3. Bennettitsimonlar (Bennettitopsida) sinfi (ajdod). Bennettitsimonlar asosan perm davriga oid qazilma o`simliklardir. Bo`r davrining oxirlarida ya`ni 700 mln yil ilgari ular batamom qirilib ketgan. Bennetitsimonlarning qoldiqlari O`zbekiston (Hisor tizmasi)dan ham topilgan. Ular tashqi ko`rinishida hozirgi sagovniklarga o`xshash bo`lgan.
Bennetitlarning poyasi yo`g`on bo`lib, tik o`sgan. Barglari ko`pchilik turlariga murakkab patsimon, ayrimlarida esa oddiy va butun bo`lgan. Poyasida va po`stloq qavatlari rivojlangan, yog`ochlik qismi esa kam taraqqiy etgan. Shuningdek kambiy qavati va kollateral tipdagi o`tkazuvchi bog`lamlari bo`lgan.
Qubbalaridagi barglari spiral shaklda o`rnashgan. Undan ichkarida mikrosporofillar o`rnashgan. Mikrosporalar hosil bo`lgan. Mikrosporafillar qubbadagi tangachasimon barglari bilan navbatlashib joylashgan. Tangachasimon barglarga bo`lg`usi gulko`rg`on deb qaraladi. Mikrosporafillarda urug`kurtak taraqqiy etgan. Urug`lari kichik, ya`ni sholi doni kattaligida bo`lgan. Bennetitsimonlarning urug`i ikki palladan iborat bo`lib, urug`pallalarida zahira moddalari to`plangan.
Bennettitsimonlar ko`pincha ikkita: Vilyamsoniyadoshlar-(Williamsoniaseae) va Bennettitdoshlar - (Benittitaseae) oilasiga ajratiladi.
Vilyamsoniya oilasining gigant vilyamsoniya nomli turining balandligi 2 m gacha etadigan, barglari murakkab patsimon qubbalari asosan ikki jinsli bo`lgan. Vilyamsoniyalar deyarli hamma qit`alardan topilgan.
Bennettitdoshlar (Benittitaseae)oilasi vakillari asosan quruq iqlimli joylarda o`sgan. Ularning tanasi yoki Shoxlarining uchida uzun, ko`pincha, patsimon va ba`zan oddiy kseromorf barglar bo`lgan. Poyasining sirti to`kilgan barglar bandining izlari bilan qoplangan. Bennetitlar anatomik tuzilishi jihatidan urug`li qirqquloqlar va sagovniklarga juda o`xshash bo`lgan. Tanasining markazi birlamchi va ikkilamchi yog`ochlikning ingichka halqasi bilan o`ralgan, kuchli rivojlangan o`zak bilan to`la bo`lgan. Kambiy halqasi lub va anchagina qalinlashgan po`stloqni bir biridan ajratib turgan. Ularning tanasida ikkilamchi yo`g`onlashish xususiyati bo`lgan. Poyasi yo`g`on va qisqa (1 m gacha) Shoxlanmagan bo`lib, patsimon murakkab barglari poyasining uchida rivojlangan. Qubbalar poyasining yonlarida o`rnashgan.
Bennetitlar har xil sporali o`simliklar bo`lgan. Ularning ko`payish organlari barg qo`ltig`ida va bitta gulg`o`rg`onli gulga o`xshagan, tashqi ko`rinishidan qubba - strobilni eslatadi. Qubbaning o`rtasida son – sanoqsiz tashqi qoplovchi barglar spiral shaklida joylashgan bo`lib, ular juda ko`p uzun tuklar bilan qoplangan. Bu barglardan to`garak bo`lib mikrosporafillar joylashgan. Gulning markazida makrosporafillar ko`rinishidagi genesey bo`lib, u juda g`uj, chang yo`li bor urug`kurtak bilan tamomlanadi.
Bennetitlar shamol yordamida changlangan. Urug`langandan keyin urug`kurtakdan urug` rivojlangan. Uning murtagida yaxshi etilgan ikkita urug`palla bo`ladi. Bu tartib vakillarining ko`payish organlari sagovniklarning qubbalari bilan gulli o`simliklarning guli o`rtasida oraliq o`rinni egallagan.
Bennettitlarning qoldiqlari Shimoliy Amerika, G`arbiy Yevropa, Mongoliya, Xindiston, Yaponiya va O`rta Osiyo toshga aylangan poyasi esa Italiyadan topilgan.
XX asrning boshlarida Amerika olimi D.Uiland uning strobilini rekonstuksiya qilib, qadimgi gulli o`simliklarning guliga o`xshashligini ko`rsatgan.
Shundan qilib, bennettitlar qubbasining tuzilishiga asoslanib, Angliyalik paleobotaniklar Arbyer va Parkinlar bennettitlar gulining kelib chiqishi haqidagi o`zlarining strobilyar (chingul) nazariyasini yaratganlar. Xulosa qilib aytganda, bennittitlar guli o`simliklarning eng yaqin ajdodlaridan hisoblanadi.
Bennetitlar tashqi ko`rinishidan sagovniklarga o`xshab Yura davrida rivojlangan, er Yuzini qoplab so`ng Yuqori bo`r davrida butunlay yo`qolib ketgan o`simliklardir. Bennettitlarning ichki tuzilishi urug`li qirqquloqlilar bilan sagovniklarning ichki tuzilishiga juda yaqin. Ularning poyalarida kambiylari lub va ancha qalin po`stloq, birlamchi, ikkilamchi yog`ochlik xalqalarni hosil qiladi.
Bennetitlarni g`uddasi o`zidan oldingi sinf o`simlik-larning g`uddasidan ikki jinsiyligi bilan farq qiladi. Fuddaning tashqi tomonidagi ko`plab mikrosporangiylarda mikrosporalar etilsa, g`uddaning markazdagi juda qisqargan makrosporofitda bitta urug` kurtak rivojlanadi. Sporofitlar tashqi tomondan po`stlog`i to`q kul rang va silliq bo`lib, keyinchalik har tomonga eyilib ketadigan piramida Shox-shabbasi bor.