Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə10/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Uglevodlar - Yuqori polimerli uglevodlardan insulin, (C6N10O5)n polisaharid hammadan ko‘p tarqalgan, u gidrolizlanganida -…fruktoza degan qand hosil qiladi. Hujayra shirasidan insulin spirt ta’siri bilan cho‘ktirilishi mumkin. Insulin Shuningdek, murakkabgullilar, qo‘ng‘iroqgullilar oilasining ko‘pgina vakillarida va boshqa oilalarning ayrim vakillarida ham bor. Ba’zi suv o‘tlar ham insulin hosil qiladi.
Disaharidlar (C12N22O11 ) dan, odatda, saxaroza - qamish shakari ko‘proq tarqalgan. Qand lavlagi ildizi bilan gipokotilning va shakarqamish poyalarning hujayra shirasi shu moddaga juda boydir. Qand lavlagi va shakarqamish poyasidan ko‘p miqdorda saxaroza olinadi.
Glyukoza - yoki uzum shakari va fruktoza - yoki meva shakari, odatda, bir-biri bilan yoki saharoza bilan aralash holda uchraydi. Ular yetilgan mevalar (uzum, olma, nok, shaftoli, tarvuz va boshqalar) etining, makkajo‘xori va jo‘xorilar poyalarining, piyoz barglarining hujayra shirasida to‘planadi.

SAVOLLAR:



  1. Sitoplazmaning hujayra faoliyatidagi roli ?

  2. Hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasi ?

  3. Hujayra shirasi va vakuollalarining roli ?

  4. Hujayra faoliyatida mitoxondriyaning roli nimadan iborat ?

  5. Endoplazmatik to‘r qanday tuzilishga ega ?

  6. Hujayra markazining funksiyasi nimadan iborat ?

Hujayra faoliyatida kiritmalarning roli qanday ?


2-Mavzu: O`simlik to`qimalari. Hosil qiluvchi,
qoplovchi va mexanik to`qimalar
Reja:

  1. To‘qimalar haqida umumiy tuShuncha .

  2. Meristema to‘qimalari va ularning funksiyasi.

  3. Qoplovchi va mexanik to`qimalar

O‘simlikning tuzilishi bir necha million yillar davomida murakkablashib borgan. Evolyusiya jarayonida yangi to‘qimalar kelib chiqqan va ularning tarkibiga kiruvchi hujayralarning xillari va soni ham ortib borgan. O‘simlik tanasining to‘qimalarga ajralishi ko‘p hujayrali yuksak o‘simliklar uchun xosdir. Tuban o‘simliklarning qattanasi bir xil tuzilishli va ma’lum bir vazifani bajaradigan hujayralardan tashkil topgan, masalan, bakteriyalar va ba’zi suv o‘tlari bitta hujayradan iborat, ammo takomillashgan qo‘ng‘ir suv o‘tlarida hujayralar turi o‘ntaga boradi. Moxlarda ularning xillari 20, paporotniklarda 40, gulli o‘simliklarda esa 80 ga yaqin. Har qanday hujayra turi bajaradigan vazifasiga mos ravishda tuzilgandir. Shunday qilib, to‘qima deb, kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra o‘xshash hujayralarning (qonuniy ravishda takrorlanib turuvchi) barqaror guruhiga aytiladi.


To‘qimalar haqidagi ma’lumotning asoschisi ingliz olimi N.Gryu hisoblanadi. U o‘simlik organlaridagi hujayralar yig‘indisini kiyim-kechakdagi to‘qimalar bilan taqqoslaydi va botanika faniga birinchi bo‘lib to‘qimalar tuShunchasini kiritadi hamda o‘simlikning barcha organlaridagi to‘qimalarni hujayrasining shakliga ko‘ra, parenxima, prozenxima guruhlariga ajratadi. Keyinchalik o‘simlik to‘qimalarini tavsiflashda olimlar turlicha yo‘l tutdilar. 1868-yil YU.Saks o‘simlik to‘qimalarining bajaradigan vazifalariga qarab, birinchi fiziologik tavsifni taklif etadi. U qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy to‘qimalarni ajratdi. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘simlik to‘qimalari tasnifi, ularning tarixiy rivojlanishi, kelib chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarni hisobga olgan holda, anatomo-fiziologik klasifikatsiyalar hisoblanadi. Lekin Shuni ta’kidlash kerakki, hozir hamma uchun manzur bo‘lgan umumiy qabul qilingan klasifikatsiya mavjud emas. Hosil qiluvchilardan tashqari qolgan barcha to‘qimalar odatda doimiy to‘qimalar deb ataladi. Assimilyasion, g‘amlovchi va Aerenximalar ko‘pchilik o‘quv qo‘llanmalarda asosiy parenxima deb yuritiladi.
Hosil qilubchi to‘qima
O‘simlik hayvonlardan farq qilgan holda butun hayoti davomida o‘sish xususiyatini saqlab qoladi. O‘sish - o‘simlik tanasining ma’lum uchastkalarida joylashgan hosil qiluvchi to‘qimalari bilan bog‘liqdir. Meristemalar dastlabki yosh embrional to‘qimalar hisoblanib, ular o‘simlikning boshqa doimiy to‘qimalarini hosil qiladi. Meristemalarning harakterli belgisi mitoz yo‘li bilan hujayralarning doimo bo‘linib turish xususiyatidir. Shuning uchun, ham meristema hujayralar doim odatdagi yosh hujayralar tuzilishiga ega. Hujayralar shakli parenxima, protoplasti esa quyuq donador sitoplazma va unda joylashgan yirik mag‘izdan iborat. Sitoplazmada mitoxondriya va ribosomalar ham uchraydi. Odatda, vakuolalar bo‘lmaydi, lekin ba’zi kichik-kichik vakuolalar kuzatiladi. Shuning uchun ham, mag‘iz doimo hujayra markazidan joy oladi. Hujayra qobig‘ining tarkibi 95,5% ga sellyuloza, pektin va suvdan tashkil topgan. U qalinlashmaydi. Hujayralar bir-birlari bilan juda zich birikkan. Hujayra oraliqlari bo‘lmaydi.
Meristema hujayralarning rivojlanihs davri bir necha bosqichda o‘tadi: 1) kuchli bo‘linish; 2.hujayra qobig‘ining o‘sishi va vakuolalarning yiriklashishi; 3) hujayralarning ixtisoslashishi, ya’ni organizmda qolgan to‘qimalarning kelib chiqishi.
Meristemadan hosil bo‘lgan hujayralar bir necha marta bo‘linadi va doimiy to‘qimalardan biriga aylanadi. Ma’lumki, hujayralar protoplasti bir-birlari bilan plazmodesmalar orqali bog‘langan, ya’ni bir butun tirik sistema simplastni hosil qiladi. Qo‘shni hujayralarning qobig‘i bir biriga nisbatan siljimasligi va birgalikda o‘sishi simplastik o‘sish deyiladi. Ba’zan intruziv o‘sish ham uchrab turadi. Bunda bir hujayra ikkinchi yonida turgan hujayraga siqilib kirib boradi. Natijada, ularning qobig‘i biri ikkinchisiga surilib o‘sadi. Xuddi shu yo‘l bilan uzun prozenxima hujayralar kelib chiqadi.
Hujayralar hajmining ortishi ularning suv bilan to‘yinganligiga bog‘liq. Vakuolalar hajmi ortadi, aksincha ularning soni kamayadi, yirik markaziy vakuola hosil bo‘ladi. Hujayralarning tiriklik qismi keyinchalik ushbu hujayraning qaysi to‘qimaga kirishiga qarab o‘zgaradi.
Meristemalar kelib chiqishiga qarab birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi meristemalar urug‘lanish jarayonidan so‘ng zigotadan bo‘linish yo‘li bilan kelib chiqadi. Rivojlanayotgan murtak dastlab birlamchi meristemadan iborat bo‘lib, voyaga etgan o‘simliklarda o‘simlikning ba’zi joylarida saqlanib qoladi.
Birlamchi meristemadan birlamchi doimiy toqimalar rivojlanadi. Ikkilamchi meristemalar o‘simliklarning individual rivojlanishining ancha keyingi davrlarida hosil bo‘ladi. Ular ba’zan birlamchi meristemadan yoki boshqa to‘qimalardan (asosiy yoki qoplovchi) kelib chiqadi. Undan ikkilamchi doimiy to‘qimalar hosil bo‘ladi. Meristemalar o‘simlik organlarida joylashishiga qarab: uchki (apikal), yon (lateral) va oraliqlarga (interkalyar) bo‘linadi.
Uchki meristemalar kelib chiqishiga ko‘ra doimo birlamchi bo‘lib, poya va ildizlarning uchki qismlarida joylashadi va ularning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Uchki meristema konussimon shaklda, Shuning uchun ham o‘sish konusi deb ataladi. O‘sish konusining ichki qismi promeristemalardan tashkil topadi va odatda uni o‘sish nuqtasi deyiladi. O‘sish nuqtasi ko‘pchilik o‘simliklarda doimo bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan initsial hujayralardan iborat bo‘lib, mox va ba’zi paporotniklar faqat bitta initsial hujayradan tashkil topgan bo‘ladi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial hujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmaning quyuqligi va bir birlariga nisbatan zich joylashishi bilan farq qiladi. Ildizning nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan o‘ralgan. Uning o‘sish konusida uch turdagi hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermogen), o‘rta (periblem) va ichki (pleroma).
Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya’ni o‘sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo‘linishi natijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi to‘qimasi kelib chiqadi. Priblema qavati bir necha qator hujayralardan iborat bo‘lib, uning hujayralari periklinal , ya’ni o‘sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bo‘linadi va ulardan asosiy to‘qima hosil bo‘ladi. Pleroma hujayralari turli yo‘nalishda bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lib, ulardan ildizning mexanik va o‘tqazuvchi to‘qimalari shakllanadi. Poyaning o‘sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan o‘ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning o‘sish konusida odatda ikki turdagi hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika hujayralari dermatogen hujayralarga o‘xshash antiklinal bo‘linish xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi hosil bo‘ladi. Korpus qavati hujayralari turli yo‘nalishda bo‘linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo‘lgan barcha to‘qimalar kelib chiqadi.
YOn meristemalar. O‘simlik organlarining yon tomonida joylashadi. Ularning eniga o‘sishini ta’minlaydi. Kelib chiqishiga ko‘ra, yon meristemalar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi yon meristemalarga prokambiy va peritsikllar misol bo‘la oladi. Ildiz va poyadagi kambiy va fellogenlar ikkilamchi yon meristemalar hisoblanadi. Prokambiy murtak holdagi novda yoki ildizda ustunsimon yoki silindrsimon qavat hosil qilib, uning ko‘ndalang kesimining ko‘rinishi halqasimondir. Prokambiy hujayralari prozenxima shakliga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi va periklinal yo‘nalishda bo‘linadi. Uning hujayralari differensiatsiyasi natijasida birlamchi mexanik va o‘tkazuvchi elementar kelib chiqadi. Urug‘li o‘simliklarda birlamchi o‘sishning oxirida ikkilamchi meristema - kambiy va fellogenlar paydo bo‘ladi. Ular ham yon meristemalar hisoblanadi. Kambiy prokambiy hujayralaridan kelib chiqadi. Fellogen tirik holdagi ixtisoslashgan hujayralardan hosil bo‘ladi.
Oraliq meristema. Oraliq meristemalar boshoqli o‘simliklar poyasining bo‘g‘im oraliqlarida va barg bandi hamda yaprog‘ining asosida joylashgan. Boshoqli o‘simliklarning boshoq tortishi, ya’ni poyaning tez o‘sib chiqishi oraliq meristema bilan bog‘liq. Bundan tashqari, poyalar yotib qolganda ularning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynaydi. Bargning kurtak yozgandan keyingi o‘sishi ham oraliq meristemaning faoliyati bilan bog‘liq. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch turdagi meristemalardan tashqari yana travmatik (jarohat) meristema ham ajratiladi. U o‘simlikning zararlangan har qanday qismida hosil bo‘lishi mumkin. Zararlangan joyda ikkilamchi o‘sish natijasida hosil bo‘lgan peridermada maxsus travmatik to‘qima - kallus vujudga keladi. Uning hujayralri embrional faollik xususiyatiga ega va jarohatlangan joyni bitib ketishiga yoki tiklanishiga sababchi bo‘ladi.
Qoplovchi to‘qimalar, asosan, o‘simliklarning tashqi muhit ta’sirida himoya qiladi, ichki to‘qimalarni ko‘rish va shikastlanishdan saqlaydi.Uning asosiy fiziologik funksiyasi moddalarni tanlab o‘tkazish, tranpiratsiya (lot. “trans” - orqali, “spiro” - nafas chiqarish) - suvni sharoitga qarab bug‘latish va gaz almashinuvi jarayonini boshqarishdan iborat. Ba’zi qoplovchi to‘qimalar moddalarni so‘rish va chiqarish xususiyatiga ega. Qoplovchi to‘qimalar juda qadimiy bo‘lib, ularning evolyusiyasi o‘simliklarni suv sharoitidan chiqib, quruqlikka moslashish vaqtidan yuzaga kelgan. Bu to‘qimalar ham boshqa doimiy to‘qimalarga o‘xshash ontogenez davrida meristema to‘qimadan vujudga kelgan.
Meristemalar hujayralarining takomillashishidan uch xil qoplovchi to‘qimalar - birlamchi (dastlabki) epiderma novdaning apikal meristema hujayralaridan yuzaga keladi, barg va poyaning tashqi tomonidan o‘rab oladi. Keyinchalik bu to‘qima o‘rniga ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periderma - fellogendan hosil bo‘ladi. O‘simlik qarigan sari uning tana va ildizlarida periderma o‘rniga po‘stloq - o‘lik to‘qimalar paydo bo‘ladi.
Epiderma. Bu to‘qima apikal meristemaning sirtqi qavatidan hosil bo‘lib, barg va yosh novdalarni tashqi tomondan o‘rab turadi. Shuning uchun ham, birlamchi qoplovchi toqima deb ataladi.
Epiderma murakkab to‘qima bo‘lib, uning hujayralari morfologik shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan boshqa to‘qimadan keskin farq qiladi. Masalan, epidermaning asosiy hujayralari, nafas yo‘li, trixoma, ya’ni epidermaning tashqi qismida uchraydigan ipsimon burmalar to‘qimasidan iborat. Epiderma hujayralarida qalinlashgan kutikula moddasi bo‘lib, suvning ko‘p bug‘lanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Epidermada, ayniqsa, turli xildagi tukchalar bo‘ladi, bu tukchalar ham himoya vazifasini bajaradi.
Epidermaning asosiy vazifasi transkripsiya va gaz almashuvini boshqarishdir. Bu vazifani bajarish uchun maxsus moslashuvlar yuzaga kelgan (tukchalar, kutikula va boshqalar). Bo‘lar o‘simlikning ichki to‘qimalariga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni kiritmaydi, mexanik ta’sirlardan himoya qiladi, efir moylari, tuzlar ajratadi, turli moddalarni sintez qilishda ishtirok etadi va so‘ruvchi to‘qima vazifasini ham bajaradi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin