Amaliy mashg‘ulotlarda - mavzularga oid quyidagi amallar va topshiriqlar bajariladi:
• interfaol keys-stadilar;
• mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar;
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlarni qilish;
• individual loyihalar;
• jamoa bo'lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar;
• kommunikativ metodlar;
• kognitiv metodlar;
Mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
- esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;
- konspekt yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va guruhiy o‘quv loyihasi;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbaalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
7. Kreditlarni olish uchun talablar: O'rganilayotgan xorijiy tilni grammatika, leksika va diskurs tahlili asosida chuqur o'rganish, Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetentsiyalari: o'rganish, o'qitish va baholash” to'g'risidagi umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlari (CEFR) bo'yicha chet tilini bosqichma-bosqich S1darajagacha egallash, chet tilida erkin muloqotga kirishish, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun berilgan vazifa va topshiriqlarni plagiatga yo'l qo'ymasdan bajarish hamda o'z vaqtida topshirish.