Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə9/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

YAdro shirasi - (kariolimfa, karioplazma) interfazadagi yadroning despiralizatsiya bo‘lgan xromosomalari va yadrocha joylashgan muhitdir. YAdro oqsillarining glabulin funksiyasi, asosan, kariolimfada bo‘ladi. YAdro shirasida RNK topilgan. Shuningdek, organik fosfatlar almashinuvida ishtirok etuvchi turli fermentlar ham topilgan.
O‘simlik hujayrasining yana bir muhim tarkibiy qismlaridan biri bu plastidalardir. Plastidalar 3 xil bo‘ladi: xloroplast - Yashil plastidalar, xromoplast - qizg‘ish yoki boshqa rang plastidalar, leykoplastlar- rangsiz
plastidalar. Shuningdek, o‘simlik hujayrasida vakuollalar bo‘ladi. Ularda hujayra shirasi saqlanadi. Ma’lumki, hujayra sitoplazmaning vakuolaga tegib turuvchi qismi tonoplast deyiladi. Hujayraning yoshi organ sari, ya’ni vakuolalar kattalashgani sari tonoplast ko‘payadi. Tuban hayvonlarda hazm va qisqarish vakuolasi uchraydi. Shunday qilib, hujayra devori (o‘simlikda sellyulozadan iborat ) vakuola, plastidalar, o‘simlik va hayvon hujayralarini farqlantiruvchi asosiy organoidlar. Plastidalar tarkibida xlorafilla, xlorofil, ksantofil, fenoksantin pigmentlari, Shuningdek, ba’zi aromatik birikmalar bo‘ladi.
Hujayra protoplazmasi o‘zi bilan aralashmaydigan suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Protoplazmadagi hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘shliqlar vakuolalar deyiladi. Protoplazmaning vakuol bilan chegaradosh qavati tonoplast, ba’zan vakuol pardasi deyiladi.
Odatda endigina murtakdan chiqgan, protoplast bilan to‘la yosh hujayada yumaloq yoki cho‘zinchoq shaklli talaygina mayda - mayda vakuolalar bo‘ladi. Bu vakuolalar erigan moddalari bo‘lgan suv va gel holatidagi kolloid bilan to‘lgan bo‘ladi. So‘ngra vakuollalar kattalashib hujayra shirasi bilan to‘lgan naylar sistemasiga aylanadi. Keyinchalik vakuolalar qisman qisqaradi, kattalashadi, bir-biriga qo‘shilib, soni kamayadi va yumaloq tortadi. Bu vaqtda vakuollalardagi suv ko‘payadi, unda erigan moddalarning ko‘p qismi zol holatga o‘tdi. So‘ngra haqiqiy eritmalar hosil bo‘ladi. Vakuollalar keyinroq bitta yirik markaziy vakuolga qo‘shiladi. Protoplazma bu vaqtda hujayraning devorlari atrofidan joy oladi; bu qatlamda yadro, plastidada o‘rnashadi. Ba’zi hollarda yadro hujayraning markazidan joy oladi; uni o‘rab turgan protoplazma vakuolalari boshlig‘i orqali o‘tgan tortmalar va plastinkalar vositasida hujayraning devor osti protoplazmasi bilan qo‘shiladi.
Hujayra shirasi suv va unda erigan moddalardan, ya’ni uglevodlar, glyukozidlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, alkaloidlar, mineral tuzlardan iboratdir. Sut shirasi deb ataladigan shirada bulardan tashqari oqsillar, smolalar, kauchuk, go‘ttapercha, kolloid holda uchraydi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin