Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Epidermaning asosiy hujayralari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə11/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Epidermaning asosiy hujayralari - bir biriga zich taqalgan bo‘lib, Yuqoridan qaralganda juda ham xilma-xil shaklda ko‘rinadi. Bu hujayralarning yon devorlari zichlashgan egri-bugri shaklda, ular mikroskop ostida to‘rt yoki besh burchakli bo‘lib ko‘rinadi. Barg va poyalarning epiderma hujayralari, odatda, tananing o‘qiga paralel yo‘nalishda joylashadi (masalan, g‘alladoshlarda).
Hujayra devori atrofida yupqa protoplast, yadro, vakuola va ba’zan plastidalar bo‘ladi. Endoplazmatik to‘r va Goldji apparati taraqqiy etgan.
Epiderma hujayralarining devorlari notekis, ayniqsa, tashqi qavati kuchli qalinlashgan va murakkab tuzilgan. Ichki qavat hujayralari sellyuloza va pektin moddalardan tashkil topgan. Tashqi qavat kutikula bilan qoplangan. Ilgari kutikula strukturasiz ingichka parda shaklida va o‘zidan hech qanday suyuqlik va gazlarni o‘tkazmaydi, deb ta’riflangan. Lekin elektron mikroskop yordamida tekshirilganda, uning har xil tuzilganligi aniqlangan.
Xitin va selyuloza chegarasida pektin qavat joylashgan. Bu qavat o‘rta plastinkaning pektin moddasi bilan chegaradosh bo‘lib, epidermani boshqa hujayralardan ajratadi. Pektin qavatda ingichka va Shoxlangan chiziqlar bo‘lib, epidermada hosil bo‘lgan ko‘tin va mum moddalarni kutikulaga tashiydi. Natijada kutikula qavatlari hosil bo‘ladi. Bu qavatlarda ko‘pincha mum va ko‘tin singgan bo‘lib, ularning orasida mayda teshikchalar mavjud. Shu poralar yordamida gaz va moddalar almashinuvi jarayoni sodir bo‘ladi.
Kutikulaning yangi muhim xususiyatlaridan biri Shundan iboratki, u namlangan vaqtda o‘zidan suyuqlik va gazlarni yaxshi o‘tkazadi, lekin havo quruq bo‘lganda uning o‘tkazuvchanligi keskin pasayadi. Bunday holatni cho‘l va sahrolarda o‘suvchi- kserofit deb atladigan o‘simliklarda ko‘rish mumkun.
O‘simliklarning hayotida kutikula doimo bir xil shaklda saqlanadi, ularning qalin yoki yupqa bo‘lishi o‘simlikning turiga, o‘sish sharoitiga va yoshiga bog‘liqdir. Ba’zan ko‘p yillik epidermasi bo‘lgan novda, poyalarning yuzasiga kutikula yorilib, ichkaridan tirik protoplastning o‘sishi natijasida yangilanib turadi.
Ba’zan epiderma bir necha qavatdan tashkil topgan bo‘ladi. Bu xildagi epiderma doimo namlik bo‘ladigan tropik o‘rmonlarda o‘suvchi o‘simliklarda uchraydi. Ko‘p qavatli epidermaning ichkarisida gipoderma hujayralari uchraydi. Bu hujayralar epidermadan hosil bo‘ladi, lekin tuzilishi va vazifasi boshqacha, hujayra po‘sti qalinlashgan bo‘lsa, mustahkamlik berish vazifasini bajaradi, ayrim hollarda gipodermada pigmentlar, tannidlar to‘planadi.
Og‘izchalar - epidermaning eng muhim va takomillashgan ikkita tutashtiruvchi hujayralardan va ularning orasidagi tirqishdan tashkil topgan. Tutashtiruvchi hujayralarning yon devorlari bir tekisda qalinlashmaydi. Havo yo‘llari tirqishiga yondoshgan burchaklar juda qalin, yon po‘stlari esa yupqa. Havo yo‘lining bunday tuzilishi shakl o‘zgarishini osonlashtirib, uning ochilib va yumilib turishiga yordam beradi va shu sababli transkripsiya va gazlar almashinuv jarayonini tartibga soladi. Tutashtiruvchi hujayralarning ostida havo yoki "nafas olish” a’zolari og‘izchani hosil qiladi.
Og‘izchalar turlicha tuzilgan, ularning soni 15 tagacha. YUksak o‘simliklarda og‘izchalarning anomosit, diatsit, anizosit, tetrosit, xillari ko‘p uchraydi. Anomosit xildagi havo yoki "nafas" yo‘llaridagi qo‘shimcha hujayralar tuzilishi jihatidan epiderma hujayralaridan farq qiladi. Diatsitda og‘izcha ikkita qo‘shimcha yoki yordamchi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, tutashtiruvchi hujayra devorlari bilan birikkan (labguldoshlar, chinniguldoshlar).
Anizotidda tutashtiruvchi hujayra uchta qo‘shimcha hujayra bilan o‘ralgan bo‘lib, ulardan bittasi katta yoki kichik bo‘ladi. G‘alladoshlarda esa ko‘pincha tetrosit og‘izchalar uchraydi.
O‘simliklarning o‘sish sharoiti va turiga qarab, barg va novda o‘g‘izchalar miqdori har xil bo‘ladi. Odatda, o‘tloqzorlarda, o‘rmonzorlarda, Shuningdek, madaniy o‘simlikning barg va novdalarida 1mm2 yuzasida 100 dan 700 gacha og‘izchalar bo‘ladi. Og‘izchalarning harakatiga boshqa omillar (yorug‘lik, harorat) ham ta’sir qiladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin