Qo‘shimcha ildizlar. Asosiy ildizlardan hosil bo‘lmasdan, o‘simlik tanasining boshqa a’zolaridan (poya va barglardan) hosil bo‘ladigan ildizlar qo‘shimcha ildizlar deb yuritiladi. Qo‘shimcha ildizlar tuzilishi va vazifasi jihatdan asosiy ildiz bilan yon ildizlarga juda o‘xshash bo‘ladi. Deyarli hamma o‘simliklarda qo‘shimcha ildiz endogen yo‘l bilan peresiklda, qariroq poya va ildizlarda esa, ikkilamchi floema yuzaga keladi. Qo‘shimcha ildizlarning asosiy yoki yon ildizlardan farqi shuki, bu ildiz o‘simlikning ildiz qismidan paydo bo‘lmay poya yoki hatto barglardan paydo bo‘ladi. O‘simliklarning hayotida qo‘shimcha ildizlar juda katta ahamiyatga ega. YA’ni ular ildiz sistemasini kattalashtiradi va asosiy yon ildizlar bo‘lmagan o‘simliklarda ularning o‘rnini bosadi. Masalan, bir tolali o‘simliklarda asosiy ildiz tez fursatda nobud bo‘lib, taraqqiy etmay qo‘yadi. Butun ildiz sistemasi esa poyaning pastki qismidan o‘sib chiqadigan qo‘shimcha ildizlardan iborat bo‘lib qoladi.
Ko‘pgina ikki pallali o‘simliklarda ham qo‘shimcha ildizlar urug‘ pallaning pastki bandidan va poyaning pastki qismlaridan hosil bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida ba’zi o‘simliklarni (karamni chopiq qilish) tuproqqa ko‘milgan poyadan qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qo‘shimcha ildizlar o‘simlikning yaxshiroq o‘rnashishi va oziqlanishiga yordam beradi. Bu ildizlar sudralib o‘suvchi poyalarda ko‘p yillik o‘tlarning g‘oyat ko‘pchiligida bo‘ladigan er osti ildiz poyalarida, piyoz tublarida (piyozboshning qisqargan o‘zagida) ham bo‘ladi. Faqat bir tolali o‘simliklarning ildiz sistemasi emas, balki ikki pallali o‘simliklarning ildiz sistemasi ham asosan qo‘shimcha ildizlardan iborat deb hisoblasa bo‘ladi. Nihoyat o‘simliklarning sun’iy vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi ham o‘simliklarning ana Shunday uzoq tana qismlarida qo‘shimcha ildiz hosil qila olishiga bog‘liq.
Bir yillik ikki pallalilarda, talaygina nina barglilarda va yaproqli daraxtlarimizda normal sharoitda odatda qo‘shimcha ildizlar yuzaga kelmaydi.