Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Marattiyasimonlar va polipodi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə64/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

3. Marattiyasimonlar va polipodiumsimonlar sinfning biologiyasi. Marattiyasimonlar sinfi – Marattiopsida.
Bu sinf bitta qabila va oiladan hamda 7 ta turkumdan iborat bo`lib, uning 100 dan ortiq turlari hozirgi paytdafakat tropik zonada Yangi Zelandiyada, Antil orollari, Meksika, Braziliya, Janubi- Sharqiy Xitoy, Tayvan, Shimoliy Vetnam, Indiya, Indaneziya, Filipinda. Bu sinf vakillari saqlanib qolingan. Eng qadimiy paporotniklar hisoblanadi. Ular toshko`mir perm davrida yer sharida dominantlik qilganlar uni paleobotanik tasdiqlaydi. Angioptaris turkumini vakillari hozirgi paporotniklarning eng yirik turlari qatoridan sanaladi. Ularning 1m uzunlikdagi tugunaksimon shakldagi poyasini ko`pincha yarmi yer ostida joylashgan. Murakkab ikki marta tipdagi barglari esa 6m gacha uzunlikda bo`lib, barg bandining asosida yon bargsimon o`simtasi mavjud. Unda zahira oziq modda to`plami sababli tugunaksimon shaklga ega bo`ladi. Manashu tugunaksimon barglari yordamida vegetativ ko`payadi.
Bargini ostki tomonida yon tomonlarini chetlarida bargni chetlari bo`ylab ellipsimon yoki uzunchok shakldagi soruslarda 20 tagacha sporangiylar yakka-yakka holda joylashgan. Har kaysi sporangiyda 1450 tagcha izosporalar mavjud. Sporadan unib chiqqan gametofit 1-3sm kattalikda bo`lib, Yuraksimon yoki dumaloq shaklda. Gametofit 2jinsli va bularda ham ilon tilidagilardek mikoriza hodisasini kuzatish mumkin. Bu sinfning eng yirik turkumlaridan biri maratiyalardir. Bu turkumga 60 ta tur kiradi. Maratiyalar har ikkala yarim sharning tropik qismida tarqalgan. Ular tashqi ko`rinishi jihatidan yangi opterislarga uxshasada, buyi asosan 1-2m gacha ba`zilarida esa 3m gacha bo`lishi poyasini diametri 20sm dan oshmasligi bilan ajralib turadi. Marattiyalarda ham sporangiyalar bargni ostki qismida o`rnashgan. Biroq ular qo`shilib o`sib, sinangiy hosil etadi. Marattiyalarning syeret barglari, poyasi va yon barglari mahalliy axoli tomonidan qaynatib, qovurib is`temol qilinadi. Shuning uchun uni madaniylashtiriladi. YOn barglaridan olinadigan shilimshiq modda dorivor sifatida ishlatiladi. Angiopteris va marattiyalar manzarali o`simlik sifatida ham ekiladi. Yevropada esa asosan roanjteriyalarda o`stiriladi.
Poliplodiayasimonlar sinfi-Polypodiopsida.
Bu sinf paportniksimonlar bo`limining eng yirigi hisoblanadi. U o`ziga 6 ta qabila, 240 ga yaqin turkum va 9000 dan ziyodroq turni birlashtiradi. Ular butun yer shari buylab keng tarqalgan. Ko`pchilik turlari tropik zonadagi o`rmonlarda tuproqda yoki daraxtlarda yopishgan holda epifiz shaklda uchraydi. Tropik vakillari orasida daraxtsimon va liana vakillari ham bor. Masalan: silteydrshlar oilasining 500 dan ziyodroq turlari darxtsimon O`simliklar bo`lib, ko`proq tropikdagi tog`larda tarqalgan. Siltoya (Cyafca) disksoniya (Dicksoni) rkumlarining vakillaridir. Ularning buyi 15-21m gacha boradi. Biroq poyasi ikkilamchi yo`g`onlashish qobiliyatiga ega emas. Barglari esa 2-3-4 marta patsimon bo`lakli bo`lib, 5-6 metr uzunlikka ega.
Rossiya xududida tarqalgan turlari uzun va qisqa ildiz poyali ko`p yillik o`tchil o`simliklar suvda, o`suvchi turlari orasida bir yilliklar ham mavjud. Bu sinf vakillarining ko`pchiligi teng sporali ayrimlari esa har xil spora hosil etib ko`payadi. Teng vakili sporalarda gametofit yaxshi taraqqiy etgan, Yashil plastinkasimon va mustaqil xayot kechiradi. Har xil sporalilarda esa gametofit juda reduksiyalangan bo`lib, bir necha hujayradangina tashkil topgan va ular sporangiya po`sti himoyasida uning ichida joylashgan.
Poliplodiyaqabilalar kenja sinfi-Polypodiseae
Poliplodiyanamolar qabilasi – Polypodiales
Bu qabiladan faqat Polypodiaceae oilasining, Polypodium turkumidan 6ta turi Rossiyada tarqalgan. Qolgan 200 dan ziyodroq turlari asosan tropik va subtropik zonada o`sadi. Bu turkum vakillarida ildiz poyasi yo`g`on Shoxlangan va tashqi tomonidan qo`ng`ir rangdagi tangachalar bilan qoplangan. Taraqqiy etgan barglari ildiz poyada qator bo`lib joylashgan. Oila, turkumni nomi (Polypodium kirk kulok,ko`p oyokli) Shundan olingan. Barglari murakkab patsimon tipda oval yoki dumaloq shakldagi soruslari bargining ostki tomonida barg segmentini o`rta qismida yoki chetlari bo`ylab joylashgan. Polupodiumlarning yumshoq seret va shirin ildiz poyasi, glukozid, olma kislotasi va saponinlar saqlaydi.Uning bargini va ildiz poyasini qaynatmasi medisinada ishlatiladi. Oddiy polipodium (Plypodiumvulgari) va Janubiy polipodium (P. fustrale) turlarining bir qancha xilma - xil turlari manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin