Stel nazariyasi.
Stel (yunon. “stela”-ustuncha) - o‘zaklarning kelib chiqishi va tuzilishi, evolyo‘tsiyasi haqidagi nazariyaning asoschisi fransuz botanigi Van tigeldir. U ildiz peritsiklini o‘rab turuvchi birlamchi to‘qimalar yigi’ndisini stela deb atadi. Keyinchalik poya peritsiklidan keyingi barcha o‘tkazuvchi va boshqa to‘qimalar to‘plamini stela deb hisobladi.
Stelning eng sodda va qadimgi xili - gaplostela (yunon. gaplos-oddiy, sodda) yoki protesteladir (yunon. protos-birinchi). Gaplostelada floema ksilemani yaxlit o‘rab turadi. Stelning bu xili riniofitlarda va bir qancha sodda o‘simliklar poyasida uchragan. YUksak sporali o‘simliklarning ba’zilarida hozir ham gaplostela uchraydi. Aktininostela (yunon. “aktinos”- nur)da ksilema yilduzsimon bo‘lib joylashadi, bu shakldagi stela sodda tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklarga (plaunsimonlarda, qirilib ketgan qirqbo‘g‘imlarda )xos belgidir. Novda yon organlariga o‘tadigan o‘tkazuvchi bog‘lamlatning hosil bo‘lishi aktinostelning shaklanishiga olib kelgan. Bundan tashqari aktinostella ksilema va floema o‘z atrofidagi boshqa to‘qimalarga ko‘proq tegib turadi, natijada moddalarning otishiga imkon yaratadi.
Sifonostel (yunon - naycha ) da o‘zak paydo bo‘ladi. Sifonostelning shaklanishi bilan yirik organizmlar hosil bo‘lgan. Ksilemaning qirg‘oqda joylashishi va naysimon tuzilishining vujudga kelishi poyani yanada chidamli bo‘lshga olib keldi.
Taraqqiyotning keyingi davrlarida diktiostela (diktion- to‘ r),eustela (yunon. eu-yaxshi, haqiqiy) lar hosil bo‘lgan. Diktiostela qirquloqlarga xos, ularda kambiy bo‘lmaydi. Eustela esa urug‘ hosil qiladigan o‘simliklarga xosdir.
Stel evolyo‘tsiyasining oxirida bir pallali o‘simliklarda ataktostela (yunon. “ainkor”; “taks” - tartib bilan joylashish) hosil bo‘lgan. Unda kambiy bo‘lmaydi va nay-tola bog‘lamlar murakkab joylashgan.
7-Mavzu: Bargning vazifasi, morfologiyasi va anatomik tuzilishi
Reja:
1.Yashil barg haqida umumiy ta’limot.
2.Oddiy va murakkab barg.
3.Barglarning tomirlanishi va qirg‘oqlarining qirqilishi.
4.Barg metamorfozasi.
5.Yashil barg yaprog‘ining ichki tuzlishi.
Barg o‘simlik tanasining faqat poyasida ekzogen o‘simta holida yuzaga keladigan a’zosi bo‘lib ma’lum tartib bilan joylashadi, asosan interkolyar va bazipetal ravishda ma’lum darajagacha o‘sadi, ko‘pincha umri qisqa bo‘ladi va hech qachon o‘zidan boshqa barg chiqarmaydi.
Barg ko‘pincha havodan oziqlanish (fotosintez ) va transpiratsiya vazifalarini bajaradi. Tipik barglar quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1.Barg plastinkasi, barg bandi, yon bargchalari va barg asosi.
Bandi bor barglar bandli barglar bandi yo‘q barglar, bandsiz barglar deb ataladi. Ko‘pincha o‘simliklar bargining pastki qismi tarnovga o‘xshab, kengayib ba’zan nayga ham o‘xshab ketadi va poyani o‘rab oladi. Ana shu qismiga barg qini deb aytiladi. Bu holatni boshoqli o‘simliklarda , soyabon guldoshlar oilasining vakillarida, orxislar deb ataladigan o‘simliklarda ko‘rish mumkin. Ba’zi o‘simliklarda masalan (bananlarda) barg qinlari bir birlari o‘rab olib baland soxta poya hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklarda pastki barglar yoki ba’zan hamma barglar reduksiyalanib qinlar holiga kelib qoladi. Ayrim o‘simliklarda barg tagidan juft sonda shaklan pardaga, qobiqqa, mayda mayda bargchalarga qiltanoq, yikanlarga (m: oq akatsiyadan, qora tikanda) ba’zan barglarda o‘xshash (no‘xat, uch tusli binafsha, chaqamig‘larda) chiqadi. YOn bargchalar ikki pallalilarning dukkakdoshlar, atirguldoshlar, ro‘yanguldoshlar oilasida va ba’zi bir pallalilarda baqato‘n, rdest va boshqalarda ham uchraydi.
G‘alla donli o‘simliklarning barg plastinkasi bilan barg g‘ilofi o‘rtasida kichkina pardaga o‘xshab turadigan tilchasini ko‘pgina morfologlar bir-biriga qo‘shilib ketgan ikkita yon bargchadan hosil bo‘lgan deb qaraydi. Ko‘pgina o‘simliklarda yon bargchalar asosiy bargga nisbatan erta rivojanib, kurtakdagi asosiy barglarni himoya qiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda yon bargchalar kurtaklar yozib kelayotganda tushib ketadi. Bu holatni lipa, tog‘ terak, dub, olma, nok, cheremuxa, kabi o‘simliklarda ko‘rish mumkin. Ba’zi o‘simliklarda umr bo‘yi saqlanib qoladi. Ayrim o‘simliklarda ya’ni barglari kuchsiz yoki butunlay taraqqiy etmaganda yon bargchalar barg vazifasini bajaradi. Bo‘larning eng muhim qismi barg plastinkasi bo‘lib, u har xil o‘simliklarda turlichadir. Barg plastinkasi ta’rifi o‘simliklarni ilmiy tasvirlashda kattagina o‘rinni egallaydi. Mana shu asosda 18 asrdayoq botanik K.Linney (1707-1778) barg tiplarini sanab 170 xilga etkazgan edi.
Barg plastinkasining bo‘linganligi ustida gapirganda chetlari yaxlit barglardan tortib juda bo‘linib-bo‘linib ketgan barglar borligini nazarda tutmoq kerak.
CHetlari mutlaqo yaxlit barglar tekis qirrali barglar deb ataladi. Agarda chetlarida barg plastinkasi enining to‘rtdan biridan kichiqroq keladigan o‘yiqlari bor barglar butun barg deb ataladi. Ayni vaqtda barg chetidagi tishlar o‘tkir bo‘lib, ularning ikkala qirasi taxminan baravar uzunlikda bo‘lsa bunday barg tishli barg deyiladi. Barg tishlari o‘tkir bo‘lib, barg uchiga qarab tursa va Yuqori qirrasi pastki qirrasidan kaltaroq bo‘lsa bunday barg arrasimon barg deb ataladi. Butun bargning qirralari o‘tmas bo‘lib, ularning orasidagi chuqurchalar o‘tkir bo‘lsa, bunday barg tumtoq qirrali barg deyiladi.
CHetidagi o‘yiqlari barg plastinkasi enining to‘rtdan biriga keladigan barg bo‘lsa barg deb ataladi (dub, zarang, chinor, g‘o‘za ). Kesiklar barg plastinkasining to‘rtdan biridan ham chuqurroq tushadigan bo‘lsa, bunday barglar ajralgan barglar deyiladi. Agar kesiklari o‘rta tomirgacha etadigan bo‘lingan barg deb ataladi.
Barg bo‘lmalari yoki chuqur kesiklari bargda qanday joy olishiga qarab patsimon, uchtalik, panjasimon degan xillarga ajratiladi. Patsimon bo‘lingan barglarning oxirgi bo‘lagi yon bo‘laklarga qaraganda yirikrok bo‘lsa, bunday barg lirasimon barg deb ataladi. Bunga surepka, sholg‘om, bryukvalarning pastki barglari misol bo‘ladi. Patsimon bargda yirik bo‘laklar mayda bo‘laklar bilan navbatlashadigan bo‘lsa bunday barg uzuk patsimon bo‘lingan barg deyiladi(m:kartoshka bargi).
Bargchali umumiy bandga alohida-alohida birikib bitta-bittadan to‘qiladigan barglar murakkab barglar deyiladi. Murakkab barglar uchtalik murakkab (zemlyanikada), patsimon murakkab (no‘xat, loviya va akatsiyada), panjasimon murakkab barg (kashtan daraxti va yovvoyi tok, lyupinlarda )ga bo‘linadi.
Panjasimon bargning asosiy bandida bargchalar bo‘lmay, ikkinchi tartibdagi bandlarga bargchalar joylashgan bo‘lsa bu barglarda qo‘sh patsimon murakkab barg deyiladi (m: chin akatsiya, gledichiya, memozalarda ).
Murakkab barglar qo‘sh uchtalik murakkab barglar, uch-uchtalik murakkab barglar, panja patsimon murakkab barglar deb atalgan xillarga ega (uyatchan memozada ).
Bargdan o‘tadigan tomirlar bargdan poyaga o‘tuvchi o‘tkazuvchi bog‘lamdir. Ularning eng ingichkalarini aytmaganda juda ko‘pchiligida yog‘ochlik va lub hujayralari bilan birga sklerenxima tollari ham bo‘ladi.
Tomirlarning vazifasi bargga suv va unda erigan mineral tuzlarni o‘tkazish, bargdan esa assimilyasiya mahsulotlarni olib ketish va mexanik tayanch bo‘lish, ya’ni barg plastinkasiga mexanik tayanch bo‘lish va barglarni yirtilishidan saqlashdir. Barglar tomirlarni plastinkasida joylanishga qarb paralel tomirli (boshoqli o‘simliklar, qiyoqlar), yoysimon tomirlar (marvaridgul), panjasimon tomirlar (zarang) va patsimon tomirlarga bo‘linadi. Ayrim qirquloqlarda va ginko degan ochiq urug‘li o‘simlikda barglar dixotomik tipda tomirlangandir.
Barglarning urug‘li o‘simliklarda joylanishida ba’zi bir qonuniyatlar bor. Ko‘pchilik o‘simliklarning barglari bo‘g‘imlaridan bitta-bittadan chiqadi. Bu xil barg joylanishiga ketma-ket spiral yoki navbatli barg joylanishi deb ataladi.
Bo‘g‘imda ikita barg bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lsa, suprotiv (qarama-qarshi) barg joylanishi deyiladi. Poya bo‘g‘imidan uchta va undan ko‘p barg chiqqan bo‘lsa buni mutovkasimon to‘p barg joylashuvi deyiladi(m: elodiya, oddiy qora archa, sambitgul, qirqbo‘g‘imlarda). Barg joylashuvida birinchi barg bilan bitta o‘rtasida to‘rgan oxirgi bargni hisobga olmaganda o‘sha spiraldagi barglarni hammasi barg sikli deb ataladi. Spiral barg joylashuvini kasr bilan ifodalaydigan bo‘lsak, kasr suratiga bitta barg sikli asosiy spiralining poyaga necha marta o‘ralishi qo‘yilsa maxrajiga poyadagi orto stixlar soniga to‘g‘ri keladigan mazkur sikl barglarining soni qo‘yiladi. Maslan: 1/3 barg joylashuvida asosiy spiral poyada bir marta aylanadi, barg sikli 3 bargdan yuzaga keladi.
Odatda barglarning olgan joyi, katta kichiqligi, qisman shakli ham yorug‘lik sharoitida moslashgan bo‘ladi va barg naqshlarini hosil qiladi.
Barglar ontogenezida novdaning o‘suvchi konusidagi embrional meristemasidan akropital tartibda oldiniga differensiyalashmagan ekzogen bo‘rtmalar ko‘rinishida vujudga keladi. Keyinchalik barg asosi tag va Yuqori qismlarga bo‘linadi. Birlamchi bargning Yuqori qismidan barg plastinkasi bilan barg bandi rivojlanadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda barg plastinkasi odatda bazipital ravishda yuzaga keladi, ya’ni uning uchi oldinroq tashkil topadi va o‘sish hamda yuzaga kelish prosessi shu erdan barg plastinkasi asosiga farq qiladi. Kurtaklardan o‘sib chiqgan novdalarda odatda 3 ta barg kategoriyasini: pastki, o‘rta, teppa barglarini ajratish mumkin. Pastki barglar novdaning rivojlanishida kechikkan novdaning birinchi barglaridir. Ular yo butun barg boshlang‘ichi murtagidan yoki plastinkasi tarqqiy etmagan barg asosidan iborat bo‘lib, aksari och Yashil sarg‘imtir yoki qo‘ng‘ir rangli po‘stlarga yoki barg qinlarga o‘xshaydi. Er ustidagi o‘tsimon novdalarning tagidagi plastinkasiz qobiqlar yoki qinlar piyozning tashqi qoplag‘ich qobiqlari, pastki barglariga kiradi. Embrionning urug‘ pallalarini ham Shunga kiritsa bo‘ladi. O‘rta barglarda hammadan yaxshi taraqqiy etgan Yashil barglar kiradi. Tepa yoki ustki barglar novdaning uchida, gullar va to‘pgullar yaqinida bo‘lib, kichikligi va shaklining soddaligi va hamda rangining boshqacha bo‘lishi bilan o‘rta barglarda farq qiladi. Tepa barglarda to‘pgul va gullarning qoplag‘ich barglari hamda gul barglarining gul yon bargchalari kiradi. Pastki va tepa barglar oziqlanishida rol o‘ynamaydi, balki biror organni ilk rivojlanish davrlarida himoya qilish vazifasini bajaradi.
Barglar bir novdada yoki boshqa novdaga turadigan barglarni turli shaklda bo‘ladi. Bu hodisaga geterofiliya deb ataladi. Bu hodisani suv o‘simliklarda ( o‘q barg, suv yulduzi, rdestlarda ) ko‘rish mumkin.
Geterofiliyani tut va evkaliptda juda aniq ko‘rish mumkin. Barglarning katta kichikligi juda har xil bo‘ladi. Barglar bir necha millimetrdan rafiya deb ataladigan xurmo daraxtlarida bo‘yi 15-20 metrgacha boradi.
Barglar ham har xil yashaydi. Bir o‘simlikda qisqa, boshqa o‘simlikda uzoq yashaydi.Masalan:
Qarag‘ay barglari-2yil
Kavkaz oq qarag‘ay barglari-2-5 yil
Qora qarag‘ay barglari -5-7-12 yil
Braziliya arau karisi bargi 15 yil yashaydi.
Afrika vilvichiyasi bargi (poyasi 1 metr, ammo yo‘g‘on) ikkita lentasimon bargini bo‘yi 2-3-4 metr bo‘lib 100 yil yashaydi.
Dostları ilə paylaş: |