil bo‘ladi. Masalan, ninabargli o‘simliklarning po‘stlog‘ida qatron (smola) chiqarib turadigan bo‘rtmalar ko‘p uchraydi.
O‘sayotgan yosh xlorenxima hujayralarida xloroplastlar (xlorofill), qari hujayralarga nisbatan 5 barobar ko‘p bo‘ladi, ularda ribosomalar va tilakoidlarning soni ham ortadi. Shuning uchun ham, fotosintez jarayoni yosh xlorenxima hujayralarida qari xlorenxima hujayralariga nisbatan tezroq boradi.
Xlorenxima gulda, pishmagan mevalarda ham bo‘lib, fotosintez vazifasini bajaradi. Lekin bu fotosintez ikkilamchi o‘rindagi vazifalardan hisoblanadi. Tropik o‘rmonlarda o‘suvchi ba’zi bir o‘simliklarning havoiy ildizlarida ham xlorenxima uchraydi (masalan, angreun, falenopsis, tenofillum, poliriza va boshqa orxislar).