Kambiy hujayralarining faoliyati. Kambiy hujayralarining faoliyati boshqa meristema hujayralariga qaraganda boshqacharoq va o‘ziga xos tuzilishga ega. Ularning shakli tangettal yo‘nalishda cho‘zilgan bo‘lib, ana shu yo‘nalishda bo‘linadi. Kambiy hujayralarining ikki uchi o‘tkirlashgan. Birinchi ajralib chiqgan kambiy hujayrasi ona yoki initsial hujayra bo‘lib qolaveradi. U o‘zida "cheksiz " bo‘linib hujayralar hosil qilish qobiliyatini saqlaydi. Initsial hujayraning bo‘linishi natijasida meristema hujayrasi hosil bo‘ladi, u takroriy bo‘linadi va hosil bo‘lgan hujayradan floema va ksilema doimiy elementlari shaklanadi. Bo‘linayotgan kambiy hujayrasi ksilema hujayralarini floema va ksilema doimiy elementlari shaklanadi. Bo‘linayotgan kambiy hujayrasi ksilema hujayralarini floema hujayralariga nisbatan 3-5 barovar ko‘p ishlab chiqaradi. Kambiy xalqasi o‘z faoliyatida borgan sari poya markazidan uzoqlashib, massasi ortib boraveradi.
Daraxt o‘simliklar poyasining tuzilishi. Daraxtlarning poya tuzilishi o‘tchil o‘simliklarning poya tuzilishidan farq qiladi. Daraxtlar poyasining o‘ziga xos vazifalari bor. Daraxtlarning poyasi ko‘p yillar davomida o‘zidagi yon Shoxlar, Shoxchalar va barglarning og‘irligini ko‘tarib turadi. Daraxtchil o‘simliklar poyasidagi asosiy farq Shundaki, ularning to‘qimalari kuchli yogo‘ochlanadi va taraqqiy etadi hamda poya markazida joylashadi.
Hozirgi zamon daraxt o‘simliklarga ninabargli daraxtlar (qarag‘ay, oqqarag‘ay, qoraqarag‘ay, tilog‘och), ikki pallali bargli bargli daraxtlar (qayin, tog‘terak, eman, zarang, qayrag‘och, jo‘ka, shumtol va boshqalar) kiradi.
Nina bargli daraxtlar bilan ikki pallali daraxt o‘simliklar poyasi o‘xshash bo‘lib, ikkilamchi tuzilishga ega. Ularning asosiy struktura elementi -kambiydir. U floema va ksilema elementlarini hosil qiladi va poyaning yo‘g‘onlashuvini boshqaradi. Kambiyning asosiy vazifasi, albatta, o‘simlikning butun hayoti mobaynida kuchli ksilemani (yog‘ochlikni) shaklantirish. Ammo ksilema hujayralarining tarkibi va joylashish tartibi bo‘yicha ninabargli va ikki pallali daraxtlar poyasi farq qilinadi.
Bir pallali daraxt o‘simliklar tropik va subtropik o‘rmonlarda tarqalgan. Ularning poyasida kambiy bo‘lmaydi, bog‘lamlar yopiq, tartibsiz shaklangan. Bunday o‘simliklarda ham ikkilamchi o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin bu o‘zgarishlar parenximadan hosil bo‘luvchi va juda qisqa muddat ishlaydigan halqalar hisobiga ro‘y beradi.
Ikki pallali daraxt o‘simliklardan qayragochning poya tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Ikkilamchi tuzilish shakllana boshlagandan po‘stning eng tashqi qavati bo‘lib periderma hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p daraxtlarda periderma bilan markatsiy silindr o‘rtasida po‘stloq parenximasi joylashgan. Markaziy silindr peresikldan, agar u bo‘lmasa floemadan boshlanadi. Ikkilamchi floema elementlari kambiydan ekzoarx (yunon.ekzo-tashqi; arxe-boshlanishi), ya’ni markazdan tashqariga qarab hosil bo‘ladi. Ikkilamchi floema hujayralari birlamchi floema hujayralaridan yirikroq. Vaqt tishi bilan ikkilamchi floema hujyralari ko‘payib, birlamchi floemani deyarli ko‘rinmas holga keltirib qo‘yadi yoki ular yupqa halqa shaklida qko‘rinishi mumkin. Ikkilamchi floema elementlari - elaksimon naychalar va yo‘ldosh hujayralar. Ularga aralashgan holada lub (floema) parenximasi va lub mexanik tolalari joylashadi.
Floemaning gistologik elementlariga o‘zak nurlari ham kiradi, ular floema halqasini radial yo‘nalishda yorib o‘tadi. Lub parenximasi hujayralarida kraxmal, gemitselyuloza g‘amlanadi. Kuz oxiriga kelib bu hujayralarda Yuqoridagi moddalar o‘rniga glyukoza, yog‘ va boshqalar to‘planadi. Lub parenximasi hujayralarida ajratib chiqariluvchi moddalar - har xil alkaloidlar, glyukozidlar, oshlovchi modda va boshqalar to‘planadi. Ba’zi o‘simliklar floemasida so‘t yo‘llari bo‘ladi.
YOg‘ochlikning (ksilemaning) asosiy elementlariga - naylar, traxeidlar, mexanik tolalar (libriform) va parenxima kiradi. Parenximani yog‘ochlik parenximasi va o‘zak nurlari tashkil etadi. Ikkilamchi ksilema va ikkilamchi floemani hosil qiluvchi kambiy ko‘p qatorli bo‘lib joylashadi. Libriform - yog‘ochlikning asosiy elementi bo‘lib, mexanik vazifani bajaradi.
O‘zak nurlari birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi o‘zak nurlari o‘zakdan boshlanadi va butun yogo‘ochlik orqali po‘stloqqa qadar davom etadi. Ikkilamchi o‘zak nurlari bir yillik halqadan boshlanadi va kambiy halqagacha boradi.