Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Qirqbo`g`imtoifa o`simliklarning sistematikasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə59/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Qirqbo`g`imtoifa o`simliklarning sistematikasi. Qirqbo`g`imsimonlar devon davrida (417-370 mln yil oldin) kelib chiqqan. Ularning er sharida eng taraqqiy etgan davri toshko`mir davridir. Trias davriga kelib daraxtsimon vakillari va ayrim o`tchil vakillari qirila boshlagan. Faqat qirqbo`g`im turkumini turlari saqlanib qolgan va bizgacha etib kelgan.
Bu bo`lim uch sinfga bo`linadi.
1. Gineasimonlar – Hyeniopsida
2. Ponabarglilar – Sphenopsida
3. Qirqbo`g`imsimonlar – Equisetopsida
Yuqorida ko`rsatilgan 3 ta sinfdan 1chi va 2 chi sinf vakillari faqat qazilma holda uchraydi. Ular orasida eng qadimgisi gienasimonlar sinfining vakillari hisoblanadi. Chunki bu sinf vakillarini paleobotanik qoldiqlari o`rta va quyi devon davrlaridan topilgan bu sinfga ikkita turkum kiradi: gieniya-(hyenia), kalamofiton- (calamophyton) va shu turkumlar nomi bilan ataladigan ikkita oila.
Giena turkumi vakillarining xarakterli belgilaridan biri, ularda vegetativ tanasining bo`g`imlarga bo`linishi hali yahshi shakllanmagan. Poyasi dixatomik Shoxlangan. Barglari ham 2- 3 marta dixatomik Shoxlangan, hamda ular novdaning uchki qismida halqasimon shaklda, ostki qismida esa ketma-ket joylashgan bo`ladi.
Sporafillar mahsus novdalarini uchidagi spora boshoqlarda halqasimon joylashgan bo`lgan. Sporafillarini uchki qismi ham dixatomik Shoxlangan bo`lib, har qaysi Shoxda 2-3 ta sporangiy joylashgan bo`lgan va pastki tomonga egilgan bo`lgan.
Gienisimonlar turkumining vakillari uncha katta bo`lmagan butachalar bo`lgan. Ular morfologik tuzilishi jihatidan riniofitasimonlar va esterofillo-fitosimonlarga o`xshash bo`lsa, anatomik tuzilishi jihatidan esa devon davrini boshlarida mavjud bo`lgan klodoksilopsida (clodoxylopsida) deb ataluvchi paporotniklarning sinfi vakillariga o`xshash bo`lgan.
Kalomofiton (calomophyton)turkumini vakillari ham tashqi ko`rinishi jihatidan gienalar turkumi vakillariga o`xshash bo`lgan.
Faqat poyasi bo`g`imlarga aniq bo`linmaganligi va barglarini bir marta dixatomik Shoxlanganligi bilan farq qiladi bular ham barglarini va sporafillarini joylanishi gienalarga o`xshash bo`lgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin