Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-Mavzu: Plauntoifalar (Lycopodiophyta) va psilofittoifa bo‘limi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə53/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

7-Mavzu: Plauntoifalar (Lycopodiophyta) va psilofittoifa bo‘limi
Reja:
1. Plauntoifalar bo`limining umumiy xarakteristikasi.
2. Plauntoifalar bo`limining sistematik tavsifi va biologik xususiyatlari.
3. Polushniksimonlar sinfining umumiy xarakteristikasi. Selagenellanamolar qabilasi tavsifi.
4. Polushniknamolar qabilasi vakillarining morfologik anatomik va sistematik xarakteristikasi
5. Psilottoifalar bo`limi vakillarining biologiyasi.

1. Plauntoifalar bo`limining umumiy xarakteristikasi. Plauntoifalarning yer sharida mingdan ortiq turlari tarqalgan. Shundan sobiq ittifoq territoriyasida 24 ta turi uchraydi. O`zbekistonda esa bu bo`limning vakillari uchramaydi.


Plaunsimonlar ham Yuksak o`simliklarning eng qadimgi vakillaridan bo`lib, ularning qoldiqlari fanga silur davridan aniqlangan. Ular paleozoy yerasining toshko`mir davrlarida yaxshi taraqqiy etgan. O`sha davrlarda daraxtsimon qirqbo`g`imlar va daraxtsimon qirqquloqlar bilan birgalikda plaunlarning ham daraxtsimon vakillari katta o`rmonlarni tashkil etgan.
Hozirgi paytda er sharida tarqalgan plaunsimonlar esa hammasi o`tchil o`simliklardir. Ular tipik ildizpoya va barglarga ega bo`lishi jihatidan moxsimonlar va riniofitlar morfologik strukturasidan farq qiladi.
Plaunlarning ildizi dixotomik Shoxlangan ko`shimcha ildizdan tashkil topgan. Ayrim vakillarida ildizpoya va rizofora deb ataluvchi qo`shimcha ildizpoya bo`ladi. Poyasi tikka o`suvchi, ayrimlarida esa yotib o`suvchi bo`lib, dixotomik Shoxlangan.
Barglari oddiy, ba`zilarida uchki qismi biroz ayrisimon va bir tomirli bo`ladi. Ko`pchilik vakillarida barg joylashishi spiral holda, ayrim vakillarida qarama-qarshi va xalqasimon barg joylanishini kuzatish mumkin.
Ayrim plaunlar bargining ostida ligula deb ataluvchi tilchalari mavjud.
Plaunsimonlarning bargini kelib chiqishi bilan tanishganimizda, ularda barglar o`k organlarida paydo bo`lgan o`sma enasiyalaridan taraqqiy etgan. Enasion barg yoki filloid deb ataluvchi plaunlarning bargi boshqa Yuksak o`simliklarning bargini kelib chiqishidan tubdan farq qiladi.
Plaunlarda barglari juda kichik (mikrofiliya) bo`ladi. Faqat bizgacha etib kelgan Lepipododendron deb ataluvchi daraxtsimon plaunlarda bargining uzunligi 1 metrgacha bo`lgan. Plaunsimonlar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payish yotib o`suvchi poyasi va yer osti poyasi yordamida boradi.
Jinssiz ko`payishda sporali boshoqlar hosil qiladi. Ular sporafillardan tashkil topgan bo`lib, ular ba`zi vakillarida vegetativ bargchalarga o`xshash bo`ladi yoki ayrimlarida esa shakli, kattaligi, rangi jihatidan vegetativ barglardan farq qiladi.
Plaunsimonlar orasida teng sporali va har xil sporali vakillari mavjud. Har xil sporali vakillarining bargchalarida tilcha hosil bo`ladi.
Teng sporali va har xil sporali plaunlarning gametofitlari ham bir- biridan farq qiladi. Teng sporali plaunlarning gametofiti birmuncha yirik 2-20 ml gacha bo`lib, ikki jinsli etdor, sporafit yoki yarim sporofit holida hayot kechiradi va 1-15 yilda etiladi. Har xil sporali plaunlarning gametofiti esa kichik, ya`ni makro va mikro spora po`stidan ozgina tashkariga chiqib bir nechta hujayralarni hosil qiladi. Bir jinsli spora tarkibidagi ozuqa xisobidangina oziqlanadi va bir necha hafta mobaynida etiladi.
2. Plauntoifalar bo`limining sistematik tavsifi va biologik xususiyatlari. Plaunlarni klassifikasiya qilishda sporafitning teng va har xil sporaligi, morfologik tuzilishi, gametofitining tuzilishi asos qilib olingan. Shunga ko`ra bu bo`lim 2 ta sinfga bo`linadi:

  1. Plaunsimonlar - Lycopodiopsida.

  2. Polushniklar - Isoetopsida, izoetopsida .


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin