Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Moxsimonlar bo`limining sistematikasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə52/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Moxsimonlar bo`limining sistematikasi. Jigarsimon moxlar vakillarining morfologik-anotomik tuzilishi.
Hozirgi klassifikasiya bo`yicha moxsimonlar bo`limi 3 ta sinfga bo`linadi.
1.Antoseratsimonlar - Anthoctrotopsida.
2.Jigarsimon moxlar- Marchantiopsida.
3.Barg-poyali moxlar-Bryopsida.
Ayrim biologlar birinchi va ikkinchi sinflarni birlashtirib, birinchi sinfni esa jigarsimonlarni kenja sinfi yoki qabilasi sifatida kiritadi.
Jigarsimon - Marchantiopsida moxlar sinfi. Bu sinfga 8500 ga yakin tur kiradi, ularning ko`pchiligi tropik zonalarda tarqalgan. O`sish sharoiti asosan sernam tuproqlarda, ayrimlari esa suvda hamda, epifit vakillari ham mavjud. Bu sinf vakillarining tashqi ko`rinishi va gametofitining tuzilishi jihatidan hamma-xilligi bilan harakterlanadi. Biroq sporofiti o`xshash bo`ladi. Bu sinfning ayrim vakillari gametofiti tallom shaklidi bo`lsa, ba`zilarida esa poya- bargli bo`ladi. Tallom shaklidagi vakillarini tashqi ko`rinishidan jigarga o`xshash bo`lganligi sababli, sinfni nomi lotincha «Hepot» jigar so`zidan olingan. O`rta asrlarda undan jigar kasalligini davolashda foydalanganlar.
Eng sodda tuzilishdagi qatlam sferokarpus-Sphayerocarpus, turkumi turlarida gametofiti plastinkasimon bo`lib, bir xil hujayralardan tashkil topgan. Plastinkasini markaziy qismi ko`p qavatli hujayralardan iborat bo`lib, chetki qavatlari esa bir qavat hujayralardan iborat. Plastinkasini ostki tomonida rizoidlari bo`ladi. Ustki tomonida esa o`ragichlar taraqqiy etib o`nga anteridiy va arxegoniy shakllanadi.
Jigarsimon moxlarning poya – bargli vakillarida ham gametofit dorzoventrol shakliga ega. Ularda poyasi ham deyarli bir xil hujayralardan tashkil topgan. Faqat ayrim vakillarida «po`stloq» va «o`zak» qismiga o`xshash qavatlarga birmuncha ajralgan. Poya – bargli jigarsimon moxlarda barg shakllari xilma-xil : Yumaloq, ovalsimon, tuxumsimon va ular butun ayrisimon shakllarda bo`lishi mumkin. Barg joylashishi ko`pchiligida ketma-ket ayrimlarida qarama- qarshi bo`ladi. Barglarning asosiy vazifasi fotosintez va namni saklash uchun hizmat qiladi. Jigarsimon moxlar sinfining vakillari vegetativ jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi.
Vegetativ ko`payish bu sinf vakillari uchun xilma-xildir. Ayrim vakillari tanasi yordamida vegetativ ko`paysa, ayrimlarida esa maxsus vegetativ organlari taraqqiy etadi. Bunday vegetatav ko`payish organlarga ajraluvchi tanachalar, ajraluvchi kurtaklar, qo`shimcha novdalar, sinuvchi barglar va tugunakchalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Ajraluvchi organlari (tanacha, kurtak, novdalar) morfologik belgilari va taraqqiyoti jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ajraluvchi tanachalar ko`p hujayrali bo`lib,Yumaloq, yassi bo`lib, u o`sish nuqtasiga ega. Ular qatlam va barg poyali jigarsimon moxlarning tanasining chetki hujayralarida yoki tananing ustki hujayrasimonlaridan taraqqiy etadi ajraluvchi kurtaklar ham bitta yoki ikkita, ba`zan ko`p hujayralardan hosil bo`lishi mumkin. U hosil bo`lish jihatidan ekzogen va endogenlarga bo`linadi. Ekzogen ajraluvchi kurtak tashqi hujayralarining ichida taraqqiy etib, uning tashqi po`stini yorib, so`ngra tashqariga chiqadi. Ekzogen ajraluvchi kurtak esa Yungermaniyalar kenja sinfi vakillarida uchrab, ularni barglari yoki yosh novdalarini ichida hosil bo`lib, so`ngra ajralib turib yangi organizmni hosil qiladi.
Ajraluvchi holda Pilla endiviifolia turiga mansub bo`lib, kuzda uning qattanasida ko`p miqdorda novdachalar hosil bo`lib, ular ajralib erga tushib, undan yangi o`simlik taraqqiy etadi.
Jinsiy ko`payishda anteridiy va arxegoniy deb ataluvchi jinsiy organlar hosil bo`lib, uning anteridiysidan chiqqan 1 xivchinli spermatozoidlar arxegoniyning tuxum hujayrasi bilan kapulyasiya bo`lgandan keyin zigota hosil bo`lib, zigotadan esa sporafit nasl taraqqiy etadi. Diploid xromasomaga ega bo`lgan sporagen ko`pchilik jigarsimon hloroplastlarga ega emasligi sababli ularning oziqlanishi gametofit hisobidan boradi. Sporagen ko`sakcha bandining asosida joylashgan tovoncha, gametofitga birikadi (yoki yopishadi), uning chetki qismlarida gausteriyalar bo`lib ular yordamida gametofitdan suv va oziqani so`rib oladi. Etilgan sporagen devorining emirilishi yorilish yoki bo`laklarga ajralishidan sporalar to`kiladi.
Hozirgi klassifikasiyaga ko`ra jigarsimon moxlar sinfi ikkita kenja sinfchaga bo`linadi:
1) Marshansiyakabilar- Marchantiidae
2) Yungermaniyakabilar – Jungyermanniidae
D.K. Zerov klassifikasiyasiga ko`ra birinchi kenja sinf ikkita qabilaga bo`linadi:
Sferakarpnamolar – Sphayerrocarpales
Marshaniyanamolar - Marchantiales
Ikkinchi kenja sinf esa 3 ta qabilaga bo`linadi:
1)Metusiyanamolar –Metzgyeriales
2)Gaploitriyanamolar - Haplomitrioles
3)Yungernamolar - Jungyermanniales
Marshaniyakabilar klassifikasiyaga 3500 dan ortiq kirib: ular turli ekologik sharoitlarga moslashgan.
Bu klassifikasiyaning vakili margiansiyanomolar qabilasidan oddiy margiansiya - Marchantia polymorpha (bu o`simliklarning nomi Angliyalik bog`bon nomiga qo`yilgan), margiansiyalar turkumiga mansub bo`lib, o`ziga 65 ta turni qamrab olgan.
Ularning ko`pchiligi tropikda o`sadi. Plastinkasimon tallomi 10 smgacha kattalikka ega. Dixatomik Shoxlangan, to`k-Yashil rangda margiansiyaning ko`payishi vegetativ, jinsiy va jinssiy.
Vegetativ ko`payishi plastinkasining ustki tomonidan hosil bo`ladigan savatchalarning ichidagi ajraluvchi kurtaklar yordamida boradi. Margiansiya ikki uyli o`simlik. Urug`lanishi bahor paytida ro`y beradi. Urug`langan tuxum hujayradan zigota taraqqiy etadi. Zigotadan esa sporagen o`sadi. Sporagenni ichida joylashgan sporangiyadan esa spora va elotera ipchalari hosil bo`ladi.
Elotera ipchasi gigroskopik harakatlanish qobiliyatiga ega bo`lib, tarqalishni ta`min etadi. O`simlik bitta bandidan hosil bo`lgan ko`sakchalarda 7 mlnga qadar spora bo`ladi. Tuproqqa tushgan sporadan dastlab kichkina plastinka protonema, undan esa yangi gametofit taraqqiy etadi.
Yungernamo qabilalarga 250 turkum va 5000 dan ziyodroq tur kirib, ularning ko`pchiligi tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Ayrim vakillari epifitva epifil holda uchraydi tanasi ayrimlarida qattana shaklda bo`lsa ko`pchiligida barg poyaga ega.
Margiansiyalarda arxegoniy qattananing ichki qismida endogen bo`lib joylashgan bo`lsa, Yugermaniyalarda esa arxegoniy ekzogen joylashgan. Shuning uchun ilgari Yungermaniyalarning akrogen (akrok, grekcha- Yuqori, dunyo- tug`ilish ma`nosida) va aniqrog`i guruhlarga ajratilgan (an, grekcha- inkor ma`nosida). Bularda arxegoniylar tallomining o`sish konusini uchida yoki barg- poya vakillarida esa barglarni qo`ltig`ida yoki poyasi uchida joylashgan. Akrogen Yungermaniyalarda arxegoniy poya va Shoxlarining uchida bo`lib, arxegoniy hosil bo`lgandan so`ng barcha organlari o`sishdan to`xtaydi.
Aniqrogen Yungermaniyalarda esa arxegoniy hosil bo`lgandan keyin ham o`sish davom etaveradi. Bundan tashkari Yungermaniya kabilalari k\s vakillarida ajraluvchi kurtaklar ekzogen hosil bo`lishi jihatidan ham margiansiyalar k\s dan farq qiladi. Ayrim vakillari esa misol uchun pillia ajraluvchi novdalar hosil etilishi bilan xarakterlanadi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin