Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə7/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Goldji kompleksini 1898-yilda K.Goldji nerv hujayralarida aniqladi. Goldji kompleksi asosan hujayra ichidagi membranalardan iborat bo‘lib, sitoplazmatik vakuolalar sistemasini differensiatsialashgan qismidir. U to‘rsimon bo‘ladi. Uning 3 qismi tafovut etiladi.

  1. YAssi sisternalar sistemasi silliq membranalar (lamella) bilan chegaralangan. YAssi sisternalar ko‘pincha 5-8 ta bo‘lib bir-biriga yaqin etadi.

  2. Mayda mikropufakchalar - sisternalar oxirida joylashgan. Ularning diametri 30-50 nmdan katta emas.

  3. Yirik vakuolalar. Kattaligi 0,2-0,8 mnm. Umurtqali hayvonlar Goldji kompleksida ko‘p miqdorda yog‘, lipoproteid, fosfolipid, RNK va arginin bor. Goldji kompleksida tiamin pirofatozaning Yuqori aktivligi mavjud. Bundan tashqari kislotali va ishqoriy fosfatoza, nukleotid difosfatoza fermentlari borligi aniqlandi.

Goldji kompleksi faoliyatini sekresiya jarayonida, hamda yog‘ so‘rilishi bilan bog‘liq.
Lizosomalar - De Dyuv tomonidan ochilgan bo‘lib, ( yunoncha –“lizis”-erish, “soma”-tana ) so‘zlaridan tuzilgan, ular kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosomalar o‘rtacha kattaligi 0,4 mkm, dumaloq. Bu tanachalar bir konturli, qalinligi 8 nm keladigan qobiq bilan o‘ralgan.
Lizosomalarda 40 dan ortiq ferment (kislotali fosfatoza, kislotali ribonukleaza, betta-glyuko‘ronidaza, betta-galaktozidoza, katepsin va boshqalar) aniqlangan.
Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni hazm qilishdagi rolidir. Birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi:
Birlamchi lizosomalarga Goldji apparati atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolazalarga mo‘l mayda vezikulalar (yig‘uvchi granula) kiradi.
Ikkilamchi lizosomalarga fagositoz va pinositoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarning birlamchi lizosomalar bilan birlashuvi natijasida hosil bo‘luvchi geterofag (hazm) vakuolalar misol bo‘la oladi. Ikkilamchi lizosomalarga yana sitolizosoma - autofagositoz vakuolalari ya’ni hujayraning o‘zining o‘layotgan komponentlarini emiruvchi vakuolalar kiradi.
Gidrolitik parchalanish tugagach, qoldiq tanachalar hosil bo‘lib, ularda butunlay parchalangan fagositoz qilingan material bo‘ladi. Lizosomalarning hosil bo‘lishi Goldji kompleksi bilan bog‘liq. Birlamchi lizosomalar mayda pufakchalar yoki zich tanachalar shaklida Goldji sisternalari atrofida joylashadi. Kislotali fosfatazaning Goldji kompleksida bo‘lishi lizosomalarning hosil bo‘lishida Goldji kompleksining roli borligini ko‘rsatadi. Lizosomalar fermentlari esa endoplazmatik to‘rda sintez bo‘ladi. Shuningdek, lizosomalar plazmatik membranadan hosil bo‘ladi. Shu vakuolalar birlamchi lizosomalar bilan birlashadi.
Mikronaychalar - sitoplazmaning murakkab tuzilmalarini (bo‘linish dukini) hosil qiladi. Shuningdek, ular sentriola, bazal tanacha, xivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi. Mikronaycha to‘g‘ri Shoxlanmaydigan ichi bo‘sh silindrdir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin