Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Siateyanamolar qabilasi – Cyateales



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə65/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Siateyanamolar qabilasi – Cyateales. Bu kabilaning Yuqorida ko`rsatilgan daraxtsimon vakillaridan tashqari bir qancha o`tchil vakillari ham mavjud. O`tchil vakillari orasida tropik zonada o`suvchi turlardan tashqari bir qancha mo`tadil iqlim sharoitda tarqalgan vakillari ham bor.
Markaziy Osiyo hududida uchraydigan vakillaridan yerkak paporotnikni ko`rsatish mumkin. Yerkak paporotnik (Dryoptyeris Filixmass) sploniyadoshlar (Aspleniaceae) oilasiga mansub bo`lgan ko`p yillik o`tchil o`simlik. Erkak paporotnik Rossiyaning igna bargli va aralash o`rmonlarning ostida keng tarqalgan. Uning areali bir muncha katta xududlarni egallaydi.
Grenlandiya va Skandinaviyadan Meksika va O`rta yer dengizigacha Kolskiy yarim orolida Kavkazning tog` - o`rmonlarigacha O`rta Osiyo va Janubiy Sibirgacha tarqalgan.
Erkak paporotnikning yo`g`on qiya ko`tariluvchi ildiz poyasi tashqi tomondan Yumshoq tangachalar va barg bandining qoldiqlari bilan qoplangan. Ildiz poyasining uchki qismidagi o`sish konusining atrofida kurtak hosil bo`lib, ulardan keyinchalik barg taraqqiy etadi. Kurtaklardan 2- yildan hosil bo`lgan barg gajaksimon o`ralgan bo`lib, uning tashqi tomoni qo`ng`ir rangli tangachalar bilan qoplangan. Faqatgina uchinchi yilning bahorida gajaksimon barg ochilib to`liq taraqqiy etgan yirik 1-1,5 uzunlikdagi qush patsimon murakkab barga aylanadi. Bargning tomirlanishi to`rsimon yoki dixotomik. O`tkazuvchi barglari konsentrik tipda. Bargining anatomik tuzilishi gulli o`simliklarning bargini anatomik tuzilishiga bir muncha o`xshash: ustki va ostki tomonidan epidermik bilan qoplangan. Ustunsimon to`qima zaif taraqqiy etgan. Uning ostida esa yaxshi taraqqiy etgan bulutsimon to`qimani ko`rish mumkin labchalar bargining ostki qismida o`rnashgan. Ildiz poyasining anatomik tuzilishi diktostel tipda. Ksilemasi norvonsimon taraxoidlardan va parenxima hujayradan floemasi esa to`rsimon naylardan va lubsimon pareximalardan tashkil topgan.
Erkak qirqquloqning qush patsimon murakkab bargidagi navbat segmentlari(bargchalari) ketma-ket joylashgan va o`tkir uchli 2- navbat segmentlarini chetlari tishsimon qirqilgan va uchki qismi o`tkir emas. Ikkinchi navbat segmentlarining xarakterli belgisi uning o`rta tomirida sporangiyalar guruhi soruslar hosil bo`ladi. Sorusni ko`ndalang kesib tekshirganda uning o`rta qismida sorusni ikki uyacha ajratib turuvchi plasent qismni ko`rish mumkin. Sorus tashqi tomondan buyraksimon shakldagi pardasimon Yupqa qoplag`ich – indizi bilan qoplangan. Induziy sorusni mexanik zararlanishidan saqlaydi. Sorusning ichki qismida sporangiyalar bandi yordamida plasentga yopishgan holda joylashgan. Erkak qirqquloqning sporangiyasi disksimon shaklda bo`lib, u epidermisning bitta hujayrasidan taraqqiy etadi. Sporangiya devori qavatli. Sporangiyani tashqi tomondan xalqa shaklida o`rab turuvchi hujayraning po`sti notekis joylashgan. Bu qavat sporangiyaning uchki qismidan boshlab, uning qarib 4/3 qismini o`rab oluvchi hujayralar qalin po`stli bo`lib, qolgan qismi Yupqa po`stdan tashkil topgan. Sporangiyani o`rab turuvchi qalin po`sti hujayralar, sporalar ochilgandan keyin ularning tarqalishiga katta rol uynaydi. Uning mexanizmi Shundaki sporangiya ichida arxosporiyal hujayralardan hosil bo`lgan sporalar etilgan paytda qalin po`stli hujayralarning ichida bosim oshadi. Qalin po`stli sporangiya hujayralaridagi 4 ta hujayra devoridan ichki va 2 ta yon radial devori qalinlashgan, bo`lib ustki tomonidagi hujayra devori esa Yupqa bo`ladi. Uning yupqa qismi orqali hujayra ichidagi shiraning konsentrasiyasi oshib osmotik bosim ko`payadi. Keyinchalik sporalar otilgan paytda hosil bo`lgan bosim ta`sirida qalin devoridagi hujayralar ichki tomonga egilgan holatdan birdaniga tashqi tomonga qarab qayrilib ochilishi tufayli sporangiyaning yupqa devori hujayralari joylashgan qismidan ochilishi natijasida sporalar tashqi muhitga sochilib ketadi.
Sporafitdan qulay sharoitda yuraksimon shakldagi kattaligi 4mm gacha ortadigan Yashil gametofit taraqqiy etadi. Gametofiti 2 jinsli. Yuraksimon o`yiqning pastida arxegoniyniylar, rizoidlarning oraliqlarida esa anteridiylar joylashgan. Spermatozoidlari ko`p hivchinli. Urug`lanish namlik yordamida boradi. Zigotadan taraqqiy etgan murtak tinim davrini o`tmasdan o`sib yon yerkak qirqquloq sporafitiga aytiladi.
Erkak qirqquloq qadim zamonlardan shifobaxsh o`simlik sifatida ishlatilib kelinadi. Hozirgi paytda ham ilmiy medisina ildiz poyasidan olinadigan filikoli preparati gijja tushiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Medisina uchun ildizpoyasi kuzda yig`iladi.
5. Salviniyanamolar qabilasi – Salviniales. Bu qabila 2 ta oila: salviniyadoshlar Salviniaceae va Azolladoshlar –Azollaceae va shu oilalar nomi bilan yuritiladigan ikkita turkum va 16 turdan tashkil topgan. Ular ko`prok tropik va subtropik viloyatlarda ayrim turlari esa mo``tadil iqlim sharoitida oqmaydigan va sekin oqadigan suvlarda uchraydi. Salviniya turkumining yer sharida tarqalgan 10 ta turidan O`rta Osiyo hududida faqat 1 turi suzuvchi salviniya- Salvinia natans uchraydi. Janubiy Evropada, Sibirda, Uzoq sharqda, Kavkazda ham tarqalgan. Salviniya nomi XVII asrda yashagan Italiya olimi Salvinii nomiga qo`yilgan.
Salvinia natans O`zbekistonda ko`llarda, sholipoyalarda uchraydi. U suvni Yuzasida qalqib o`sadigan 1 yillik o`simlik. U poyasi 5-15sm uzunliqda, ingichka.Poyasining har bir bo`g`imida barglari halqasimon joylashgan. Ikkita bargi ovalsimon bo`lib, o`ziga xos tukchalar bilan qoplangan. Ular barg Yuzasini ivilishidan saqlaydi. Uchinchi bargi esa ipsimon bo`lib, suv ostida joylashgan va u o`simlikni suvdan oziqlanishi uchun xizmat qiladi. Salviniada tipik ildizi yo`q. Salvinia poyasi va bargining anatomik tuzilishi uning suv muxitida yashashiga moslashgan. Poyasining markazida konsentrik tipdagi birta o`tkazuvchi bog`lam bor. Birlamchi po`stloq qavati yaxshi taraqqiy etgan. Unda yirik havo saqlovchi qismlari bor. Poyaning tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Bargining anatomik tuzulishida uning ustki va ostki tomoni epidemis bilan qoplangan epidermisida labchalar yo`q. Mezofil ikki kavatdan ayerokamera deb ataluvchi bo`shliq (polost) dan iborat. Uning 1 qavat hujayralar ajratib turadi.
Salviniyaning ko`payishida suvda botgan holdagi bargining qo`ltigida soruslar joylashgan mikro soruslar ichida taraqqiy etgan mikrospirangiyada 64 gacha mikrospera megoserusda taraqqiy etgan megosperangiyada 1 ta megaspora hosil bo`ladi. Sporangiyalarning devori Yupqa va yerkak paporotlarnikidek qalin xalqa hosil qilmaydi. Salviniyalarda gametofiti juda reduksiyalangan va ayrim jinsli. Kuzda mikro va megasporalar suv ostiga cho`kadi. Sorusning devori asta- sekin chirigandan so`ng mikro va megasporangiyalar yana suvni Yuzasiga ko`tariladi. Sporalar sporangiyalarning ichida o`sib, gametofitni hosil etadi. Mikro sporadan taraqqiy etgan erkaklik gametofit mikrosporaning devori ostida joylashgan bo`lib, bir nechta vegetativ hujayralardan va ikkita anterediydan iborat. Har qaysi anterediydan 4 tadan ko`p xivchinli spermatozoidlar taraqqiy etadi urg`ochi gametofiti xam asosan megaspora devorini ichida joylashgan bo`lib faqat ozroq qismi devorini yorib tashqariga chiqadi va yelpig`ichsimon Yashil plastinkani hosil etadi. Unda 3 ta arxegoniy taraqqiy etadi urug`lanishdan keyin urg`ochi gametofitdan yangi sporafit taraqqiy etadi.
Ahamiyati: Paporotniklar o`zining tarqalishi bilan yyer shari o`simliklar qoplamida mustaqil tsenozlar (jamoalar) hosil qiladi. Ayrim turlari dori sifatida (O`rmon qirqqulog`i), yana boshqalari esa o`g`it (Azolla) va manzarali o`simlik sifatida ishlatiladi.
1. bu bo`lim vakillari oldingi bo`limlaridan yirik bargliligi (makrofiliya) bilan ajralib turadi. barglarining shakli har-xil bo`lib, ular patsimon, panjasimon, chetlari bo`laklarga bo`lingan, ba`zan butun holida bo`ladi. bularda sporangiyalar spora hosil qiluvchi boshoqlarda emas, barglarining ostki yuzasida yoki chetki qirralarida, sodda vakillarida, novdaning uchki qismlarida hosil bo`ladi. hosil bo`lgan sporangiyalar to`p-to`p bo`lib joylashib, soruslarni hosil qiladi. har bir sorus ustki tomonidan yupqa parda, «induziy» bilan o`ralgan. bularning barglari ikki xil: vegetativ va genyerativ vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham ularni «vayi» deb ataladi. tanasidagi o`tkazuvchi nay bog`lamlari bilan barg orasida uzilish bor. Shuning uchun ular to`kilib turadi.
Bu bo`limda teng va har-xil sporali o`simliklar mavjud. Qirqquloqlar Paleozoy yerasining devon davridan boshlab rivojlangan. Mezozoy yerasida ularni xilma-xilligi yanada ko`paygan. Hozirgi vaqtda bu bo`lim 10000 dan ortiq turni o`z ichiga olib, turli ekologik sharoitlarda o`sishga moslashgan. Bular yer Yuzining deyarli hamma nuqtalarida uchraydigan daraxt, buta va o`t o`simliklardir. Daraxt, buta holidagilari tropik va subtropitk mintaqalarda: (Filippin, Indoneziya, Madagaskar orollarida, Shri-Lanka va boshqalar) tarqalgan. O`rta Osiyo sharoitida o`t o`simliklari uchraydi. Qirqquloqlar kelib chiqishi bo`yicha riniyafitlarga bog`liq. 2.Qirqquloqtoifalar bo`limi hozirgi davrida 7 ta sinfga bo`linadi. Shulardan to`rttasi haqida fikr yuritamiz.
1. Kladoksilonsimonlar sinfi – Cladoxylopsida
2. Ujovniksimmonlar sinfi - Ophioglossopsida
3. Marattiyasimonlar sinfi - Marattiopsida
4. Polipodiumsimonlar sinfi - Polypodiopsida
1. Kladoksilonsimonlar sinfi. Bu sinfga eng sodda tuzilgan, Paleozoy, yerasida yashagan, hozirda faqat qazilma holda uchraydigan o`simliklar kiradi. Bularda hali haqiqiy paporotniklarga xos belgilar Yuzaga kelmagan. Barglari mayda yoki bargsiz bo`lgan. Sporangiyalari barglarda turmasdan novdalarning uchlarida joylashgan. Vakil: Cladoxylon Scoparium. Bu o`simlikni bo`yi 25-30 smga etib boradigan butacha shakldagi o`simlik. Qazilma holda Belgiya, FRG, Xitoy va Kanadadan topilgan.
2. Ujovniknamolar sinfi. Sinfning 1 ta Ujovniknomalar (Ophioglossales), qabilasi va 1 ta oila ujovnikdoshlar (Ophioglossaceae) oilasidan iborat bo`lib, 3 ta turkumni o`z ichiga oladi. (Ophioglossum,Botrychium,Helminthostachys). Shulardan bizning floramizda uchraydigan turi – Ophioglossum vulgatum. Uning bo`yi 30 sm gacha yetib boradigan ildizpoyali o`simlik. Ildizpoyadan yyer betiga bitta barg o`sib chiqadi. Bu barg meva byeruvchi va vegetativ qismlarga bo`linadi. Sporangiyalar bargning meva byeruvchi qismida hosil bo`ladi. Sporalari bir xil shaklda. Gametofiti ingichka chuvalchangsimon ko`rinishida bo`lib, yer tagida 2-10 sm chuqurlikda rivojlanadi. Uning kattaligi 2-3 sm bo`lib zamburug`lar bilan simbioz holda hayot kechiradi. Gametofiti bir uyli. Spyermatozoidlari ko`p xivchinli. Vegetativ yo`l bilan ildizpoyadagi qo`shimcha kurtaklar yordamida ko`payadi.
3.Marattiyasimonlar sinfi. Bu sinfning ham 1 ta Marattiyanamolar (Marattiales), qabilasi va 1 ta Marattiyadoshlar oilasi (Marattiaceae) bo`lib, uning turlari asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oilani bir muncha keng tarqalgan turkumlaridan Angioptyeris, Maratiyalar hisoblanadi. Bularning barglari yirik, patsimon, yoki panjasimon tuzilishga ega. Barglari tuproqqa ko`milib turadigan poyadan chiqadi. Sporangiyalari bargning ostki Yuzasida hosil bo`ladi. Gametofiti yerning ustki Yuza qismida rivojlanadi.
4. Polipodiumsimonlar sinfi.  Sinf 3 ta sinfchaga bo`linadi:
1. Polipodiumkabilar sinfchasi – Polypodiidae.
2. Marsiliyakabilar sinfchasi - Marsileidae.
3. Sal’viniyakabilar sinfchasi - Salviniidae.
1. Polipodiumkabilar sinfchasi. Bu sinfcha 4 ta qabilaga bo`linadi: Osmundales, Schizaeales, Polypodiales, Cyatheales.
Shulardan TSiateynamolar qabilasi, aspleniyadoshlar (Aspleniaceae) oilasining keng tarqalgan vakillaridan biri o`rmon qirqqulog`i (Dryoptyeris filix-mas) o`simligiga to`xtab o`tamiz. Bu o`simlik ko`p yillik ildizpoyali o`t o`simlik. Respublikamiz hududida tog` zonasining mayda shag`alli tuproqlarda, daraxt va qoyalarning soyasida o`sadi. O`rmon qirqqulog`i murakkab tuzilgan syerbar barg dastalarini hosil qiladi. Bular ildizpoyaning uchidan o`sib chiqadi. Ildizpoya yyer Yuzasiga yaqin joylashgan va u qora-qo`ng`ir rangda bo`ladi. Barglari har yili kuzga kelib tushib ketadi va barg bandlarining yyer ostki qismigina saqlanib qoladi. Tuproqdan o`sib chiqqan yosh barglar uchi dastlab gajakka o`xshab o`ralib turadi. Bular juda sekin o`sib 3-yili tuproq yuzasiga chiqadi. Keyinchalik voyaga etgan barglarga aylanadi. O`simlik bo`yi 1 m ga o`sib boradi. Ildizpoyadan bir talay qo`shimcha ingichka ipsimon ildizchalar ham hosil buladi. Yoz faslining o`rtalariga kelib, bargning ostki Yuzasida sporangiylar hosil bo`ladi. Sporangiylar to`p-to`p bo`lib, joy olib, ularga soruslar deb ataladi. Har bir sorus ustki tomonidan Yupqa parda induziy bilan o`ralgan. Sorusning tuzilishini o`rganish uchun uni ko`ndalang kesib qaralsa, bargning ostki tomonida qalin bo`rtmalar (platsenta) borligi ko`rinadi. Platsentadan induziy oyoqchasi hosil bo`ladi. Bundan tashqari sporangiyda yetilgan sporalar xalqa yordamida tashqariga tarqaladi. Halqa tuzilishi jihatdan tutash bo`lmasdan sporangiy aylanasini 2-3 qismini o`rab turadi. Halqa uchlarini bir-biriga o`rab turuvchi yupqa devor bo`lib, uning yorilishi bilan xalqani bir uchi birdan teskari tomonga buraladi. Shu harakat tufayli sporalar tashqariga tarqaladi. Qulay sharoitga tushgan sporalardan gametofit nasl o`sib chiqadi. Gametofit yurakka o`xshash kichkina Yashil yaproqchadan iborat bo`lib, uning eni 1 sm ga yetib boradi. Gametofit yaproqchaning ostki yuzasida, uning uchliroq tomonida esa bir nechta rizoidlar vujudga keladi. Shu yuza tomonida jinsiy a`zolar arxegoniy va antyerediylar rivojlanadi. Arxegoniylar yaproqchaning uchki qismiga yaqin joyda antyerediylar esa o`rtaroq qismida hosil bo`ladi. Spyermatozoidlar tuxum hujayrasiga yetib kelib, uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayradan zigota hosil bo`ladi va bo`linib o`sishi natijasida murtakga aylanadi. Murtakdan voyaga etgan o`simlik hosil bo`ladi. Gametofit yaproqchasi o`sib asta-sekin qurib yo`qolib ketadi.
2. Marsiliyakabilar sinfchasi. Sinfcha 1 ta Marsiliyanamolar (Marsileales) qabilasini, u bitta Marsiliyadoshlar (Marsilaceae) oilasidan iborat. Oila 3 ta turkumni o`z ichiga oladi. Shulardan Marsiliya turkumi 60 dan ortiq turni birlashtiradi. Bu oilaga vakil sifatida to`rt bargli Marsiliya (Marsilia qvadrifolia) hisoblanadi. Bu o`simlik O`zbekiston sharoitida botqoqliklarda, sholipoyalarda uchraydi. Poyasi sudralib o`sadi. Poyaning ostki tomonidan ildizlar, ustki tomonidan barglar, o`sib chiqadi. Barg bandining poyaga tutashgan qismidan Yuqoriroqda sporakarpiylar joylashgan. Ularda Mikro va megasporalar hosil bo`ladi.
3. Salviniyakabilar sinfchasi. Bu sinfcha ham 1 ta Salviniyanomalar (Salviniales) qabilasidan iborat. Qabila 2 ta oilaga bo`linadi: Salviniyadoshlar (Salvinaceae) va Azolliyadoshlar (Azollaceae). Salviniyadoshlar oilasidan keng tarqalganlaridan biri Suzuvchi salviniya (Salvinia natans). Bu o`simlik daryo va ko`llarda, sekin oqadigan suvlarda, suv betida qalqib suzib Yuradi. O`zbekiston sharoitida Amudaryo quyi oqimlarida-Xorazm, Qoraqalpog`iston hududlarida, Sirdaryoni Chinoz atrofidagi ko`llarda uchraydi. Uning kattaligi 15 sm etib boradi. Barglari poyadagi bo`g`imlarda 3 tadan bo`lib joylashgan. Har bir bo`g`imdagi barglardan 2 tasi suv betida qalqib turadi. Uchinchisi ildiz ko`rinishida suvga botgan holda poyada osilib turadi. Suv betidagi barglar Yashil qisqa bandli, tuxumsimon, tekis qirrali ustki tomoni so`rg`ichlar, ostki tomoni esa qo`ng`ir tukchalar bilan qoplangan. Suvga botgan barglar uzun-uzun ipsimon tishchalarga bo`lingan va mayda tukchalar bilan qoplangan. Bu barglar ildiz vazifasini bajaradi. Poya va barglar to`qimasida bir nechta havo bo`shliqlari bor. Bu bo`shliqlar tufayli suv betida yurishga moslashgan. Suvga botib turgan barglarning asos qismlarida to`p-to`p bo`lib joy olgan sharsimon soruslar yoki sporakarpiylar hosil bo`ladi. Har bir sporakarpiylar tashqi tomonidan parda bilan o`ralgan. Parda 2 qavatdan iborat. Sporakarpiylar bir xil kattalikda bo`lsa ham, lekin ular ichida hosil bo`lgan sporangiylardagi sporalar har – xil. Mikrosporangiyda mayda 64 ta mikrospora vujudga keladi. Megasporangiyda 32 ta yirik sporalar hosil bo`ladi. Tayyor holga kelgan sporakarpiylar kuzga kelib, bandi uziladi va suvning ostki qismiga cho`kadi. Bu yerda sporakarpiy pardasi chirib va undan ajralgan, mikro va megasporangiylar bahorga kelganda suv betiga ko`tariladi. Mikrosporalar mikrosporangiy ichida unib otalik gametofitiga aylanadi, ayni shu vaqtda gametofit mikrosporangiy devorini yorib tashqariga chiqadi, lekin undan ajralib ketmaydi.
Unda ikkita antyeridiy hosil bo`lib, har birida 4 tadan 8 tagacha ko`p xivchinli spyermatozoidlar hosil bo`ladi. Bular suvga chiqqandan so`ng onalik gametofiti tomon harakatlanadi.
Megasporadan onalik gametofiti hosil bo`ladi. Bu gametofit uchburchak ko`rinishida bo`lib, megosporangiy po`stini bir oz yorib chiqadi. Uning Yuza tomonida arxegoniylar joylashgan.
Otalangan tuxum xujayradan keyinchalik Salviniya o`simligi rivojlanadi.
Azolliyadoshlar oilasining 1 ta turkumi Azolla (Azolla) 6 ta turni birlashtirdi. Ulardan ayrimlari bizda ham keng tarqalgan. Bular azotga boy substratda, tez ko`payadi. Har-xil sporali o`simlik. Uning bargida ko`k-Yashil suv o`ti Anabena simbioz holatda yashaydi.
Ahamiyati: Paporotniklar o`zining tarqalishi bilan yyer shari o`simliklar qoplamida mustaqil TSenozlar (jamoalar) hosil qiladi. Ayrim turlari dori sifatida (O`rmon qirqqulog`i), yana boshqalari esa o`g`it (Azolla) va manzarali o`simlik sifatida ishlatiladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin