Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə3/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Hujayra nazariyasi.
Hujayra nazariyasi tirik organizmning birligini ifodalovchi, hujayra tuzilishi, uning ko‘payishi va ko‘p hujayrali organizmning shakllanishi to‘g‘risidagi umumiy ta’limotdir.
Hujayra nazariyasining asosiy qoidalari hozirgi kunda quyidagilardan iborat:
1) hayot, asosan, hujayra shaklida mavjud bo‘lib, barcha organizmlar hujayradan tashkil topgan. Hujayra tirik tabiatning bir bo‘lagi va unga tiriklik xususiyatlarining barchasi xos bo‘lib, hujayra ko‘payishi, modda almashinuvi, strukturaviy hamda elementar birlikdir.
2)Hujayra biologik informatsiya jarayoni ro‘y beradigan va bu jarayon qayta-qayta ishlanadigan, hamda hosil bo‘lgan energiyani yig‘uvchi, sarf qiluvchi boshqa xil energiyaga aylantiruvchi murakkab tuzilmadir.
3)Hayotning uzviyligi, asosan, hujayralardandir: hujayra umuman irsiylikning asosiy birligini tashkil etadi.
4)Hujayra barcha tirik mavjudotlarning elementar birligidir, turli organizm hujayralari umumiy tuzilishga ega va ular bo‘linib, yangi hujayra hosil qiladi.
Hujayra o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan membranalar tizimidan iborat elementar biologik birlikdir. Hujayra tiriklikka xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir- o‘z-o‘zini yangilash, o‘z-o‘zini hosil qilish hamda o‘zini –o‘zini boshqarishga qodir. Evolyusiya tuzilishning qaysi pog‘onasidan joy olishidan qat’iy nazar barcha organizmlarning hujayrasi deyarli o‘xshash bo‘lib, umumiy ko‘rinishga egadir. Mavjud tiriklik shakllarini kuzatish hujayraning organik olam evolyusiyasi yo‘sinida rivojlanib borishini ko‘rsatadi. Ma’lumki, organik olamni hujayrasiz va hujayraviy shakllarining etuk xili prokariotlar evolyusiyasining natijasi bo‘lgan. Eukariothujayralarning tarixiy evolyusion tarzdagi murakkab o‘zaro munosabati natijasida ko‘p hujayrali organizmlar vujudga keladi. Ko‘p hujayrali organizmlar tuzilishi taraqqiyoti hamda faoliyatiga ko‘ra, ularning ayrim to‘qima va a’zolarini tashkil etib, guruhlanishga asos bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizm hujayralarining funksiyasi bo‘yicha organizmning boshqaruv sistemasi orqali idora etuvchi bir butun murakkab tizimni tashkil qiladi. Demak, organizmni tashkil etuvchi hujayralar umumiy tuzilishga ega bo‘lgan, har biri o‘zicha alohida vazifani bajaruvchi murakkab tuzilma bo‘lishi bilan bir qatorda, u organizmni boshqaruvchi sistemalarga buysunib, organizmning yaxlit birilk darajasini ifodalaydi.
A’zo va to‘qimalarni tashkil etgan hujayralar umumiy tuzilishga ega bo‘lsada, har bir a’zo va to‘qimaning hujayrasi organizm uchun zarur bo‘lgan fiziologik holatni ta’minlash uchun o‘ziga xos vazifani bajarishga moslashgan. Shuning uchun, ham hujayralarning faoliyati turlichadir. Hujayralarga ta’sirlanish o‘ziga ozuqa moddasini yutish va o‘zlashtirish, sekresiya, ekskresiya, nafas olish, o‘sish, hamda ko‘payish kabi murakkab jarayonlar xosdir. Bu fiziologik jarayonlar a’zo va turkumlarga ko‘ra, ularni tashkil etgan hujayralarda turli darajada ro‘y beradi. Biz hujayralarning tuzilishini o‘rganishda ayrim qismlarning faoliyatini ko‘rib chiqish bilan birga uning umumiy, ko‘pgina hujayralarga xos bo‘lgan tomonlarini ham yoritib beramiz. Hujayrani o‘rganishning ahamiyati - hujayraning tuzilishi kimyoviy tarkibi va bajaradigan funksiyalarini o‘rganish faqat biologiya qonunlarini to‘g‘ri tuShunish uchungina emas, balki tibbiyotga, veterinariyada, qishloq xo‘jaligida ham katta ahamiyatga ega. Masalan, odamlarda uchraydigan ko‘pgina kasalliklarning asosida hujayra faoliyatining izdan chiqishi yotadi. Qandli diabet kasalligining sababi organizmda uglevod almashinishini boshqaruvchi garmonlardan biri - insulin ishlab chiqaruvchi oshqozon osti bezining ayrim hujayralarining faoliyati buzilishidir.
Hujayraning bo‘linishi ularning ixtisoslashishi qonuniyatlarini yaxshi bilmasdan jarohatlangan a’zolar to‘qimalarining qayta tiklanishi yomon sifatli o‘sma kasalliklarining kelib chiqish sabablari, muammolarini o‘rganish mumkin emas. Hayvonlar va odamlarda uchraydigan ko‘pgina yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bir hujayrali parazit organizmlar bezgak paraziti, koksidiyalar, toksoplazma, dizenteriya amyobasi va boshqalar hisoblanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin