O’qituvchi: S.I.Atqiyayeva ___________
ILOVALAR
1-ILOVA
Insert texnikasidan foydalanib mavzuni o‘qib o‘quv topshirig‘ini bajaring.
I N S E R T U S U L I
Matnda belgilash tizimi
( ) - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;
(+) - yangi axborot belgisi;
(-) - meni bilganlarimga, zid belgisi;
(?) - meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga q o‘shimcha axborot kerak belgisi.
2-ILOVA
SENDWICH METODI
YUTUQLAR
KAMCHILIKLAR
TAVSIYALAR
3-ILOVA
SAVOL-JAVOB
1. Kommunal xo‘jaligi oqavalari qanday jarayonlardan ajralgan oqavalar hisoblanadi?
2. Sanoat oqavalari tarkibida qanday moddalar uchraydi?
3. Oqava suvlar qanday tozalanadi?
Mavzu:Kommunal xo‘jaligi va sanoat oqavalari.
Reja:
1. Kommunal xo‘jaligi oqavalari.
2. Sanoat oqavalari.
Kommunal xo‘jaligi oqavalari. Qishloqlardan oqib chiqadigan oqava suvlar hech qayerda tozalanmaydi va u oqar suvlarni, suv havzalarini bakteriyalar bilan zararlaydi.
Suvning sifatini ifloslashdan uchinchi o‘rinda turuvchi shahar kommunal xo‘jalik oqavalari kollektor-zovur oqavalari hajmidan ancha kam. Ular asosan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ko‘proq, ular O‘zbekiston bo‘yicha shu xildagi oqavalarning 50%ini tashkil
etadi.
Kanalizastiya tarmoqlarini qurish suv ta’minotiga nisbatan ancha
orqada qolmoqda, shahar aholisining 54%i, qishloq aholisining 3%i
kanalizastiya bilan ta’minlagan.
Xorijiy mamlakatlarning qishloq joylarida va yakka tartibda qurilgan xonadondarida maishiy oqavalarini zararsizlantirish tajribasi bizda keng yoyilmadi. Bunday suv xonadondlardagi oziq-ovqatni bakteriyalogik jihatdan zararlaydi, bolalarda ichburug‘i va boshqa ichak kasalliklarini qo‘zg‘aydi, ayniqsa ichimlik suvi tanqis bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida bunday holatlar ko‘proq uchraydi. Bu muammolarni hal qilishda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish davlat dasturi hozirgi sharoitda muhim ahamiyatga ega.
Sanoat oqavalari. Sanoat korxonalari jami suvning 20%dan kamrog‘ini ishlatsa ham ular joylarida ifloslaydigan manbaalarni vujudga keltiradi va asosan og‘ir metallar va boshqa o‘ta zaharli moddalarni suvga oqizadi.
Kon-ruda sanoati korxonalari oqava suvlari tarkibida og‘ir metall ruxsat etilgan me’yoridan 50 barobar, neft-200 barobar ko‘p. 1990-yildan boshlab sanoat korxonalarining oqavalarini oqizishi kamayib borayotgan holat kuzatilmoqda, bunga asosiy sabab birinchidan, ishlab chiqarishning kamayishi, ikkinchidan
tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqa tabiat muhofazasi tashkilotlari olib borayotgan tashkiliy – amaliy ishlarning natijasidir.
Mamlakatimiz bo‘yicha olganda suvlardagi ifloslantiruvchi massaning 80%dan ko‘proi Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va Samarqand viloyati sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ammo gidrokimyoviy ma’lumotlarga ko‘ra, bu viloyatlarda ham sanoat oqavalari oqar suvlarni ifloslanayotgan asosiy manbalardan biridir. Respublikada 800 dan ziyod suv tozalash inshooti ishlab turibdi. Ularning ishlash samaradorligi 5 % dan 90 % gacha orasida o‘zgarib
turadi, bu ko‘rsatkich o‘rta hisobda 30-40 % ni tashkil etadi. Odatda ular me’yordan ortiqcha ishlatiladi, holati talabga javob bermaydi, yomon foydalaniladi.
Yer yuzasida va sizot suvlarning ifloslangan manbalarida biri axlat,chiqindi uyumlari, kon-ruda tashlandiqlari va boshqa sanoat va maishiy chiqindilar hisoblanadi. Sug‘orish ko‘lamining kattaligi, suv minerallashganligi va iflos kollektor-zovur suvlari juda ko‘payib ketganligi suv sifatini yaxshilash bilan bog‘liq eng muhim ekologik muammoni hal etishni murakkablashtirmoqda.
Nazorat savollari:
Kommunal xo‘jaligida suv qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Sanoat oqavalarini qanday usullarda tozalash mumkin?
Sug‘orish ko‘lamining kattaligi qaysi viloyatlarda yetakchilik qiladi?
Dostları ilə paylaş: |