Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Ildizlardagi qo‘shimcha kurtaklar



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə23/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ildizlardagi qo‘shimcha kurtaklar.
Ko‘pgina 2 pallali o‘simliklarning ildizlarida peresikldan xuddi yon ildizlar kabi, endogen yo‘l bilan qo‘shimcha kurtaklar paydo bo‘ladi. Bu kurtaklar keyinchalik bargli novdaga aylanadi. O‘sha novdalar ildiz bachkilari yoki ildiz novdalari deb ataladi. Bunday o‘simliklarga tog‘ teragi , terak, shumtol, oq akatsiya, tol, siren, zirk, malina, maymunjon, olcha, olxo‘ri, semizo‘t, chirmovik, yantoq, qoqio‘t, xren va boshqalar kiradi. O‘simliklar ildiz bachkilari vositasida vegetativ ko‘payadi. Eqiladigan o‘simliklar malina va maymunjon kabi o‘simliklar ildiz bachkilari bilan ko‘paytiriladi. Bo‘lar asosan tupdan ajratilib boshqa joyga o‘tkaziladi.
Bir pallalilar o‘rtasida ba’zi arxezgullilarning ildizlaridagina qo‘shimcha kurtaklar paydo bo‘ladi. YUksak darajadagi sporalilar orasida kamdan -kam qirquloqlar va plaunlar ildizida qo‘shimcha kurtaklar yuzaga leladi.
Ildiz geotropizmi. O‘simlikning asosiy ildizi tuproqqa tik turadi, ildizni shu yo‘nalishdan chiqrib, gorizontal holda ko‘mib qoyilsa, u qayrilib yana tik pastga qarab o‘sadi. Bu hodisa musbat geotropizm deb ataladi va erning tortish kuchi ta’siri bilan yuzaga keladi. Asosiy ildizdan chiqadigan yon ildizlar ham shu kuch ta’sirida deyarli gorizontal holda o‘sadi. Ular ko‘ndalangiga yoki transeverzal (lotincha-ko‘ndalang) geotropikdir.Uchinchi tartibdagi ildizlar hamma tomonga qarab o‘sadi va geotropik xususiyatga ega emas.
Ildizlar metamorfozasi. Bir qancha o‘simliklarning ildizlari oziq moddalari to‘planadigan joy bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy ildizlar ham yon va qo‘shimcha ildizlar ham metamorfozga uchrashi mumkin. Yillik o‘simliklarning talayginasida birinchi yili faqat ildiz yoni tub barglari hosil bo‘lib, eqiladigan ildiz juda yo‘g‘on tortadi.
Ekiladigan "ildiz mevalari " - sabzi, petrushka , sholg‘om, turp, buryuk va lavlagi shu xildagi o‘simliklardir. Ko‘p yillik o‘simliklarda masalan tolxa, skorsoner va boshqalarda ham Shunga o‘xshash etdor, yo‘g‘on, asosiy ildizlar bo‘ladi.
YOn yoki qo‘shimcha ildizlarda hosil bo‘ladigan va oziq moddalar saqlanadigan etli yo‘g‘on joy ildiz tugunaklari yoki ildiz g‘uddalari deb ataladi. Bunday ildiz tugunaklarini kartoshkagul, chistyak, batat va talaygina arxezgullarida ko‘rish mumkin.
Ko‘pgina tropik daraxtlarda tana bilan Shoxlardan qo‘shimcha havo ildizlari paydo bo‘ladi va daraxtlarga tayanch va oziq beradi. Bunday ildizlarga yog‘och oyoq ildizlar deb ataladi. Bu xil ildizlar suvda balchiqli kichik dengiz ko‘rfazlarda o‘suvchi daraxtlarda bo‘ladi, osilib o‘suvchi ba’zi lianalarda oziqlantiruvchi normal ildizlardan tashqari poyasidan yana qo‘shimcha tirkosa ildizlar chiqadi, chirmovgul,vanil ba’zi bir fikuslarda Shunday ildizlar bor. Ba’zi o‘simliklarda orxezgullilar ,kuchalagullilar, havo ildizlari deb ataladigan havoda osilib turadigan qo‘shimcha ildizlar bor.
O‘simliklarimizdan suv yong‘og‘ida assimilyasiya qiluvchi Yashil ildizlar bor. Bu ildizlar urug‘pallaning pastki bandi bilan chiqadi va suvda suzib yuradigan patsimon kesik iplar shaklida bo‘ladi. Botqoqliklarda kislorod kam tuproqlarda o‘sadigan ba’zi o‘simliklar nafas oluvchi ildizlar yoki shmollatuvchi ildizlar degan ildizlarni hosil qiladi. Talaygina mangro daraxtlari va Amerika botqoq kiparasida Shunday ildizlar bor.
Shunday qilib, ildiz morfologiyasini o‘rganish ildizni quyidagicha ta’riflashga imkon beradi. Ildiz o‘simliklar tanasining barglari ham ma’lum tartibda joylashgan kurtaklari ham bo‘lmagan organdir. Ildiz o‘simlik tanasining har qanday joyida vujudga kelishi mumkin. Bo‘yiga uchidan o‘sadi. O‘sishi ko‘p hollarda uzoq davom etadi. Endogen tipda Shoxlanadi. G‘oyat ko‘p o‘simliklar ildiz uchida g‘ilofchasi bo‘ladi.Ildizning birlamchi anatomik tuzilishida lub bilan yog‘ochlik radial joylashgan asosiy ildiz musbat geotropdir.

SAVOLLAR:


1.Ildizning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati nimadan iborat?


2.Ildiz va rizoidning bir-biridan farqi?
3.Ildizning turlari?
4.Qaysi o‘simliklarda ildiz qini yo‘q?
5.Rizodermaning vazifasi nima?
6.Ildizning birlamchi va ikkilamchi tuzilishi deganda nimani tuShunasiz?.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin