Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə37/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

SAVOLLAR:


1. To‘pgullarning umumiy ta’rifini bering.
2. To‘pgullarning morfologik xususiyatlari izohlang.
3. Gulda jinslarning bo‘linishi va gul qismlarining joylashishini ta’riflang.


10-Mavzu:Urug`ning tuzilishi. Meva xillari
1.Mevalarning umumiy ta’rifi.
2.Mevalarning morfologik xususiyatlari..
3.Meva va urug‘larning tarqalishi..


Mevalarning umumiy ta’rifi. Meva - yopiq urug‘li o‘simliklarning eng asosoy hosil organlaridan biri hisoblanadi. Meva urug‘lanishdan keyin, gulda ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng paydo bo‘ladi. Mevalar urug‘ning yetilishiga, himoya qilinishiga, tarqalishiga xizmat qiladi. Ularning tuzilishi va morfologik ko‘rinishi juda xilma -xildir.
Faqat urug‘chi (ginestiy ) dan hosil bo‘lgan meva haqiqiy meva deb ataladi. Bir necha urug‘chidan hosil bo‘lgan meva (masalan, malina, maymunjon, ayiqtovonguldoshlar va boshqalar ) to‘p meva yoki murakkab meva deb ataladi. Mevalarni aniqlashda ulardagi ba’zi belgilar, chunonchi: meva po‘sti-perikarpiy (yunon. peri-atrofida; karpos-meva)ning tuzilishi, mevaning ochilishi yoki to‘qilishi hamda mevaning tarqalishi e’tiborga olinadi.
Mevaning ustki qavati perikarpiy tuguncha yoki gulning boshqa organlarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi. Perikarpiy ustida har xil o‘simtalar: tikan, qanotchalar, tukchalar bo‘lib, mevalarning tarqalishiga imkon yaratadi. Meva po‘sti uch qavatdan iborat. Tashqi qavati ekzokarpiy (yunon. ekzo -tashqi; karpo -meva), ichki qismi endokarpiy (yunon. endo-ichki) va ularning orasida turadigan o‘rta qismi mezokarpiy (yunon. mezos- o‘rta ) deb ataladi. Perikarpiyning bu qatlamlarini hamma vaqt ham bir -biridan ajratib bo‘lmaydi. Ularni ko‘pincha danak shaklidagi mevalarda ko‘rish mumkin. Masalan, danaklilarda tashqi yupqa -ekzokarpiy, mevani yeyish mumkin bo‘lgan etdor qismi -mezokarpiy va yog‘ochsimon qattiq(danak )-endokarpiy qavatlari bo‘ladi. Haqiqiy (rezavor) -yumshoq, shirali mevalarda bu qatlamlarni ajratib bo‘lmaydi. Ba’zi quruq mevalarda (kungaboqar) meva po‘sti takomillashgan hujayralardan iborat, lekin ayrim mevalarda (oreshnik ) gomogen (yunon. gomo bir xil, genos- chiqib kelish).
Mevalarning morfologik xususiyatlari. Tutashmagan yoki murakkab meva, ya’ni Yuqori gul tugunchasidan hosil bo‘ladigan bir necha urug‘chi barglardan tashkil topgan meva apokarp meva deb ataladi. Bunday mevalar ko‘p mevalilarga xos bo‘lib, ayiqtovondoshlar, kapalakguldoshlar oilalalarining vakillarida uchraydi.
SINKARP MEVALAR (yunon. sin -birgalikda; karpos -meva ) -eng ko‘p uchraydigan mevalar guruhidir. Morfologik jihatdan sinkarp mevalar ko‘sak yoki chanoq va qo‘zoqcha , qanotli, rezavor yoki yumshoq meva va boshqa ko‘pgina xillardan iborat.
Ko‘sak yoki chanoq- ko‘p urug‘li meva. Ular ikkita va undan ko‘p meva bargchalardan tashkil topadi. Bir uyli yoki ko‘p uyli bo‘ladi. Bunday mevalar loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar, zubturumdoshlar, chinniguldoshlar, toldoshlar, binafshadoshlar, ko‘knordoshlar, qo‘ng‘iroqdoshlar, pashmakdoshlar va boshqa bir necha oilarda uchraydi. Ularning ochilishi xususiyati har xil bo‘ladi. CHunonchi, qopqoqchalar (mingdevona, semizo‘t, zubturum va boshqalarda), teshikchalar (ko‘knor, qo‘ng‘iroqgulda ), tepa tishchalar (chinnigul, navro‘zgullarda), ustki uchidan pastki uchigacha uzunasiga o‘tadigan yoriqchalar (mingdevona, orxisdoshlar, binafsha, piyozguldoshlar va boshqalarda ) vositasi bilan ochiladi.
Bo‘linadigan mevalar. Merikarpiy (yunon. meris-bo‘lakcha, parcha; karpos-meva ) -ikki yoki ko‘p uyli pastki va orta tugunchadan hosil bo‘ladi, yetilgandan keyin ikki yoki bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Masalan, tugmachagul, gulxayri, soyabonguldoshlar, labguldoshlar va boshqalarda bo‘ladi.
YONG‘OQCHA. (kichiq meva) -ustki tugunchadan hosil bo‘ladigan bir urug‘li quruq meva qobig‘i yog‘ochlangan po‘st bilan o‘ralgan. Ayiqtovon, esparset mevalari yong‘oqchaga misol bo‘ladi.
QANOTCHALI MEVA - merikarpiy mevalarning bir turi. Bunday mevalarning yonida po‘ssimon yoki pardasimon yassi ortig‘i bo‘ladi (zarang, qayrag‘och, shumtol va boshqalarda).
QO‘ZOQ VA QO‘ZOQCHA - ikki uyli sinkarp meva bo‘lib, tushib ketadigan ikki qopqoqchaga o‘xshab pastdan tepasigacha yoriladi, qopqoqchalarning orasida urug‘lari bo‘ladi . Meva bo‘yi enidan to‘rt barobar ortiq bo‘lsa qo‘zoq, undan kam bo‘lsa, qo‘zoqcha deb ataladi. Ba’zan qo‘zoq bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Bu xildagi mevalar bo‘tguldoshlar oilasining vakillariga xosdir.
REZAVOR yoki YUMSHOQ mevalarda barglar soni ham har xil. Ko‘p uyli va ko‘p urug‘lidir. Ba’zan bitta urug‘ bo‘lishi mumkin(uzum, pomidor, baqlajon va boshqalar).
GESPERIDIY (gol. Geest-mavasiz; yunon. peridiy-qopcha, xalta ) deb aytiladigan mevalar ustki tugunchadan hosil bo‘ladi va shirali sinkarp meva deb ataladi. Masalan, apelsin, mandarin va boshqalar. Apelsin tugunchasi ko‘p uyli, mevaning tashqi - ekzokarpiy qismi sariq, qalin va rangdor po‘stli, unda efir moyi bezlari bor. O‘rta qismi g‘ovak ichki mezokarpiy qismi etdor rangda, sersuv bolib, iste’mol qilinadi. SHirali sersuv mevalarga tropik o‘rmonlarda o‘suvchi banan mevasi misol bo‘la oladi. Ularning mevasi ostki tugunchadan rivojlanadi.
PSEVDOMONOKARP (yunon. psevduos-yolg‘on, soxta; mono- bitta; karpmeva ) xildagi mevalarning tashqi ko‘rinishi monokarp -yakka urug‘li mevaga o‘xshash bo‘lib, bunday mevalar psevdomonokarp gineseydan taraqqiy etadi. Ularda tuguncha ostki , bir uyli 9 xonali) va bir urug‘li bo‘ladi, masalan, yong‘oq(Juglans regia). Meva po‘sti-ekzokarp, etli, mevasi po‘stidan ajralgandan keyin chin yong‘oq yoki danakli soxta meva bo‘ladi.
PARAKARP mevalar (yunon. para-oldida, yondosh, qo‘shni ; karpos-meva ) deb bir necha mevabarglarning yig‘indisidan hosil bo‘lgan bir uyli mevalarga aytiladi. Ular bir uyli yoki ko‘p urug‘li, ochiladigan yoki ochilmaydigan, ustki va ostki tugunchalardan hosil bo‘ladi. Ochiladigan mevalarga: ko‘knor, qizg‘aldoq, ituzumdoshlardan kartoshka, shumg‘iyadoshlarda uchraydi.
Meva va urug‘larning tarqalishi. Meva va urug‘lar pishib yetilgandan so‘ng bir qismi erga tushadi, bir qismini o‘simlikdan uzib terib olinadi. O‘simliklarning diasporalari (yunon.diaspeyro -sochilmoq) tabiiy ravishda o‘simlik tanasidan ajralib, ko‘payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar spora, urug‘, meva va boshqalar vositasi bilan tarqaladi.
Diasporalarning tarqalishi asosan ikki usul bilan bo‘ladi. 1. Meva va urug‘larning tabiiy tarqalishi. Bunday tarqaladigan o‘simliklar avtoxor (yunon. ao‘tos- o‘zish; xoreo- tarqalaman ) o‘simliklar deb ataladi. 2.Turli vositalar (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odamlar ) orqali tarqaladigan o‘simliklarga alloxor (yunon. allos-boshqa; xoreo- tarqalaman ) o‘simliklar deyiladi.Bunday o‘simliklarga gunafshalar, kapalakguldoshlardan (akastiya , burchoq, mosh va boshqalar )geran, yovvoyi xina va boshqalar misol bo‘ladi.
BAROXOR o‘simliklarga mevasi og‘ir bo‘lgan ba’zi o‘simliklar (yong‘oq, eman, kashtan)ning mevalari misol bo‘la oladi. Bu mevalar pishgandan keyin uzilib tagiga tushadi. Avtoxor mevalarning orasida gepkarp (yunon. geo-er) mevalar ham bo‘ladi. Ular pishgandan keyin daraxtdan uzilib, erga tushadi va erda pishadi. Masalan, O‘zbekistonda sabzavot ekinlari eqiladigan maydonlarda doimo uchraydigan laylak tumshuq (Erodium cico‘tarium ) degan begona o‘tning mevasi beshta yong‘oqchadan iborat. YOng‘oqchalarning pastki tomonidagi uchida tukli alohida tumshuqchasi orqaga qayrilgan, Yuqori tomonida esa uzun qiltiqli o‘simtalari bo‘ladi. Bu o‘simtalar meva yetilguncha markaziy ustunchaga qo‘shilgan bo‘lib, meva yetilgandan keyin ustunchadan ajraladi. Mevalari quriganda parmaga o‘xshagan qiltiqchalrni, nam erni o‘zidan- o‘zi qazib kirib ketadi.
Alloxor o‘simliklarning meva va urug‘lari asosan tort xil yo‘l bilan : anemaxor( yunon. anemos-shamol ), zooxor (yunon.zoon-hayvon), gidroxor (yunon.gidroo-suv ) va antropoxor (yunon.antropos -odam) yordamida tarqaladi.
Anemoxor o‘simliklar tabiatda juda ko‘p tarqalgan. Ularning meva va urug‘larini shamol yordamida tarqalishiga ba’zi moslashmalari "ko‘pakcha", "qanotcha", "parashyo‘t" yordam beradi. Bunday moslashmalar (tol, terak, qayrag‘och, shumtol, zarang, saksovul, juzg‘un, qoqio‘t, aristid, selin ) kabi o‘simliklarda uchraydi. Moslashmalar urug‘ va mevalarning havoda shamolm bilan tarqalishini osonlashtiradi. Ba’zi o‘simliklar (orxideyaguldoshlar, qichitqidoshlar, shumg‘iyaguldoshlar)ning urug‘lari juda mayda va yengilki , ular shamol vositasida uzoq masofalarga tarqaladi.
O‘rta Osiyo cho‘llarida o‘sadigan ba’zi o‘simliklarning mevasi pishgandan keyin er osti qismidan uziladi. CHo‘lda ancha joygacha shamol bilan uchib borgan urug‘larning bir biri bilan chirmashib , kattakon shar bo‘lib qoladi. Silkinish vaqtida bu urug‘lar to‘qiladi. Bunday o‘simliklar yumalovchi deb ataladi (yantoq, sho‘ra boltiriq, boyalich, parrak).
Talaygina o‘simliklar urug‘ va mevalarining hayvonlar vositasida tarqalishiga zooxor tarqalish deyiladi.
Ho‘l mevalarning urug‘larini hayvonlar ,asosan qushlar tarqatadi. Ko‘p urug‘lar loy bilan hayvon va qushlarning oyoqlariga yopishadi va shu yo‘l bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Urug‘ va mevalarning qushlar bilan tarqalishiga ornitoxoriya (yunon. ornitos-qush; xoreo- tarqalish ) deb ataladi.
Donsiz, etdor, sersuv mevalarni qushlar yeydi. Hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. Bu hodisaga endozooxoriya (yunon. endo- ichki ) deyiladi. Ba’zi o‘simliklarning urug‘lari esa chumolilar bilan tarqaladi, bunga mirmekkoxoriya (yunon. mirmeks- chumoli ) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g‘ozpiyoz va boshqalar ).
Gidroxor o‘simliklar daryo, ko‘l va dengiz qirg‘oqlarida o‘sadi. Ularning mevaurug‘lari suv vositasida tarqaladi. Masalan, daryo yoki dengizning cho‘milish uchun qulay bo‘lgan qirg‘oqlarida sho‘radoshlar oilasining ko‘kpek deb ataladigan bir necha turlari (olabo‘ta yoki sho‘rolabo‘ta)ni, qatron va boshqa o‘simliklarni uchratish mumkin. Oq nilufarning urug‘lari uning chuqur joyida turuvchi havo pufagi yorilguncha suv yuzasida suzib yuradi. So‘ngra urug‘lar suv tagiga cho‘kadi va ko‘karadi.
O‘simlik urug‘ va mevalarining inson tomonidan ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda tarqatilishiga , antropoxor deb ataladi. Masalan, quyon quyrug‘i, yovvoyi gultojixo‘rozning turlari, elodeya va boshqa bir necha xil o‘simliklar Ovrupoga SHimoliy Amerikadan (Kanadadan) olib kelingan. Hozir bu o‘simliklar Osiyoda ham tarqalgan. Qo‘ytikan Janubiy amerika qit’asidan Janubiy Ovrupoga, u erdan O‘rta osiyoga keltirilgan. Katta bargli zubturum, bug‘doyi, eshako‘t, sho‘ra va boshqa o‘simliklar Ovrupodan SHimoliy amerikaga olib kelingan va tarqatilgan. Markaziy Osiyodan O‘rta Osiyoga bangidevona olib kelingan.
Kaktus o‘simligining vatani SHimoliy Amerika qit’asining Meksika yarim oroli hisoblanadi. U erda kaktuslar yovvoyi holda o‘sib katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Hozir kaktuslarning bir qancha turlari Avstraliya va SHimoliy Afrikaning sahrolarida ixtiyoriy ravishda o‘stirilib iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoqda.
SAVOLLAR:
1.Mevalarni umumiy ta’rifini bering
2.Mevalarning morfologik xususiyatlarini ayting.
3.Meva va urug‘larning tarqalishini izohlang.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin