Hujayra markazi - sentriola 1875-yilda Gertvig tomonidan ochilgan. Ular juft bo‘lib o‘zaro perpendikulyar joylashadi va bunday joylashishi sentriolalarning bo‘linishi vaqtida qutbga tortilganida ham saqlanadi. Sentriolalar o‘qi bolinish o‘qini belgilaydi.
Sitoplazmaning fibrilyar tuzilmalari- Ularga yo‘g‘onligi 10 nm keladigan mikrofibrillalar va yog‘onligi 50-60 nm bo‘lgan mikrofelamentlar kiradi.
Mikrofibrillalar yoki tayanch fibrillalar - hayvon hujayrasi uchun harakterli bo‘lib, u, asosan, epiteliy hujayralarida va ba’zan gilial hujayralarda uchraydi. Mikrofibrilalar oqsil tabiatli bo‘ladi.
Mikrofilamenglar - sitoplazmaning chetki yuzalarida tutamlar hosil qilib joylashadi. Ular qisqarish vazifasini bajaradi.
Sitoplazma kiritmalari - kiritmalar sitoplazmaning doimiy bo‘lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra ichidagi moddalar almashinuvini, sekresiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va fagositoz yo‘li bilan tashqi muhitdan moddalar kirishidan hosil bo‘ladi.
Mikroskop ostida kiritmalar har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida ko‘rinadi. Kiritmalarning kimyoviy tarkibi turlicha. Bir necha guruh kiritmalar qilinadi.
Profik kiritmalar (yog‘ tomchilari, oqsil granulalari, gilikogen to‘plamlari, vitaminlar)
Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqa kiritmalar: gemoglabin, melanin, migofussin va boshqalar)
Pigment kiritmalar (gemoglabin, melanin, migofusin va boshqalar)
YAdrocha - bunda bazofil bo‘yaluvchi gomogen tuzilishga ega bo‘lgan yadrocha bor. U ipsimon ko‘rinishdagi pepmolonemalar va orasidagi gomogen tuzilmalardan tashkil topgan. RNK yadrochaning harakterli kimyoviy komponenti hisoblanib, uni birinchi marta Kasperson (1939 ) topgan. RNK dan tashqari ko‘p miqdorda fosfono‘teidlar bor. YAdrochada DNK ning yadrodagi 6-17 % i joylashgan. YAdrodagi DNK, r-RNK ning hosil bo‘lishida muhim o‘rin to‘tadi.
YAdrochada RNK ning ko‘p bo‘lishi uning oqsil sintezi bilan bog‘lashga asos bo‘ldi. Hujayrada oqsil sintezi boshlanishidan oldin yadrochadagi RNK ning miqdori oshadi va yadrocha RNK ni intensiv sintez qilayotgan yadrochada kattaligi va tuzilishi ribosomaga o‘xshash granulalar soni oshadi.