Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Qarag`aytoifa o`simliklar klassifikasiyasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə68/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

3. Qarag`aytoifa o`simliklar klassifikasiyasi.
Hozirgi klassifikasiyalar bo`yicha qarag`aytoifalar quyidagi 6 ta sinfga (ajdodga) bo`linadi:
1. Urug`li qirqquloqsimonlar - Lyginoptyeridopsida yoki Ptyeridospyermae.
2. Sagovniksimonlar - Cycadopsida.
3. Bennettitsimonlar - Bennetittopsida.
4. Gnetumsimolar - Gnetopsida.
5. Ginkgosimonlar - Ginkgoopsida.
6. Qarag`aysimonlar - Pinopsida.
Yuqoridagi 6 ta sinfdan birinchi va uchinchi sinflarning vakillari faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan sinflarning vakillari esa yer Yuzasida ancha keng tarqalgan.
Qarag`aytoifalarga hos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo`lishidir. Qubbalar o`q poya, qoplagich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo`ltig`ida urug`kurtak yoki changdonlar joylashgan, Shunga ko`ra ular changchi (yerkaklik) va urug`chi (urg`ochi) qubbalarga ajraladi.
Urug`kurtaklarda urug`lanish jarayoni quyidagicha ro`y beradi. Mikrospora (chang) chang yo`li orqali chang kamerasiga tushgandan so`ng uning ichidagi vegetativ hujayrasi o`sib uzun naychani (gaustoriyani) hosil etadi va u nukleus to`qimasiga qadar o`sib boradi va anteridial hujayra bo`linib spermagen hujayrani hosil qiladi. Spermagen hujayra tez kattalashib so`ngra bo`linadi va ko`p xivchinligi 2 ta spermatazoidni hosil etadi. Spermatazoidlar esa chang naychasi orqali kelib arxegoniyning tuxum hujayrasi bilan qo`shiladi. Urug`langan tuxum hujayradan zigota, zigotadan esa keyinchalik urug`ning murtagi taraqqiy etadi. Shunday qilib urug` kurtakdan urug` hosil bo`ladi. Urug` uzilib erga tushgach etiladi. Sagovniklardan har xil maqsadlarda: oziq-ovqat, manzarali o`simlik sifatida va xalq tabobatida foydalaniladi.
Ochiq urug`li o`simliklar bir tomonidan Yuqori sporali o`simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug`li o`simliklarga o`xshaydi. Ochiq urug`li o`simliklar urug` beradigan qirq-quloqlardan, yopiq urug`li o`simliklar ochiq urug`li o`simliklardan kelib chiqqan.
Ochiq urug`li o`simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug`li o`simliklar orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o`tli o`simliklar uchraydi. Ochiq urug`li o`simliklar asosan monopodial` tipda Shoxlanadi. Yopiq urug`li o`simliklar esa monopodial`,simpodial` va dixatomik ravishda Shoxlanadi. Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi. Yopiq urug`li o`simliklarning to`qimasida esa suv naylari xamda traxeidlar bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarning urug` kurtagi ochiq erda taraqqiy etadi. Yopiq urug`li o`simliklarni urug`i mevaning ichida taraqqiy etadi. Ochiq urug`li o`simliklarda esa urug` g`uddalarda taraqqiy etadi. Bularda meva bo`lmaydi. Ochiq urug`li o`simliklardagini aksi, yopiq urug`li o`simliklarni mevasi bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarning endosperma to`qimasi otalanish prosessidan oldin hosil bo`ladi. Yopiq urug`li o`simliklarda esa endosperma to`qimasi otalanishdan keyin hosil bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarda qo`shaloq otalanish bo`lmaydi, yopiq urug`li o`simliklarda esa qo`shaloq otalanish bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarning ko`pchiligi doimo Yashil o`simlik hisoblanadi.

Urug`li qirqquloqlar daraxt, liana va o`t o`simliklarni o`z ichiga olgan. Barglari yirik, murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlarning barglariga o`xshash bo`lgan. Xarakterli xususiyatlari ular urug` hosil qilgan. Urug`li qirqquloqlar urug`lari yordamida ko`paygan. Biroq urug`lari juda sodda tuzilishga ega bo`lib, urug` murtagi bo`lgan. Shuning uchun ayrim olimlar ularni urug`li o`simliklar emas, balki urug`kurtakli o`simliklar deb atashgan.


Urug`li qirquloqsimonlar ikki xil mikro va makrosporasi bo`lgan. Sporafill Shoxchalarining uchida mikro yoki makrosporangiylar hosil bo`lgan. Makrosporalar makrosporangiy ichida rivojlanib, urg`ochi o`simta hosil qilgan. Urug`langandan keyin urug`kurtak uruqqa aylanib, maxsus o`simta - kopula ichiga joylashgan, ko`pula urug`kurtakka tutashib ketmay uning ichki qismida ajralgan holda turadi. Kopula boshchali tukchasimon bezlar bilan qoplangan. Urug` 6-7 mm uzunlikda bo`lib, unda murtak topilmagan.
Urug`kurtakning tuzilishi ham o`ziga xos, uning mag`zi uchida chang kamerasi, kamera ichida esa qobig`i teshik mikrosporalar bo`lgan. Shunga asoslanib urug`li qirqquloqlarda ham hozirgi ginkgo va sagovniklardagi kabi harakatchan spermatozoidlar bo`lgan deyish mumkin.
Urug`li qirqquloqsimonlar poyasining anatomik tuzilishi ularning po`sti ikkilamchi yo`g`onlashganligi o`zagi kuchli rivojlanganligi va kollateral to`dalar barglargacha tarqalganligini ko`rsatadi. Urug`li qirqquloqlarning poyasi dastlab protestel tipda bo`lib, keyinchalik sifonestel tipga o`tgan. Poyasining o`zak qismi atrofida bir qancha o`tkazuvchi bog`lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo`lgan. Urug`li qirqquloqlar o`simliklarning qirqquloqlar bilan ochiq urug`lilarning belgi xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan alohida gruppasidir.
Mikrosporangiyalari tuzilishi jihatdan hozirgi qirqquloqlarnikiga o`xshash bo`lgan. Urug`li qirqquloqlarning mikrosporalari kattaligi va tuzilishi jihatdan har xil bo`lgan.
Bu ajdod 4 ta qabiladan iborat:

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin