Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə6/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Hujayra organoidlari - hujayraning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lum tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Hujayraning umumiy organoidlariga: mitoxondriya, endoplazmatik to‘r, ribosoma, Goldji apparati, mezosoma, mikronaychalar, sentrosoma, peroksisoma, maxsus organoidlarga: esa tonofibrilla, neyrofibrillar kiprikchalar, mikrovorsinkalar kiradi.
Endoplazmatik to‘r - membranasida ribosomalar bo‘lishiga qarab donador va donasiz (silliq) endoplazmatik to‘r farq qilinadi. Endoplazmatik to‘r hujayra ichi kanalchalar sistemasidan, vakuolalar va sisternalardan iborat bo‘lib, plazmatik membrana bilan o‘ralgan. Donador endoplazmatik to‘r oqsil sintezlovchi sekretor hujayralarda, masalan, me’da osti bezining atsinar hujayralarida, jigar hujayralarida yaxshi rivojlangan, endoplazmatik to‘r membranasining qalinligi 4-7,5 nm, uning tashqi tomonida ribonukleoproteid donachalari RNK joylashadi, yadroning tashqi memranasi granulyar endoplazmatik to‘r Goldji kompleksi sohasidagi sisternalar bilan ham aloqada bo‘ladi.
Granulyar endoplazmatik to‘r oqsil ishlab chiqaruvchi hujayralarda yaxshi rivojlangan. Oqsil bo‘lmagan mahsulotlarni hosil qiluvchi hujayralar (me’daning qoplami hujayralari) da silliq endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan. U, asosan, lipid, glikogenning sintezida agregatsiyasida ishtirok etadi. Silliq endoplazmatik to‘r yog‘ bezlarida bo‘ladi. Shu bilan birga to‘r glikogenning parchalanishida ham ishtirok etadi.
Ribosomalar -(palladiy donachalari) - diametri 15- 30 nm. Ribosomalar yadro qobig‘ida, endoplazmatik to‘r va sitoplazmada erkin poliribosoma holida uchraydi.
Ribosomalar teng miqdorda RNK va oqsildan iborat: ribosoma tarkibiga ribonukleaza latent dizoksiriboknukleaza, latseminamino peptidoza, galaktozidaza va fermentlar kiradi. Ribosomalarda magniy va kalsiy bo‘ladi. Funksiyasi: ribosomalarda yadrodan informatsion RNK (i- RNK) orqali berilgan genetik axborotga qarab aktiv aminokislotalar kondensatsiyasi hamda ularning polipeptid bog‘ga terilib oqsilning sintezi ro‘y beradi. Ayrim oqsillar sintezi alohida ajratib olingan ribosomalarda ham topilgan. Matritsa rolini I-RNK bajarib, u ribosomalarga o‘tadi. Ribosoma yuzasida T-RNK va aminokislotalar kompleksi bilan I-RNK ning komplementar nukleotidlar o‘zaro ta’sir qiladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin