Ko`k‑Yashil suvo`tlar bo`limi - Cyanophyta
Qizil suvo`tlarining umumiy belgilari va xujayra tuzilishi.
Bo`limga mansub suvo`tlarning ko`payishi va tarqalishi.
Bo`limning sistematikasi.
Bangiyalar va floridyalar sinflarining o`ziga hos belgilari, bangiya va batraxasperum turkumlarining tuzilishi, rivojlanishi.
Bo`limga mansub suvo`tlarining kelib chiqishi va ahamiyati.
Miksomitsetlar bo`limining o`ziga hos belgilari, tana tuzilishi, plazmodifora brossikaning rivojlanishi.
12-Mavzu: Yashil suvo‘tlar bo‘limi
Reja:
Yashil suvo`tlarining umumiy belgilari va hujayra tuzilishi.
Yashil suvo`tlarining ko`payish usullari, oziqlanishi.
Yashil suvo`tlarining tana tuzilishi va tarqalishi.
Bo`limning sinflarga bo`linishi, sistematikasi.
Volvokslar, protokokklar, ulotrikslar, sifonlar va motashuvchilar sinflari, ularning hujayra tuzilishi, ko`payishi, tarqalishi.
Volvoks, xlomidomonada, xlorokokk, xlorella, ulotriks, ulva, kladofora, koulerfa, zignema, desmidnum kabi turlarning o`ziga xos belgilari.
Yashil suvo`tlarning kelib chiqishi va ahamiyati.
Xarasimonlarning umumiy belgilari, hujayra tuzilishi.
Xarasimonlarning ko`payishi, tarqalishi, kelib chiqishi va ahamiyati.
Bular sof Yashil rangda bo`lishi bilan yuksak o`simliklarga o`xshab ketadi. 13-20 ming chamasidagi turga ega. Xloroplastda xlorofill A, V, karotin va 10 ga yaqin ksontofil bo`ladi. bular orasida Yashil rang hukmronlik qiladi. Ayrimlarida qo`r moddada qizilgematoxrom bo`ladi.
bular bir yoki ko`p yadroli, pektin-tsellyulozali po`sti, ayrimlari po`stsiz. Qo`r kraxmal, ayrimlarida yog` to`planadi. Bir yoki ko`p hujayrali, koloniyali. Tanasi amyoba, kokki, ipsimon, plastinkasimon, hujayrasiz. Kattaligi mm va sm bilan o`lchanadi. Ko`payishni hamma turi uchraydi. Er yuzining hamma qismida uraydi. Suvda, tuproqda, epifit, parazit, simbioz turlari ham mavjud. Sistemasi etarli darajada ishlanmagan. Shuning uchun u turlicha berilmoqda. Jizn rasteniyda 5 sinfga bo`linadi.
1-sinf. Volvoxceae. Eng sodda suvo`tlari bo`lib, tana tuzilishi bir xil. Hayotning hamma davrida harakatchan bir yoki koloniyali, bir yadroli, yadrochali. Xloroplast baozan bir dona kosachasimon, bir dona pirenoidli, pirenoidi baozan 2, ko`p yoki mutlaqo yo`q. Xloroplastni old qismida ko`zcha bo`ladi. vakuolali u 2 yoki ko`p. Oziqlanish asosan fototrof, baozan geterotrof yoki miksotrof, ko`payishni hamma usuli bor. Zigotasi tinchlik davrini o`tab bo`linib 4 zoosporaga, undan esa yangi individ hosil qiladi. Bular deyarli kichik suv xavzalarida plankton holda yashovchi suvo`tlaridir. Bular dastlabki sodda amyobasimon organizmlardan kelib chiqqan. Sinfda takomillashi 3 yoo`nalishda borgan bo`lishi mumkin.
xologamiyadan koloniya hosil qilish vegetativ va generativ hujayraga ajratilishi.
bir hujayralidan koloniya hosil qilish vegetativ va generativ hujayraga ajratilishi.
Harakatni yo`qotish tomon.
Bu protokokklarni shakllanib mustaqil sinf bo`lishiga olib keladi. Sinf vakilaridan ifloslangan suvlarni tozalashda, sapropial hosil qilishda, suv hayvonlariga ozuqa sifatida, qizil ranglardan karotin olishda foydalanish mumkin.
Sinf 2 sinfchaga protoxlarinal va asl volvoksnamochalar.
Birinchi sinfcha sodda va qadimiy oz turlarni o`z ichiga oladi. Ikkinchi sinfcha 3 tartibga bo`linadi.
Popibleforidales. Polibleforidakabilar tartibi: u 10 turkumga ega. Dinoliema eng yirik turkum, u 38 turga ega. Bu turkumdan dabina tuzli suv xavzalarida yashab, baozan qizil rangga bo`yalib yuradi.
Xlamidomonadales. Xlomidomonadakabilar tartibi.
Qalin po`sti 2 yoki 4 xivchinli, xloroplasti Yashil yoki baozan qizil, ayrimlari rangsiz. Ranglilari uch oilaga bo`linadi. Eng yirigi xlomonadaseae bo`lib, xlomidomonas turkumi 500 turga ega. Ular kichik o`ta ifloslangan, yaxshi isiydigan suv xavzalarida tarqalgan. Shu xildagi suvda ular tez ko`payib suvni Yashilga bo`yab yuboradi. Bular orasida suvda erigan organik moddalarni so`rib yashaydigan turlari ham bor. Shunga ko`ra suvni tozalab turadi. Volvokales tartibi. Bular eng yuksak tuzilishga ega bo`lgan suvo`tlaridir. Hujayralari bir, yoki hujayralari yagona shilimshiq bilan o`ralgan yoki tipik koloniya shaklida bo`ladi. shilimshiq bilan o`ralgan hujayralar ko`payish jarayonida ham ajralib chiqmaydi va shilimshiq ichida qoladi. Umumiy shilliq moddaning shakli hujayralar soni, ko`payish usuli, hujayralarni o`sishi doimiy bo`lgani uchun ulardan sistemaga solishda foydalaniladi. U 3 oilaga bo`linadi. Volvokaseae oilasi - tsenobial yagona (shilimshiq bilan o`ralgan hujayralar) koloniyali bo`ladi.
gonium (16), evdorina (32), pandorina (16) hujayrali. Vegetatsiya oxirida jinsiy jarayon bo`ladi. ganiumda izo, getero-pandarinada evdorina -sogemiya hammasida ham oxiri zigota u tinchlik davrini o`taydi.
Koloniyalarga volvoksni olish mumkin. Uni koloniyasi diametri 2 mm. Uning qirg`oq qatlamida 20-50 ming hujayra joylashgan. Ular plazmodesmalar orqali tutashgan. Vegetativ hujayralar orasida 10 ga yaqin jinssiz ko`payish hujayralari bo`ladi. Jinsiy oogamiya.
Bular o`zlarining keyingi rivojlanishida xivchinlariniyo`qotib ikkinchi sinfni keltirib chiqargan.
Protokokkopseae - protokokknamolar sinfi.
Tallomi kokkoid, ayrimlari palmeloid tuzilgan, baozan sifonsimon, ipsimon, plastinkasimon ko`rinishlarda kuzatiladi. Bular ham bir, tsenobial, koloniya holdagi suvo`tlardir. Ipsimon va plastinkasimonlardan ilk ko`p hujayrali ko`rinish shakllangan. Evolyuiya natijasida birinchi kokkoid tuzilishdagi tallom rivojlangan shu sinfga mansub suvo`tlari orasida hozirgi yashayotgan sifonli, sifonokladli, matashuvchi va ulotrikssimon suvo`tlarni kelib chiqishiga asos bo`li xizmat qilgan.
Protoplatini tuzilishi bilan bu sinf birinchi sinfga o`xshashdir. Soddalarida vakuola, ko`zcha xatto xivchin saqlangan bu belgilarni saqlab qolishi bu sinfni birinchi sinfdan kelib chiqqan deb aytishga asos bo`ladi. Bulardan ipsimon va plastinkasimonlari orasida ko`p illiklarini bo`lishi, bulardan to`g`ridan-to`g`ri ulotrikslar kelib chiqqan deb aytish imkoniyatini beradi. Bularni ko`pchiligi mikroskopik, shar va tuxumsimon (suv turi 1,5 sm) tsenobiya holdagi 1 m ga boradi.
Po`sti pektin va tsellyulozali xloroplast bir dona kosacha, plastinka to`rsimon distksimon bo`lsa, u ko`p sonli bo`ladi. pirenoid bir dona yadrosi ham baozan ko`p yadroli. Vegetativ jinsiy, jinssiz (avto, zoo, izo, getero, oogamiya bor). Ular plankton, bentos tuproqda yashaydi. Sinf 3 qabiladan iborat.
Xlorokokkales - xlorokokk kabilar tartibi.
Tanasi kokkoid, vegetativ hujayrasida tebranuvchi vakuola, ko`zcha bo`lmaydi. Bir hujayrali, tsenobial koloniyali. Bular orasida 2, 4 hujayrali 8 va ko`p hujayralilari bor. Hujayrada yadro 1 yoki ko`p. Ko`payishi zoo, avto. Bular tez ko`paib suvni gullashiga sabab bo`ladi. ular hamma suv xavzalarida ko`proq ifloslangan suvlarda keng tarqalgan. Tartib o`nlab oila va oilachalarga bo`linadi.
Suvo`ti. To`rsimon qopchiq shaklida bo`lib kattaligi 1 m ga etadi, bir hujayrasining bo`yi 1.5 sm ga teng.
Bu tartibga mansub protosifon turkumi ko`p yadroli sifonli tallomli bo`lib, bularning qadimgi turlaridan sifonli suvo`tlari kelib chiqqan bo`lishi mumkin. Tallomi er ustki qismi, sharsimon Yashil, er ostiki rangsiz rizoidsimon bo`ladi. nam joylarda tarqalgan.
Ulotriksnamolar sinfi.
Bu sinf turga boy va xilma-xil bo`lib, ular ipsimon, plastinkasimon, bir yadroli ayrimlari (sferopleya) ko`p yadroli. Mikroskopik va makroskopik tanaga ega. Xloroplast ham bir yoki bir nechta. Uning shakli plastinkasimon, ko`payishi jinsiy va jinssiz.
Sinf 7 tartibdan iborat. Bulardan (ulotriks) ulotriks kabilar. Tanasi bir qator Shoxlanmagan ipcha shaklida, hamma hujayralar bo`linadi va o`sishda ishtirok etadi. Shuingdek hamma hujayralar spora va gameta hosil qila oladi. Ostki hujayralar bilan birikib yashaydi. Tartib 16 turkumdan iborat. Bularni 1 guruhida hujayralar qalin shilliq qopchada g`ovak holda joylashgan. Masalan: geminella, bular plankton holda yashaydi. Ikkinchi guruhlarida ipsimon suvo`tlari bir hujayra ko`rinishida yoki qisqa zanjir shaklida 2-4 hujayra birgalida bir-biri bilan zich joylashmagan holda bo`ladi. Bularda ip kam qisqa muddat hosil bo`ladi. Masalan, stixokokkus, bular tuproqda yashaydi. Uchinchi guruhga mansublar tana ko`p hujayrali bo`ladi va hujayralar o`zaro zich joylashgan, shilliq qin bo`lmaydi. Masalan: ulotriks bularda mikro va makrozoospora hosil bo`ladi. Gametofiti ko`p hujayrali ipsimon, sporofiti esa bir hujayrali yaoni nasl gallanishi getermorf.
Mikrospora turkumi 20 turga ega bo`lib bu chuchuk suvlarda keng tarqalgan.
Xetaforakabilar tartibi. Bularni tallomi ham bir qator iplardan iborat, lekin bular shohlangan, tana ipchalari yotib, tik va shohlanishga tabaqalashgan. YAna vegetativ va ko`payish organlari hosil qiladigan hujayralar yaxshi ixtisoslashgan, ko`pchiligi chuchuk suvo`tlaridir. Uning besh oilasidan eng muhimlari xetaforadoshlar va trentepoliadoshlardir.
Trentepoliadoshlar oilsi oldingisiga nisbatan yanada ixtisoslashgan. Bularda yotib o`suvchi va tik o`suvchi ipchalari yaxshi shakllangan. Masalan: trentepolia u lishaynik hosil qilishda ham ishtirok etadi. Bularda ham har ikki xil ipchalar kuzatiladi. Lekin ko`pchiligida ulardan biri kuchli rivojlangan bo`ladi. hamma ipchalari sershoh bo`ladi. xloroplastlar soni bularda ko`p ular disk yoki tasmasimon bo`ladi, bu bilan oldingi oiladan farqlanadi. Vegetativ ko`payish kuchli 2,4 xivchinli zoospora, izogamiya orqali ko`payadi.
Sifonli suvo`tlari (sifonofaseae) sinfi. Bularning tanasi qanchalik yirik bo`lsa ham bir hujayradan iborat. Bular bir yoki ko`p yadroli, markaziy vakuolali, bir yoki bir necha xloroplastli. Xloroplast disk yoki to`rsimon. Bularni xloroplastida yana o`ziga xos kartanoid - sifonlin va sifonoksatin bo`ladi. bular Yashil suvo`tlari orasida eng qadimiylaridir. Bularni 400-500 turi bo`lib, ularni 90 % dengizlarda yashagan, o`lib tso`q bo`lib ketgan. Bir hujayrali suvo`tlaridan kelib chiqqan va mustaqil evolyutsi qilgan. Shunga ko`ra ularni har biri o`ziga xos belgilarga ega.
Sifonales tartibi tallomi to`siqsiz, baozan gametangiyniajratuvchi to`siq bo`lishi mumkin.
Kaulerpadoshlar oilasining tipik vakili Kailerpadir. Uning 60 turi bor. Ular asosan tropik dengizlarda tarqalgan. Turkumni barcha turlari bir xilda tuzilgan. Rizoidi ko`p va sershoh. Shuning uchun ular mustahkam bog`langan. Tik o`suvchi Shoxchalari assimilyatsiya vazifasini o`taydi. Hujayra po`stida pektin va kolloza bo`ladi, tsellyuloza bo`lmaydi. Bu oila uchun harakterli. Bularda Yashil xloroplastlardan tashqari rangsiz, plastid ham bo`ladi. leykoplast va u kraxmal to`plashda qatnashadi. Ko`payishi vegetativ, jinsiz, izogamiya. Bularda maxsus ko`payish organi gametagi bo`lmadi. Gametalar bevosita assimilyatsiya iplarining xohlagan joyida hosil bo`lishi mumkin.
Tartib - sifonokladakabilar (sifonokladales). Bularda sifonli hujayrasiz tallom erta yoki kech to`siqlar hosil qiladi va ko`p hujayrali bo`lib qoladi. Bu qabila boshqalarga nisbatan sifonlilarga yaqin turadi. Boshqa sinflarga nisbatan nasllar gallanadi. Izomorf. Lekin maxsus ko`payish organlari hosil bo`lmaydi. Gameta va sporalar har bir segmenta hosil bo`ladi va teshikchalar orqali tarqaladi. Bular dengiz suvo`tlari, faqat kladoforalar dengizdan chuchuk suvga kirib kelgan.
Kladafadoshlar oilasidan keng tarqalgan va yaxshi o`rganilgan klodofa turkumi 150 turga ega. Butasimon tallomining iplari serShox. Zigotadan dastlab to`g`nog`ichsimon hujayrasiz o`simta hosil bo`ladi. keyin to`siqlar paydo bo`ladi. hujayrasi ko` yadroli, xloroplast to`rsimon ko`payishda 4 xivchinli zoo va 2 xivchinli gameta hosil bo`ladi. ular har bir segmentda hosil bo`lishi mumkin. Nasl izomorf.
Tartibning sistematik holati munozaralari. Ayrim botaniklar ularni ulotrikslar biln bog`lashadi. Lekin bular xloroplastni tuzilishi hujayra po`stining tarkibi, hujayra bo`linishi bilan farqlanadi. YAna bularda rivojlanishning ilk davrida tanachani hujayrasiz bo`lishi bilan ham keskin farqlanadi. Bu belgilar ularni qadimgi qandaydir o`lib yo`q bo`lib ktgani ko`p yadroli sifonli tuzilishga ega bo`lgan turlaridan kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
5-sinf. Konpyugatanamolar (konpgataseae). Ko`pchiligi mikroskopik suvo`tlari 4 qabila, 4700 turga ega. 1. Koloniya ko`p hujayrali, simmetrik tuzilgan suvo`tlari. Bular orasida mezotenikabilar har jihatdan sodda. Ulardan desmidiumkabilar va zignemakabilar 2 tarmoq sifatida shakllangan. Sinfga mansub suo`tlarini bir sinfga birlashtirishda belgilarini xilma-xilligiga qaramay hammasi uchun xos bo`lgan belgilari to`liq harakatsiz bo`lishidir. Rivojlanishida - ko`payishida konpyugatsiya jinsiy jarayondir. Protoplast bularda gameta vazifasini o`taydi. Qo`shiladigan hujayralarni faqat shartli ravishda erkak va urg`ochi deb farqlash mumkin. Buni izogamiya desa bo`ladi. Shuningdek ularda anizogamiya yo`li bilan ko`payish bir muncha takomillashgan zignemalarda uchraydi.
Odatda suyuqligini qo`yadigan erkak, qabul qilgani urg`ochi ular qo`shilishidan hosil bo`lgani esa zigota deyiladi. Zigota tinchlik davrini o`tab zignemalarda va gonotazigolarda bir dona, desmidiumlarda 2-si yoki 4-si, mezoteniyalarda 4-si o`sib yangi organizmga aylanadi.
Bir hujayralilarda bo`linish asosan vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Ipsimonlarda uni uzilishi hisobiga boradi. Xloroplasti bularda ancha xilma-xil va murakkab tuzilgan. Pirenoidda kraxmal to`planadi. Konbgatalarni kosmopolit desa bo`ladi. deyarli hamma chuchuk suvlarda uchraydi. Dengizda yashashga moslashgan tipik turlari yo`q.
Mezoteniales - mezoteniyakabilar tartibi. Sinfning eng soddasi, chunki ularni hujayra shakli va hujayra po`sti tuzilishi bunga dalil bo`la oladi, 6 turkum, 42 turga ega. Hujayralari to`g`ri yoki bir oz egilgan. TSilindr yoki elipssimon. Ular yakka holda yoki shilliq bilan o`ralgan holda yashaydi. Koloniya hosil qilmaydi. Hujayralari tashqi tomonidan bir qavat yoppasiga ketgan silliq po`st bilan o`ralgan.
Hujayrasida xloroplast 1, 2 yoki ko`p. YAdrosi yirik, sharsimon. Ayrimlarida vakuola bo`ladi. zigotasidan 4 baozan 2 yangi individ hosil bo`ladi. mezotenia, spiratenia turkumlari keng tarqalgan.
Zignemotoles - zignemotakabilar tartibi. Bular ipsimon, Shoxlanmgan chuchuk suvlarda keng tarqalgan va suv yuzasida qalqib yashaydi. Vegetatsiya davrida turkumlarini ham aniqlash qiyin konyugatsiya jarayonida, zigotasi orqali aniqlash mumkin. U 17 turkum 700 turdan iborat. Turkumlarini aniqlashda xloroplasttni joylashuviga ko`ra farqlanadi. Plastinka, yulduz, spiral - tasmasimon shaklida bo`ladi.
Spirogira. 1820 yil nemis botanigi X. Link tomonidan turkum nomi berilgan edi. Hozir shu nom bilan yuritiladi, ipi bir necha mm dan 8-10 sm gacha etadi.
Tinchlikdagi vegetativ hujayradan noqulay sharoitda hujayra tarkiidagi moddalarni qisqarishi va ikkilamchi po`stni rivojlanishi hisobiga Aplonospora hosil bo`ladi. partonospora esa to`liq qo`lishmagan hujayralardan hosilbo`ladi va u zigotaga o`xshab ketadi. Bu xildagi ko`payish spirogiraning ayrim turlariga xosdir.
Konyugatsiyaning 2 turi kuzatiladi, biri norvonsimon, 2-si esa konyugatsiya davrida iplari yon tomoni egilib bi-biriga tegadi yoki bir ipchani 2 hujayra mahsuloti qo`shilishi orqali sodir bo`ladi. zigota po`sti uch qavat bo`lib, mezospora, endospora, ekzospora deb farqlanadi. Mujotsi 121 turga ega. Xloroplasti plastinkasimon, pirenoidi ko`p.
Zignema 126 turga ega bo`lib, 2 yuldezsimon xloroplast bo`ladi. unda pirenoid joylashgan.
Desmidiyakabilar (desmidiales) tartibi. Hujayrasi chiroyli simmetrik bo`ladi. u 4000 ga yaqin turga ega. Bular asosan bir hujayrali, baozan koloniyalari ham uchraydi. Tinchlik holdagi hujayrasi 2 simmetrik qismdan iborat uni yarim hujayra ham deyiladi.
Protoplast hjayra bo`shlig`ini to`ldirib turadi. TSitoplazmada xloroplast, yadro, vakuola, shilliq tanaga va gips kristali bo`ladi. hujayra va uning xloroplastini simmetrik joylashuvi kabilar bir belgisidir.
Xloroplast har bir yarim hujayradan bir donadan bo`ladi. ular yulduzsimon, plastinkasimon, tasmasimon bo`ladi. yadrosi bir dona lekin bo`linish jarayonida qandaydir taosir bo`lib, unga putir etkazilsa, yadro 2 yoki ko`p sonli bo`lib ham qoladi.
Ko`payish vegetativ va jinsiy. Jinsiy ko`payishda har xil belgili nma-yon bir biriga perpendikulyar joylashadi va ular chiqargan shilliq modda o`rab oladi.
Zigotasi tashqi - ekzospora, o`rta mezo, ichki endospora deb farqlanadi. Zigota tinchlik davrini o`taydi.
Tarqalishi va ekologiyasi.
Tipik chuchuk suv o`tlari. Dengizda uchramaydi. Bular ochiq joylarda tarqalgan. Soya joylarda, chuqur kanallarda uchramaydi. Tez oqar suvlarda ham uchraydi. Ko`pchiligi bentos, ayrimlari plankton. Ular tekisliklardagina emas, balki to 3100 m balandliklarda ham tarqalgan. Ayniqsa granit tarqalgan joylarda ko`plab xilma xil turlarini uchratish mumkin. Bularning uchdan ikki qismi kosmopolitdir.
Bularning kelib chiqishi haqida ham turli hil fikrlar bayon qilingan. Bulardan hayotga yaqinrog`i, ipsimonlari bir hujayralardan kelib chiqqan. Shunga ko`ra konyugatalar orasida eng soddasi mezoteniyalardir.
Bulardan ikki tarmoq biridan gonatazigalar keyin zignemalar ikkinchi tarmoqdan esa dismidiumlar rivojlangan.
Dismidiumlar orasida eng soddasini hujayrasi tsilindrsimon bo`lib, simmetrik tuzilgan. M.: penium qisman klosteriumda kuzatish mumkin. Tartib 3 oiladan iborat.
Bulardan klosteriumdoshlar klosterium turkumidan iborat. U bir hujayrali. Uning bo`linishi hujayraning o`rtasi orqali bo`ladi. belbog`lar hosil bo`ladi. porasi bor. Xloroplast 1-2, pirenoidi 1-2-20.
Kosmariumdoshlar bu turga boy, hujayrasi xilma-xil shaklda bo`ladi. kosmarium - hujayrasi qisqa, yumaloq, 200 turga ega.
Xorofita - xarasimonlar bo`limi.
Ko`p hujayrali tallomli o`simliklar bo`lib murakkab tuzilgan. Asosan chuchuk suvda, baozan sho`r dengiz suvlarida ham uchraydi. Ular suv xavzalarini gilam singari qoplab olish hollari ham uchraydi. chunki ular yakka holda uchramaydi. Bulaning bo`yi 20-30 sm baozan 1-2 m gacha etadi.
Ular butasimon shohlangan. Ipsimon yoki poyasimon Yashil novdalar ko`rinishida bo`lib, bo`g`im oraliqlariga bo`lingan. SHohlar halqasimon joylashgan. Rangsiz ko`p sonli rizoidlar bilanbog`langan holda yashaydi. O`sish uchki qismi orqali cheklanmagan. Bo`g`im oraliqlaridagi har bir hujayraning uzunligi bir necha sm ga teng va ikki bo`g`im oralig`ini tutashtirib turadi. Ko`p hujayrali ooganiy va anteridiy ko`proq bir individda hosil bo`ladi. ikki uylilari kam. Oogniy ovalsimon bo`yi 1 mm bo`lib, 5 hujayrali yoki 10 hujayrali bo`ladi. anteridiy sharsimon 05 mm 8 hujayrali. Bo`lim 300 turga ega bo`lib, 6 turkumga bo`linadi. Bulardan xara va nitella turkumlari keng tarqalgan.
Hujayra tuzilishi. Tallom ilk shakllanib tabaqalanish oldida bir yadroli hujayralardan iborat bo`ladi. Hujayra ko`payganda yadrosi mitoz bilan bo`linib xromosoma soni turli turalrida 6-70 ga etadi va ularning shakli, katta-kichikligi ham turlicha bo`ladi. tallom qismlarga tabaqalashganda hujayra yadrosi amitoz yo`li bilan bo`linadi. Lekin hujayrada to`siqlar hosil bo`lmaydi. Natijada hujayra ko`p yadroli bo`lib qoladi. Xloroplast disksimon ko`p sonli,. Bo`yoqlar xlorofill a,v va karotinoidlar, kraxmal to`planishi bilan Yashil suvo`tlarga o`xshab ketadi.
Hujayra po`stini ichkisi tsellyulozali, tashqisi kallyuzoali bo`ladi. ko`payishda ooganiy urug`langandan keyin oospora hosil bo`ladi. uning kattaligi 0,3 mm dan 1 mmga etadi.
Savollar
Bo`limning sinflarga bo`linishi, sistematikasi.
Volvokslar, protokokklar, ulotrikslar, sifonlar va motashuvchilar sinflari, ularning hujayra tuzilishi, ko`payishi, tarqalishi.
Volvoks, xlomidomonada, xlorokokk, xlorella, ulotriks, ulva, kladofora, koulerfa, zignema, desmidnum kabi turlarning o`ziga xos belgilari.
Yashil suvo`tlarning kelib chiqishi va ahamiyati.
Xarasimonlarning umumiy belgilari, hujayra tuzilishi.
Xarasimonlarning ko`payishi, tarqalishi, kelib chiqishi va ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |