5. Psilottoifalar bo`limi vakillarining biologiyasi. Bu bo`lim birgina Psilotsimonlar sinfidan tarkib topgan. Bular bizning davrgacha etib kelgan «Relikt» o`simliklar hisoblanadi. Sinf bitta oila, ikkita turkumdan iborat:
1.Tmezipteris – Tmesipteris tannenis 2. Psilotum - Psilotum triquetrum Tmezipteris turkumini 10 ga yaqin turi ma`lum. Ular Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu o`simliklarni bo`yi 5–40 (100) sm. Ildizi rivojlanmagan, ildiz poyali epifit holda yashaydigan o`simlik, ya`ni boshqa o`simlik tanasida substrat sifatida foydalaniladi. Ildizpoyalaridan novdalar o`sib chiqib, ular daraxt tanasida osilib turadi. Novdalar oddiy ba`zan dixotomik tarzida shakllanadi. Barglari lantsetsimon tuzilishiga ega. Poyaning ustki qismlaridagi vegetativ barglar orasida sporofillar bor. Ular ikkiga ajralgan bo`lib, o`rtasida ikkita sporangiy hosil buladi. Har ikkala qo`shilib sinangiyni hosil qiladi. Sporalari bir xil. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, tuproq ostida rivojlanadi.
Psilotum 2 turdan iborat bo`lib, ular yer Sharining tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. Bu o`simlik ham erda yoki daraxt tanasida epifit holda hayot kechiradi. Ildizpoyasidan dixototik Shoxlangan er usti novdalari chiqadi. Ular mayda barglar bilan qoplangan. Novdalarda sporangiylar uchtadan bo`lib, joylashgan. Ular o`zaro qo`shilib, sinangiylarni hosil qiladi. Gametofiti Yuqoridagi o`simlikka o`xshaydi.
8-Mavzu: Qirqbo‘g‘imtoifalar (Equisetophyta) o‘simliklar bo‘limi Reja: 1.Qirqbo`g`imtoifa o`simliklarning umumiy xarakteristikasi.
2. Qirqbo`g`imtoifa o`simliklarning sistematikasi.
3.Poya-barglilar sinfini sistematikasi, anatomik va morfologik xarakteristikasi.
4.Qirqbo`g`imlar sinfi vakillarining anatomo-morfologik xarakteristikasi.
5.Dala qirqbo`g`imlarining qishloq ho`jaligidagi ahamiyati.
1.Qirqbo`g`imtoifa o`simliklarning umumiy xarakteristikasi. Bu bo`limni ko`pchilik adabiyotlarda bo`g`imlilar deb Yuritilgan. Bunga sabab sporali Yuksak o`simliklar orasida bular tanasining (sporafitining) bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarini xalqasimon joylashganligi bilan yaqqol farq qiladi. Ko`pchilik bizgacha etib kelmagan va barcha hozir yer sharida mavjud bo`lgan qirqbo`g`imsimonlar yer ostida gorizontal va vertikal o`suvchi ildizpoya hosil etuvchi o`simliklardir. Barglari juda kichik va yon novdalarni (telom) o`zgarishidan kelib chiqqan.
Plaunsimonlar singari qirqbo`g`imlarni ham hozirgi turlarini barchasi o`tchil o`simliklardir. Daraxtsimon vakillari esa bizgacha etib kelmagan. Ularning balandligi 15 m gacha va eni 0,5 m gacha bo`lgan. O`tkazuvchi bog`lamlari kolloterial tipda. Ksilemasining o`tkazuvchi elementlari turli tipdagi traxeidlardan tashkil topgan. Biroq qirqbo`g`imlar turkumi vakillarida esa sosudlar (traxeyalar) ham mavjud. Floemasi to`rsimon naylar va parenhima hujayralardan iborat.
Qirqbo`g`imsimonlarning yana bir harakterli xususiyati sporafillarni o`ziga xos tuzilishi va joylashishidir. Sporafillar poyani spora hosil qiluvchi zonasida vegetativ barglar bilan navbatlashib joylashgan yoki poyani uchida faqat sporafillardan iborat holda yoki steril barglar bilan aralash holda spora boshoqlardan (strobila) xalqasimon joylashgan.
Ko`pchilik qirqbo`g`imsimonlar teng sporali o`simliklardir faqatgina qazilma vakillari orasida ayrim har xil sporalilar bo`lgan.