Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə20/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ildiz anatomiyasi.
Ildiz zonalari. YOsh ildizning uchi yoki apeksi juda ko‘p bo‘lib parenximatik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, u ildiz qini bilan qoplangan. Ildiz qini yupqa po‘stli tirik hujayralardan iborat. Ildiz qinining tashqi hujayralari o‘zidan shilimshiq modda ajratib, uchining tuproqda o‘sishini osonlashtiradi . Ildiz qinining markaziy qismini kolumella deb ataladigan tashkil etadi. Suvda o‘sadigan o‘simliklar va parazitlik qilib yashovchi o‘simliklarda ildiz qini yo‘q. Ildiz qinining ostida lizistematik xususiyatini saqlab qolgan hujayralardan tashkil topgan bo‘linuvchi zona joylashgan,uning uzunligi 1mm. Bu zonada hujayralar sitoplazma bilan tig‘izlangan bo‘lib unda vakuola hali shakllanmagan bo‘ladi. Bu zona mikroskopda sariq rangda ko‘rinadi.
Bo‘linuvchi zonadan so‘ng o‘suvchi zona shakllanadi. Bu zonada ildiz hujayralari son jihatdan ko‘paymaydi,ammo sitoplazmada vakuolaning paydo bo‘lishi hisobiga uning hajmi yiriklashib ,hujayralar bo‘yicha cho‘ziladi. Undagi hujayralar turgor holatda bo‘lib,katta kuch bilan tuproqning mayda zarrachalarini yozib o‘tish xususiyatiga ega.
O‘suvchi zona uchidagi hujayralar bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng o‘sishdan to‘xtaydi va bu hujayralardan ildiz tukchalari hosil bo‘ladi. Bu tukchalar bir necha sm uzunlikda bo‘lib, tuproq zarrachalari bilan jips o‘raladi. Ildizning tukchalar bilan qoplangan qismi so‘ruvchi yoki yo‘tuvchi zona deb ataladi. Ildizning o‘sish appeksidagi mezistema hujayralari bo‘linishni davom etib, ichki va tashqi (ildiz qini ) tomonga hujayralarga ajraladi. Mana shu xususiyati bilan ildiz novdadan keskin farq qiladi.
Ildizda doimiy to‘qimalarning hosil bo‘lishi.
Ildiz meristema hujayralarning bir necha marta eniga va uzunasiga bo‘linishi tufayli doimiy to‘qimalar yuzaga keladi. Ildizning so‘ruvchi zonasida rizoderma (etiblema) to‘qimasi hosil bo‘ladi. Rizodermaning vazifasi , har bir rizoderma hujayralaridan uzunligi 1-2mm va ba’zan 3mm, keladigan tukchalar hosil bo‘lib so‘rish zonasining yuzasini kengaytiradi. Ildiz tukchalarini hosil qiluvchi rizoderma hujayralariga trixoblast (yunon,trixos-cor, blastos-murtak ) deb ataladi. Priblemadan yupqa po‘stli tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan birlamchi po‘stloq yuzaga keladi. U o‘z navbatida uch qismdan: ekzoderma, mezoderma, entodermadan iborat.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin