“Pedagogik diagnostika” fani fani 5110900 - Pedagogika va psixologiya (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) ta'lim yo’nalishi talabalarga pedagogik diagnostika, pedagogik diagnostikaning psixologik muammolari, psixologik tayyorgarlik tizimi talablari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni qonuniyatlari; pedagogik faoliyat metodikasi; yangi pedagogik texnologiya va texnika; ta’lim sohalari bo‘yicha pedagogik diagnostikani tashkil etishning asosiy tamoyillari, qoidalari, talab va mezon ko‘rsatkichlari o‘zgarishlar va yangilanishlarni ilmiy-nazariy tahlil etish va o‘ziga xos xususiyatlarini asoslashlari bo’yicha ma’lumot berishda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.
“Pedagogik diagnostika” fanining maqsadi - Fanni o‘qitishdan maqsad–pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji, pedagogik diagnostikani tashkil etishning nazariy asoslari, pedagogik diagnostikani ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llashga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: magistlarlarga pedagogik diagnostikaning ahamiyatini tushunishga yordam berish; ularni pedagogik diagnostikani amalga oshirish metodlari bilan tanishtirish, hamda Tarbiya diagnostikasi haqidagi ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.