Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Hujayrani o‘rganish metodlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə4/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Hujayrani o‘rganish metodlari.
Sitologiyaning eng asosiy metodi yorug‘lik mikroskopiyasidir. Hozirgi zamon yorug‘lik mikroskoplari ob’ektni 3000 martagacha kattalashtirish imkonini beradi. YOrug‘lik mikroskoplari yordamida faqat fiksasiyalangan o‘lik hujayralargina emas, balki tirik hujayralarni ham o‘rganish mumkin. Tirik hujayralarni o‘rganishda fazo-kontrast, polerizastion, lyuminesstent mikroskoplardan keng foydalaniladi. Elektron mikroskopning kashf etilishi hujayra tuzilishidagi bilimlarning kengayishiga sabab bo‘ldi.
Elektron mikroskopda yorug‘lik o‘rniga elektromagnit maydonidan o‘tuvchi elektronlar oqimidan foydalaniladi. Elektron mikroskop o‘rganilayotgan buyumni 100000, hatto mln marta kattalashtirishga imkon beradi. Elektron mikroskop yordamida ilgari ma’lum bo‘lgan hujayraning tarkibiy qismlari yanada chuqurroq o‘rganilibgina qolmay, balki muhim ma’lumotlar ham to‘plandi. Masalan, ribosomalar, endoplazmatik to‘r, mikronaychalar kashf etildi, plazmalemmaning nozik tuzilishi aniqlandi.
Gistokimyo- Sitokimyo metodlari hujayraning kimyoviy tarkibi va unda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishga yordam beradi. Bu metodning mohiyati Shundan iboratki, fiksatsiyalangan hujayralarga ma’lum kimyoviy moddalar ta’sir ettirilganda bu moddalar hujayraning tarkibidagi kimyoviy birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, o‘sha joyda cho‘kmalar hosil qiladi. Bu cho‘kmalarni mikroskopda tekshirib, ularning joylashishini aniqlash, o‘rganish, rasmga olish mumkin.
Differensial sentrifugalash metodi. Bunda juda katta tezlik bilan aylanuvchi ultratsentrifugalar yordamida hujayra yadrosi, sitoplazmasi, uning organoidlari ajratib olinadi. Hujayrani o‘rganish metodlaridan biri mikrurgiya usuli: bunda mikroasboblar yordamida hujayra yadrosini olib tashlash yoki boshqa hujayraga ko‘chirish, hujayra ichidagi biotoklarning haroratini o‘lchash va Shunga o‘xshash murakkab ishlarni amalga oshirish mumkin.
Hujayrani sun’iy o‘stirish metodi ularning tuzilishi va funksiyalarini tirik organizmdagi holatlariga yaqin bo‘lgan sharoitda o‘rganishga imkon beradi. O‘simlik va hayvon to‘qimalarining mayda bo‘lakchalari maxsus oziq muhitiga joylashtirilib, organizm bilan bir xil sharoitda o‘stiriladi. Vaqt- vaqti bilan oziq muhiti yangilanib turiladi. O‘sayotgan, rivojlanayotgan, harakatlanayotgan hujayralarni maxsus mikroskop yordamida kinoplyonkaga tushirib olish mumkin.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin