Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə30/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Yillik halqalar.
Kambiyning faoliyati yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi. Ayniqsa bahor oylarida, o‘simliklarda shira suyuqligi oqishi boshlangan davrda kambiyning faoliyati ortadi. Mana shu vaqtda shakllangan o‘tkazuvchi elementlar - traxeya va traxeidlarning diametri yiriklashadi. Kuz yaqinlashib kelgani sayin kambiy faoliyati susayai, hamda ajratib chiqarilayotgan hujayralar soni kamayib, ularning diametri kichrayadi va hujayra po‘sti qalinlashadi. Shunday qilib, bahorgi va kuzgi hosil bo‘lgan hujayralar o‘rtasidagi keskin farqlanish natijasida yillik halaqlar hosil bo‘ladi. Yillik halqalarning o‘sish tezligiga, qalinligiga yog‘ingarchilik miqdori, harorat rejimi va quyoshli kunlar soni ta’sir etadi.
Ylllik halqalarning qalinligiga, shakliga qarab klimatolog va paleontolog olimlar o‘tgan yillar va hatto o‘tgan asrlar (qazilma o‘simliklarda ) iqlimini aniqlaydilar. Halqalar soniga qarab esa daraxtlarning yoshini aniqlash mumkin. Iqlimi quruq va issiq cho‘l sharoitida o‘sadigan ba’zi o‘simliklarda (saksovul, eldor, qarag‘ayi va boshqalarda ) yozdagi yog‘ingarchilik vaqtida soxta yillik halqalar hosil bo‘lishi mumkin. Agar e’tibor bilan qaralsa , bu soxta halqalar ko‘rinadi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlardan biri Shundaki, paydo bo‘lgan halqalar to‘liq doira hosil qilmaydi.
YOg‘ochlikdagi yillik o‘zgarishlar.
Yillik halqalarning eng qarilari poyaning markazida joylashadi. Shuning uchun yillar o‘tishi bilan yog‘ochlikning ichki qismlariga suv, oziq moddalar va kislorodning kirishi qiyinlashadi. YOg‘ochlikning ichki halqalaridagi tirik parenximalar moddalar almashinuvi og‘irlashadi. Natijada bu hujayralarda pufaksimon bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Nalar (traxeyalar ) bo‘shlig‘i har xil moddalr (smola, efir moylari, oshlovchi va boshqa moddalar ) bilan shimiladi. Natijada butun bir halqa hujayralarida moddalar almashinuvi deyarli to‘xtaydi.
Shu moddalarning to‘planishi va oksidlanishi natijasida o‘sha yillik halqa ma’lum bir rangga kiradi. Bu rang turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Yillar o‘tishi bilan bunday halqalarning soni ortib boradi va yog‘ochlik markazi yoki uning o‘zak (eng qari ) qismi maxsus rangi bilan ajralib turadi. YOg‘ochlikning yosh qismi o‘zak atrofi (yog‘ochlikning tashqi qavati ) deyiladi.
Ana Shunday chiroyli rangga o‘zakka ega bo‘lgan yo’g‘och qimmatli hisoblanadi. Undan turli badiiy buyumlar tayorlanadi. YOg‘och ,kashtanda yog‘ochning o‘zagi to‘q - kashtan rangida, qag‘ay va qayrago‘ochda - jigar ranngda; tiss (qizil daraxt) da - to‘q qizil rangda; zirk, to‘tlarda - sariq, rangda; xurmoning turli vakillarida - qora rangda boyalgan bo‘ladi. YOg‘ochlikning ana shu o‘zak qismini o‘rmonchilikda etilgan yog‘ochlik deb yuritiladi.
Ba’zi o‘simliklarda yog‘ochlik o‘zagi yumshoq bo‘ladi. Shu sababdan zamburug‘ va boshqa mikroorganizmlar yog‘ochlikni osonlik bilan emiradi. Bunday daraxtlarda ( terak, tol, chinor ) kovak hosil bo‘ladi. Ularning umri nisbatan qisqa. Biroq chinor bundan mustasno. CHinorning ichi kovak bo‘lsada uzoq umr ko‘radi.
YOg‘och - xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun ajoyib xom ashyo hisoblanadi. U qurilishda, mebel ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi. YOg‘ochlokdan yog‘och spirti, sirka kislotasi, atseton, turli smolalar, bo‘yoqlar va boshqa moddalar ajratib olinadi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin