3.Poya-barglilar sinfini sistematikasi, anatomik va morfologik xarakteristikasi. Ponabarglilar sinfi- Sphenophylopsida.Bu sinf vakillari Yuqori devon davridan triasgacha yashagan. Ular toshko`mir davridagi o`rmonlarda qalin o`tloqzorlarni hosil etgan. Poyasi bir necha metrgacha uzunlikka ega bo`lib, bug`imlarga bo`lingan va ko`p qirrali bo`lgan. Biroq poyasining uzun bo`lishiga qaramasdan ular ingichka ya`ni, 0,1-0,5 sm dan ayrimlarida 1,5 sm diametrga ega bo`lgan. Shuning uchun ularning poyasi yotib o`suvchi, yoki ayrimlarida ilashib o`suvchi o`tchil o`simliklar bo`lgan. Barglari xalqasimon joylashgan bo`lib, ponasimon shaklda bo`lgan. sinfning nomi ham barg shaklidan olingan. Bu sinf ikkita qabila va 5 ta oilaga bo`linadi.
Ular orasida yahshiroq o`rganilgani ponabargdoshlar-(Sphenophyllaceae) oilasidan ponabarg-(Sphenophyllum) turkumidir. Bu turkumning vakillari botqoqliklarda o`sgan o`simliklar bo`lib, ko`pincha ilashib o`sgan. poyasining bo`g`imlari qirrali bo`lib, qirralari 1 bo`limdan 2-ga o`tib bog`langan. Barglari xalqasimon o`rnashgan bo`lib,har qaysi bo`g`imda 6 tadan 18 tagacha bargi bo`lgan. Barglar ayrim vakillarida keng va butun, ayrimlarida esa ingichka va dixatomik Shoxlangan. Ayrim o`tlarida barglari har xil bo`lgan geterofiliya tipida. Poyasining bo`g`imlarida ba`zan qo`shimcha ildizlar taraqqiy etgan. Ko`pchilik turlarida spora boshoqlari novdasini uchida hosil bo`lgan. Spora boshog`ini uzunligi 10 sm gacha eni 1- 1,5 sm bo`lgan.Ayrimlarida esa sporangiyalar vegetativ barglarining qo`ltig`ida taraqqiy etgan. Ular orasida (sphenophyllum- lectus) turi mikro va megosporangiya hosil qilib ko`paygan.
Kalamitnamolar qabilasi – Calamithies. Bu qabila ayrim adabiyotlarda sinf sifatida ajratilgan. Bularning vakillari tashqi ko`rinishi jihatidan hozirgi qirqbo`g`imlarga juda o`xshash bo`lgan, faqat daraxtsimon bo`lib, balandligi 8-10 m hatto (20 m gacha), yo`g`onligi esa 0,5 m gacha bo`lgan.
Prof. S.A.SHastakovskiyning Yuksak o`simliklar sistematikasi (1971) darsligida kalamitdoshlar oilasini qirqbo`g`imsimonlar sinfiga kiritgan. Bu oilani vakillari karbon davrida keng tarqalgan. O`sha davrda ular lepidodendronlar, sigillariyalar, kordaitlar, bilan birgalikda katta o`rmonlarni hosil etgan. Kalamitlarni yer osti organlaridan ildizpoyasi yahshi taraqqiy etgan. Yyer usti organlaridan poyasi juda serShox bo`lib, unda Shox va barglari halqasimon joylashgan bo`lgan. Barglari ingichka bo`lgan va uzunligi har xil turlarida 2mm dan to 7sm gacha uzunlikka ega bo`lgan, hamda asosidan ko`shilib o`sib g`in hosil etgan. Spora boshog`i tuzilishi jihatidan xilma-xil bo`lgan va uning uzunligi ba`zilarida 12 sm gacha diametri esa 4sm gacha etgan.
Spora boshog`ida joylashgan sporafillar qalqonsimon shaklda bo`lgan va boshoqda halqasimon ayrimlarida steril barglarini oralig`ida, yoki uning ustki qismida o`rnashgan bo`lgan. Keyingi ma`lumotlar bo`yicha kalamitlarni deyarli barchasi har xil sporali bo`lgan va spora boshog`i bir jinsli bo`lgan.
Amerika paleobotanigi R.Baskter ma`lumotiga ko`ra kalamitlarni sporangiyasida saqlanib kelgan sporalarida eloptera ipchalari ham bor ekanligi aniqlangan. Mezozoy yerasining boshlariga kelib, er sharida iqlimning keskin o`zgarganligi sababli kalamitlar qirilib ketgan. Bu davrda endi faqat qirqbo`g`imlar turkumini turlarigina o`zgargan iqlim sharoitga moslashib, saqlanib qolgan va bizgacha etib kelgan.
4. Qirqbo`g`imlar sinfi vakillarining anatomo-morfologik xarakteristikasi. Qirqbo`g`imlar sinfi- Eguisetopsida. Bu sinf bitta qirqbo`g`imsimonlar – (eguiseitales) qabilasi va yagona qirqbo`g`imdoshlar - (eguisetaceae) oilasi va qirqbo`g`im - (eguisetum) turkumidan iborat. Ayrim adabiyotlarda esa mezozoy yerasida qirilib ketgan ekvizetites - (equsetites) turkumi ham shu oilaga kiritilgan. Biroq bu turkum juda kam o`rganilgan. Toshko`mir davrlarida yer sharida yashnab o`sgan qirqbo`g`imsimonlardan bizning davrimizgacha kelib faqat bitta vakillari saqlanib qolgan.
Qirqbo`g`imning (lotincha – eguisetum) deb ataluvchi nomi birinchi marta qadimgi Rim tibbiyotShunosi Pliniy tomonidan berilgan bo`lib, (lotincha equis-ot, sacta, seta - qattik, soch yoki dag`al ma`nosida) ya`ni qirqbo`g`imning etilgan serShoxpoyasi tashqi ko`rinishi jihatidan ot dumiga o`hshatilgan. Qirqbo`g`imning (ruscha-«xvoщ») deb atalishi ham ruscha-xvost, ya`ni dum suzidan olingan bo`lsa kerak. Bu turkum vakillaridan er sharida 32 turi tarqalgan. Ular Avstraliya, YAngi Zellandiya va tropik Afrikadan tashqari boshqa joylarda uchraydi. Sobiq SSSR xududida esa 12 turi botqoqliklarda, o`tloqzorlarda, o`rmonlarda, ariq bo`ylarida va boshqa joylarda tarqalgan. Qirqbo`g`imlarning sporafitini tuzilishi bilan tanishganimizda er osti ildizpoyasida, ildizi va tugunaklari joylashgan. Ularda ildizpoya 2 xil tipda uchraydi: gorizontal va vertikal. Gorizontal ildizpoyasi kuchli taraqqiy etgan bo`lib, ancha yo`g`on 5-10 mm, bo`g`in oraliklarining uzunligi esa 25 sm gacha boradi, hamda er ostida 0,5 m dan to 2 m gacha chukurlikda joylashgan. Vertikal ildizpoyasi esa ancha ingichka 1-3 mm bo`lib, bo`g`im oralig`ini uzunligi ham 10 sm dan oshmaydi. Vertikal ildizpoya gorizantal ildizpoyadan taraqqiy etadi. U yer usti poyaning shaklini o`zgargan asosi hisoblanadi.
Tugunaklar kelib chiqishi jihatidan qisqargan va yo`g`onlashgan poyada bo`g`im oraliqlari bo`lib, o`ziga ko`p miqdorda ozuqa moddani asosan, krahmal to`playdi, hamda asosan vegetativ ko`payish vazifasini bajaradi.