Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 180,94 Kb.
səhifə2/17
tarix26.04.2023
ölçüsü180,94 Kb.
#102998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2022 23 Мил ҳар ўй ишчи дастур кечки

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy talimdagi o‘rni


“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda O‘zbekistonda jimsoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan Farmon va Qarorlarda qayd etilgan talablarga muvofiq shu soha bo‘yicha tayyorlanadigan bo‘lajak oliy ma‘lumotli mutaxassis jismoniy, intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatlardan shakllangan, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, o‘z kasbining ustasi, innovasion pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirgan va milliy istiqlol g‘oyasini amalga oshirishda sidqidildan xizmat ko‘rsatuvchi shaxs bo‘lib yetishishi zarurligiga urg‘u berilgan.
DTSda qayd etilgan malakaviy talablarga asosan har bir bo‘lajak soha mutaxassisi nafaqat o‘z ixtisosligi, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlarni o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim.
Ushbu SILLABUS (ishchi dasturi) milliy harakatli o‘yinlarning rivojlanish tarixi, milliy harakatli o‘yinlarga oid ko‘nikma va malakalar, milliy harakatli o‘yinlar vositasida harakatlarga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish, hakamlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarini o‘z ichiga oladi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari


Fanni oqitishdan maqsad – talabalarning o’zbek milliy harakatli o‘yinlarining nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirishdan iborat. Milliy harakatli o‘yinlarning rivojlanish tarixini; o‘yin qoidalari, tasnifini; texnik va milliy harakatli o‘yinlarning ahamiyatini; dastlabki harakatlarga o‘rgatish vosita, uslub va tamoyillariga ega bo‘lishi va bilishi kerak.

Yüklə 180,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin