Poyaning ikkilamchi tuzilishi. Ikki pallali o‘simliklar poyasida ikkilamchi meristemalar juda erta shaklanadi. Shunga muvofiq ikkilamchi tuzilish (strukta)lar ham erta hosil bo‘ladi va tez rivojlanadi. Ikkilamchi tuzilishga o‘tish kambiyning shaklanishi bilan boshlanadi. Daraxtlarda bu jarayon tez sodir bo‘ladi va endigina yozilgan novdada birlamchi tuzilishni aniqlash juda ham qiyin. O‘tchil o‘simliklarda esa aksincha, ikkilamchi tuzilmalar erta shaklanishiga qaramay birlamchi tuzilish belgilari uzoq vaqt saqlanadi.
Poyaning tipik birlamchi tuzilishini o‘tchil o‘simliklar kurtagida ko‘rish mumkin. Kurtak yozila boshlagan vaqtda kambiy hosil bo‘ladi, u faol ishlaydi va ikkilamchi tuzilishni paydo qiladi. Kambiy hujayralari bog‘lamlar o‘rtasidagi parenxima hujayralaridan yoki floema va ksilema o‘rtasida saqlanib qolgan prokambiy (birlamchi kambiy ) hujayralaridan shaklanishi mumkin.
Ikki pallali o‘tchil o‘simliklarning ikkilamchi tuzilishi birlamchi tuzilishidan kam farq qiladi. Ikkilamchi tuzilish kambiy xalqasi hosil bo‘lishi va uning faoliyati tufayli yuzaga keladi, natijada poya yo‘g‘onlashadi va tola bog‘lamlari ma’lum bir tartibda joylashadi. Bu bog‘lamlar poya bo‘ylab paralel tortilganligi uchun ko‘ndalang kesmada ular doirasimon ko‘rinadi.
Poyaning bo‘g‘lamli tuzilishini sebarga misolida ko‘rish mumkin. Epederma yupqa kutikula qavati bilan qoplangan. Epiderma hujayralari yo’g‘omlashgan va kutikulashgan. Epiderma ostida yupqa po‘stli po‘stloq parenximasi joylashadi. Uning hujayralari tangettal (lot. Tangens-tegishli, aloqador, uzunasiga, bo‘yiga) yo‘nalishda cho‘zilgan va shu sababli eniga o‘sishga yordam beradi. Keyinroq epidermaga eng yaqin joylashgan ana shu hujayralar kolenximaga (yunon.kolla-sirach; enxima-to‘lgan, mexanik-to‘qima) aylanadi. Kolenxima o‘tchil o‘simlik. Poyasi egiluvchan, Shuning uchun katta daraxtlar yiqilishi mumkin bo‘lgan kuchli shamolda ham uning poyasi sinmaydi.
Markaziy silindr yaxshi rivojlangan. Ammo persikl ko‘rinmaydi. Shunday bo‘lsada- tola bog‘lamlari ustidagi mexanik qalpoqcha persikldan hosil bo‘ladi.Markaziy silindrning eng asosiy elementlari tola (nay) bog‘lamlari va yirik hujayralari o‘zak parenximasidir. Bog‘lam kambiysi aniq ko‘rinib turadi. Bog‘lamlar o‘rtasidagi kambiy esa aniq bo‘lmaydi. Ular keyinroq hosil bo‘ladi va bog‘lam kambiysi bilan qo‘shilib yaxlit kambiy xalqasini hosil qiladi.
Bog‘lamli tuzilishga ega bo‘lgan va o‘zak nurlari yaxshi rivojlangan poyaning tuzilishiga kirkazonning poyasini misol qilish mumkin. Zigir o‘simligining poyasi bog‘lamlarsiz tuzilishga ega. Uning po‘st qismida birlamchi hamda ikklamchi gistologik elementlar ajralib turadi. Birlamchi parenxima hujayralari hajmining kichikligi va cho‘zinchoqligi bilan farqlanadi. Lub tolalarining hujayra devorlari qalin bo‘lib, ular tekstil sanoatida ishlatilai. Floema ustida yirik hujayrali ikkilamchi po‘stloq parenximasi joylashgan. Floema bilan ksilema yaxlit xalqa shaklda joylashgan bo‘ladi.