Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə124/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

12 – Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu. To‘pgullar va ularning turlarini o‘rganish.
Kerakli materiallar: yangi o‘simlik gullari va gerbariylar: olma, qoqio‘t, beda, sabzi, bug‘doy, marmarak, sutlama va lupa, qo‘shimcha ish qurollari.
Ishni bajarish tartibi. To‘pgullar klassifikatsiyasini o‘rganish maqsadida xilma-xil to‘pgullardan namuna olib, lupa bilan sinchiklab ko‘riladi va ular kaysi tur xiliga mansub ekanligi aniqlanadi.
Bitta gul bandida bir nechta gul joylashib, hammasi uchun umumiy bo‘lgan o‘rama gulyonbargchali gullar to‘pgul deb aytiladi. To‘pgulli o‘simliklarga nisbatan yakka gullilar juda oz mikdorda uchraydi. Masalan, lola, ko‘knori, piyon, magnoliyaning guli yakka gul. To‘pgullarning kelib chiqishi biologik jixatdan katta afzallikka ega. Masalan, guliing changlanish uchun birmuncha qulayligi, xasharotlarni jalb etadigan bo‘lishi, o‘tkir xidliligi, tup­gul ichidagi gullarning birin-ketin ochilishi va boshqalar.To‘pgullar ikki xil: botrik, ya’ni monopodial Shoxlanuvchi va simoz, ya’ni simpodial Shoxlanuvchi bo‘ladi.
Botrik to‘pgullar monopodial Shoxlanuvchi, asosiy, o‘q kismi gul bilan tugamaydigan noaniq gullarni o‘z ichiga oladi.Bu gruppaga kirgan gullarning rivojlashiga akropetal bo‘lib, pastdan Yuqoriga tomon asta-sekin ochilib borishi bilan xarakterlanadi. Bu gruppaga quyidagi tupgullar misol bo‘ladi.
1. SHingil—to‘pgulning markaziy o‘k qismida ko‘plab gullar kichik boshoqlari bilan joylashgan bo‘ladi (shirach, oq akatsiya, sholg‘om va boshqalarda).
2. Boshoq—markaziy o‘q qismiga bir necha gul birin-ketin bandsiz holatda joylashgan bo‘ladi (zubturum).
3. So‘ta — tuzilishiga ko‘ra markaziy o‘q qismy yug‘onlashib, etli bo‘lishi bilan boshokdan farq qiladi (makkajo‘xori va monsterada).
4. Qalqoncha — gul bandining ikkinchi tartiblilari bir xil uzunlikda bo‘lmaganligi sababli barcha to‘pgullari bir tekis jonylashadi. Natijada qavariq tuzilgan bo‘ladi (oqbosh va sariqboshda).
5. Oddiy soyabon — markaziy o‘k qismi qisqarib, barcha gulbandlar deyarli bir xil uzunlikda bo‘ladi. Shu sababli hamma gul­lar bir tekislikda joylashadi (piyoz, olcha, olmada).
6. Boshcha — markaziy o‘q qismi qisqargan, ikkinchi tartiblilari ham qiska, gullari bandsiz, zich, bir-biriga taqalib joy­lashgan (sebarga, bedada).
7. Savatcha — markaziy o‘q qismi kengaygan, shakli likopchasimon, cheti urama bargchalar bilan koplangan, ichkari qismida ko‘plab bandsiz gul joylashgan bo‘ladi (kungaboqar, sachratki, bo‘­tako‘zda).
Simoz — simpodial yoki soxta dixotomik Shoxlanuvchi tupgullarning uchki qismidagi gullari dastlab ochila boshlashi bilan xarakterlanadi. Gullash tartibi yukoridan pastga (bazipetal) tomon boradi. Simoz tupgullar monoxaziy, dixaziy va plepoxaziy ko‘rinishda bo‘ladi. Monoxaziy tupgulda markaziy gulbandiing o‘k qismi yakkagul bilan tugallamadi. Uning pastida ikkinchi, uchinchi tartib gullar gajak ko‘rinnshida asosiy gul bandida birin-ketin joylashadi. Masalan, gavzabon, mingdevonada.
Dixaziy — yarim soyabon to‘pgul ko‘rinishida bo‘lib, markaziy o‘q qismi yagona gul bilan tugaydi. Guldan pastda qarama-qarshi holda gul o‘qi hosil bo‘ladi. Ikkinchi tartib o‘q qismlar ham ayrim shaklida Shoxlanishda davom etadi. Bunday soxta dixotomik Shoxlanuvchi tupgullar chinnguldoshlarda uchraydi.
Pleyoxaziy — soxta soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. YAkkagulning o‘q qismidan ikkitadan ortik gul novdalari hosil bo‘lib, ular juda zich joylashadi. O‘z navbatida, bular ham o‘sib gullaydi va Shoxlanish shu tartibda davom etadi. Bu xildagi gul sutlamadoshlarda uchraydi.
To‘pgullar morfologik, tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.
Odiy to‘pgul gulyon bargchalari qo‘ltig‘ida yakka-yakka joylashadi yoki to‘pgulning uchki Shoxlarida joylashgan bo‘ladi. Masalan, oddiy boshok, soyabon va boshqalar. Murakkab to‘pgulning gullari qoplag‘ich bargchalar qo‘ltig‘ida to‘p-to‘p bo‘lib va to‘pgul Shoxchalarining uchki qismida joylashadi. Murakkab to‘pgulningquyidagi turlari bor. Murakkab boshoq-monopodial Shoxlangan asosiy o‘q qismids ko‘plab oddiy boshoqchalari bor. Masalan arpa, bug‘doy, javdarda. Murakkab soyabon-soyabonning har bir gul bandi takror soyabonchalarga ega bo‘ladi. Masalan, sabzi, kashnich, ukropda. Murakab shingil-ro‘vak asosiy o‘q qismi uzun unda ikkilamchi o‘qlar hosil qilib, mayda shingilchalari bor. Bunga siren, uzummisol bo‘la oladi. Murakkab qalkoncha-bir tenlikdagi gul bandiga ega bo‘lmagan aralash to‘pgul bo‘lib,asosiy o‘q qismi oddiy qalqon yon o‘qlari va savatcha ko‘rinishida qavariq bo‘ladi. Masalan, marjon daraxti butasi (buzina) va oqboshda.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin