Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Dala qirqbo`g`imlarining qishloq ho`



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə61/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

5.Dala qirqbo`g`imlarining qishloq ho`jaligidagi ahamiyati. Qirqbo`g`imlar turkumining vakillari yer usti poyasining funksional morfologiyasi jihatidan 2 ta guruhga bo`linadi.
Bir guruh qirqbo`g`im turlarida yer usti poyalari deyarli bir xil tuzilishga ega. Ular spora boshoqlar (strobil)besh poyasining uchida va ayrimlarida yon novdalarning uchlarida ham hosil bo`ladi. bu guruxga uzbekiston sharoitida keng tarqalgan Shoxlangan qirqbo`g`im E. ramosistimum va qoplovchi qirqbo`g`im - E. hiemale kiradi. 2 chi guruhga kiruvchi qirqbo`g`im turlariga esa er usti poyasi 2 xil tipga ega: 1)qo`ng`ir yoki Yashil rangli bo`lib, spora hosil qiluvchi, Yashil rangli vegetativ poya deb ataladi.
Vegetativ va spora hosil qiluvchi poyalarning taraqqiyoti turli turlarda turlicha ekanligi kuzatilgan. Masalan, O`zbekiston sharoitida o`suvchi dala qirqbo`g`imida spora hosil qilgandan so`ng quriydi. Xlorofilsiz qo`ng`ir rangli bo`lishi va Shoxlanmaganligi, ya`ni 1 ta 5 poyadan iborat ekanligi bilan farq qiladi. Vegetativ poyasi esa yoz oyida taraqqiy etib, Yashil rangli bo`lishi va serShoxligi bilan harakterlanadi. O`rmon qirqbo`g`imi (e.sytvaticum) va o`tloq qirqbo`g`imi (e.protense) vegetativ va spora hosil qiluvchi poyasi bahorda bir vaqtda hosil bo`ladi va har ikkalasi ham yangi o`sib chiqqan paytida och qizg`ish rangli bo`lib, keyinchalik Yashil tusga o`tadi. Bu ikkala turda ham spora hosil qiluvchi poyasida spora etilgandan so`ng u vegetativ poya vazifasini bajaradi. Botqoq qirqbo`g`imi (e.palustre) qayir qirqbo`g`imi (e.fluviatele) va bogot qirqbo`g`imida (e.bogotense) esa vegetatav va spora hosil qiluvchi poyasini rangidan, kattaligidan to spora boshoq hosil etganga qadar deyarli farq etib bo`lmaydi.
Qirqbo`g`im poyasini anatomik tuzilishi bilan tanishish uchun poyaning bo`g`im oralig`idan kesma tayyorlab, uning quyidagi qavatlardan tashkil topganligini ko`rish mumkin. Poyani tashqi tomonini epidermis urab olgan. Epidermis po`sti o`ziga kremnezom moddasini shimib olganligi sababli qattiq dag`al bo`ladi. Epidermisda yana labcha hujayralari joylashgan. Qirqbo`g`im poyasi biz Yuqorida bayon etganimizdek, ko`p qirrali bo`lganligi sababli epidermisdagi labchalar asosan qirralar orasidagi jo`yaklarida o`rnashgan. Qirralarning do`ngliklari esa mehanik to`qimadan tashkil topgan. Poyadagi jo`yaklarni ustki tomonini qoplab olgan epidermis ostida esa hlorofill donachalariga boy bo`lgan assimilyasiya to`qimasi egallagan. Assimliyatsion to`qima faqat jo`yaklarni ostki qismida emas,balki poyani to`liq xalqa shaklida o`rab olgan bo`lishi ham mumkin. Undan ichkarida esa Yupqa po`stli, dumaloq shakldagi siyrak joylashgan asosiy parenxima hujayralar bo`ladi. Unda jo`yaklar ostida dastlab suvni keyinchalik havo bilan to`lgan bo`shliqlar hosil bo`lib, bunday bo`shliqlarga valiko`llar (lotincha-vallis- vodiy) bo`shliqlar deyiladi.
Qirqbo`g`imlarning poyasidagio`tkazuvchi bog`lamlar kolloteral tipda, biroq kambiy qavatiga ega emas. Shuning uchun bog`lamdir. O`tkazuvchi bog`lamlarda korinal`(lotincha-carina- kil` - usma)kanallari ham mavjud.
Kanallar tashqi tomonida floema, yon tomonida esa ksilema joylashgan.
O`tkazuvchi bog`lamdagi floemaning tashqi tomonidan.Perisikl va endoderma qavati o`rab olgan bo`ladi. o`tkazuvchi bog`lamni ichkarisida esa markaziy silindr joylashgan. Poyaning markaziy qismida parenxima hujayralari poyani o`sish jarayonida sarf bo`lib ketadi. Shuning uchun poyaning markaziy qismi ham bo`sh bo`ladi.Bunday markaziy qism va po`stloq(valikulyar)bo`shliqlari poyaning tashqi muhit bilan gaz almashinishida muhim rol` o`ynaydi. Dala qirqbo`g`imining jinssiz ko`payishida generativ poyasining uchki qismida ellipssimon shakldagi spora boshog`i (strobila)hosil bo`ladi. Har qaysi strofil olti qirrali qalqonchadan, uning ostida joylashgan sporangiyalar va band qismidan tashkil topgan. Sporangiyalarda teng sporalar hosil bo`lib, ular etilgandan so`ng, sporangiya uzunasiga chatnaydi va sporalar tashqi muhitga tarqaladi. Sporalarni tashqi tomonidagi ekzosporangiy deb ataluvchi po`stidan tashqari yana 3- eng tashqi episporiy po`sti ham mavjud. Episporiy sporani tashqi tomonidan spiral shaklda 2 ta lentasimon po`stdan iborat bo`lib,uni elotera ipchasi deb ataladi. Elotera quruq havoda ochilib, sporani tarqalishiga xizmat qiladi.
Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitda o`sib gametofitni hosil qiladi. Gametofitlar Yashil plastinka shaklida bo`lib, 0,1-0,9 sm kattalikka ega ayrim jinsli, yerkaklik gametofitlardagi anteridiylardan spermatozoidlar chiqib, ular namlik yordamida harakatlanib urg`ochi gametofitdagi arxegoniyni tuxum hujayrasini urug`lantiradi.
Dala qirqbo`g`imi dorivor o`simlik. Uning yozgi poyasini qurutganda qonni to`xtatuvchi, siydik haydovchi dori sifatida foydalaniladi. XX asrga qadar undan beruvchi o`simlik sifati ham foydalanilgan. Qirqbo`g`imning poyasidan kremnozem ko`p bo`lganligi sababli undan mebellarni silliqlashda metal buYumlarning ketkazishda foydalaniladi. Dala qirqbo`g`imi ba`zan ekinlar orasida begona o`t sifatida uchrashi jihatidan zararli.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin