Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə63/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Qirqquloqtoifalarning sistematikasi. Qirqquloqtoifalarning klassifikasiyasini tuzishda 6 tomlik «jizn` rasteniy» nashriga asoslanildi. bu nashr bo`yicha qirqquloqtoifalar bo`limi quyidagi 7 sinfga bo`linadi:
1.Anevrofitsimonlar – Aneurophytopsida.
2.Arxeopterissimonlar – Archaeoptyeridopsida.
3.Kladoksilonsimonlar – Cladoxylonsida.
4.Zigopterissimonlar – Zigoptyeridopsida.
5.Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar) – Ophioglossopsida.
6.Marattiyasimonlar – Marattiopsida.
7.Polipodiumsimonlar – Polypodiopsida.
Yuqorida keltirilgan sinflardan 1-4 sinfning vakillari to`liq qirilib ketgan. Birinchi sinf anevrofitopsimonlar sinfining vakillari eng qadimgi qirqquloqsimonlar sanaladi. Ular devon davrining o`rtalarida (400-375 mln yillar oldin) o`sgan. Tuzilishi jihatidan riniyasimonlarga juda yaqin bo`lgan. Shuning uchun ularni psilofitnomolar (Psilophytales) qabilasidan kelib chiqqan deb ko`rsatiladi va riniyasimonlar bilan qirqquloqsimonlar bo`limi orasidagi oraliq forma deb xisoblaniladi. Anevrofitsimonlar orasida prototeridium (prototyeridium) yoki ptilofiton - (ptilophyton) deb ham ataluvchi vakili yaxshi o`rganilgan. Hozirgi qirqquloqlarga o`xshash tomoni barg vazifasini bajaruvchi Shoxchalari dastlab gajaksimon o`ralgan bo`lgan.
Sporangiyalari yirik bo`lgan va Shoxlarini uchida yakka- yakka yoki to`da bo`lib joylashgan. Ular teng sporali bo`lgan.
2-sinf. Arxeosptoropsimonlar sinfining vakillari ham qirilib ketgan bo`lib, ular o`rta devonning oxirida karbonning boshlarigacha (320-360 mln yil oldin) tarqalgan bo`lgan. Bu sinf vakillari tashqi ko`rinishi jihatidan hozirgi ignabargli daraxtlarga o`hshaydi. Bu sinfga bitta arxeopteropnamolar – (archaeoptyeriales) qabilasi kiradi. Ularning orasida teng sporali va har xil sporali vakillari bo`lgan.
3-sinf. Kladoksilonsimonlar sinfi vakillari ham anevropitopsimonlar va arxeopteropsimonlar sinflarining vakillari bilan deyarli bir davrda yashagan. Ularning vakillari orasida faqat bitta turi kladoksilan (cladoxylon) birmuncha daraxtsimon shaklga ega bo`lgan. Ularda ham sporangiylar o`simlikning ichki qismida joylashgan bo`lgan. Sporangiyalarda sporalarning tarqalishi uchun maxsus moslamalari bo`lmagan. Izosporalar hosil etib ko`paygan.
4-sinf. Zigopteridapsimonlar sinfiga mansub bo`lgan qirqquloqlarning geologik tarixi devon davrining oxirlaridan boshlanib, to Permgacha davom etgan. Ular orasida daraxtsimon vakillari bilan bir qatorda ko`pgina o`tchillari ham bo`lgan.
Bu sinf bitta sinfning nomi bilan ataladigan qabiladan (zygoptyeriales) va bir necha oilalardan tashkil topgan. Bu sinfning xarakterli vakillaridan biri stavropterisdoshlar oilasidan stavropteris- (stavroptyeris) hisoblanadi.
5-sinf. Ofioglossumsimonlar yoki ilontilsimonlar (ophioglossopsida).
Bu sinf vakillari paleozoyda yashagan 2- sinfning (archaeoptyeridopsida) teng sporali vakillaridan kelib chiqqan deb ko`rsatiladi. Chunki bularda kambiy qavatini bo`lishi yosh barglarning gajaksimon o`ralmaganligi bilan arxeopteripsidlarning vakillariga o`hshab ketadi.
Ilontilsimonlarning vakillari asosan erda o`suvchi ko`p yillik o`tchil o`simliklar bo`lib, ayrim tropik vakillar esa epifit holda hayot kechiradi. Sporafiti seret, biroq mexanik to`qimasiz. Ildizpoyasi oddiy, ko`pincha qisqa bo`g`imli. Ba`zan dixotomik bo`ladi. Ildizpoyasida tangachabarglar bo`lmaydi. Barglari ikki xil (dimorfil). Bargining asosida yonbargchasimon qini mavjud. Sporangiylarida 1500 dan 15000 gacha spora hosil bo`ladi. sporangiylari uchki qismidan ochiladi. Gametofiti yirik dixotomiya yoki noto`g`ri Shoxlangan va mikoriza hosil etib yashaydi.
Bu sinfga bitta qabila Ilontilnomolar (ophioglossales) bitta oila Ilontildoshlar (ophioglassaceae) va uchta turkum Botrixium (botrichium) Ilontili (ophioglossum) va Gelmintistasus yoki chuvalchangboshoq (helminthostachus) kiradi.
Yuqorida ko`rsatilgan uchta turkumdan: ilontili turkumi vakillaridan O`zbekistonda 2 ta tur (ophioglossum vulgatum) va betrixium turkumidan O`zbekistonda faqat 1ta tur (botrichium linarie) o`sadi.
Sitologlarning ko`rsatishicha bu oila vakillarida hromosomalarning o`rta cha soni asosan 15 ta. Biroq (ophioglassum pycnostidium) da 1320 ta hromosoma borligi aniqlangan. Bu Yuksak o`simliklar orasida eng ko`p xromosomali o`simlikdir. Botrixium vakillari quyidagi belgilari bilan ilontillilardan farq qiladi a) spora beruvchi, bargini segmenti patsimon Shoxlangan ro`vaksimon; b) sporangiylar juda primitiv tipda joylashgan, sporangiylar spora beruvchi barg Shoxchalarini ham yon tomonlarida hamda uchki kismlarida joylashganligi; v) spora po`stini tuzilishi bilan; g) assimilyasion bargini patsimon kesilishi; d) gametofiti dorzoventral, tuxumsimon, tugunaksimon yoki disksimon, uzunligi 1 mm dan 20 mm gacha. Tabiatda juda oz miqdorda saqlanib qolgan, bu sinf vakillari himoyalangan muhim o`simliklardir.
Amerikada o`sadigan virgin botrixium (Botrichium virginianum) eng qimmatli dorivor o`simlik bo`lgan. Jen`shenni (Panax tritolius) o`sish joyini ko`rsatuvchi o`simlik deb hisoblanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin